O‘zbek tilini o‘qitish metodlari tasnifi, turlari va mazmuni o‘zbek tilini o‘qitish metodlari tayanch tushunchalar


Berilgan matnning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish



Yüklə 61,11 Kb.
səhifə6/10
tarix07.01.2024
ölçüsü61,11 Kb.
#206444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
boshlang\'ich sinnflarda ona-tili o\'qitish metodlari

Berilgan matnning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish. O‘qituvchi darslikda berilgan yoki o‘zi tanlagan matnni o‘qitib, shu asosida ham muammo qo‘yishi mumkin. Masalan, o‘quvchilar e’tiboriga quyidagi matn havola etiladi:
Ilmga amal qilmaslik jazosi. Amir Abdullaxon xos navkarni hamisha o‘zi bilan olib yurar ekan. Amir huzuridagi suhbatlarda bir shoir Amir Xisrav Dehlaviyga nisbat berib shu baytni o‘qiydi: «Кerak odamga so‘zni ko‘p bilmoq Vale oni juda ham oz aytmoq». Amirga bu bayt juda ma’qul bo‘ladi. Кunlardan bir kun Amir o‘zining so‘zamol, sergap vaziriga Dehlaviyning ta’birini eslatib, tanbeh beradi. Vazir Amirga:
«Avf eting, shohim. Bu so‘zlar Dehlaviyniki emas, shayx Nizomiy qalamiga mansub»,–deb e’tiroz bildiradi. Amir hayrat bilan navkariga qaraydi. Navkar bosh egib:
– Ulug‘ amirim, vazir haq. Bu ta’bir – Nizomiy Ganjaviyning «Xisrav va Shirin» dostonidan. Shoir sizga noto‘g‘ri aytgan edi, – deb javob beradi.
Amir jallodni chaqirib, navkarning tilini kestiradi.
Muammoli savol: Nega navkarning tili kesildi?
Ona tilidan masala tipidagi o‘quv topshiriqlari til hodisalarini kuzatish, qiyoslash, guruhlash kabilarga asoslanadi. O‘quvchi tildan egallangan bilimlarga asoslanib noma’lumni qidiradi.
Masalaning muhim belgisi uning isbot talabligidir. O‘quvchi berilgan topshiriqlarni bajargach, muayyan bir xulosaga keladi va o‘z shaxsiy fikr- mulohazalarini isbotlash zaruriyati tug‘iladi.
Quyida o‘quv topshiriqlaridan ayrim namunalar keltiriladi:
«Fonetika»dan:
1- masala. Avval unli, keyin undosh tovushlarni talaffuz qilib ko‘ring. Siz ular orasida qanday farqni sezyapsiz? Qaysi belgilarga qarab ularni unli va undosh tovushlarga ajratdingiz? A, i, o, e, u, o‘ tovushlarining unli tovush ekanligini isbotlang.
2-masala. Qatiqqattiq, daradarra singari so‘zlarning farqi bormi? Ularning bir so‘z emasligini isbotlang.

Yüklə 61,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin