Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi fanidan mustaqil ish mavzulari


O’zbek leksikografiyasi.Bir tilli va ikki tilli lug'atlar bilan tanishish. O'zbek tilining izohli lug’atida berilgan sohaga oid so'lar izohi bilan tanishish



Yüklə 290,02 Kb.
səhifə4/11
tarix13.05.2023
ölçüsü290,02 Kb.
#113130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O zbek tilini sohada qo llanilishi fanidan mustaqil ish mavzular

O’zbek leksikografiyasi.Bir tilli va ikki tilli lug'atlar bilan tanishish. O'zbek tilining izohli lug’atida berilgan sohaga oid so'lar izohi bilan tanishish.
Lexikographie – grek tilidan olingan bo’lib, Lexicon- Worterbuch, grapho-ich schreibe. Ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi.

Leksikografiya (leksika va ... grafiya) — lug’atlar , amaliy lugʻatchilik. Amaliy lug’atchilik lugʻatlar tuzish barobarida bir qator ijtimoiy muhim vazifalarni bajaradi: oʻz va oʻzga tillarni oʻrganish; ona tilini tavsiflash va meʼyorlashtirish (izohli, imlo va boshqa turdagi lugatlar yordamida); tillararo aloqa-munosabatni taʼminlash (ikki va koʻp tilli lugʻatlar, soʻzlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy oʻrganish (etimologik, tarixiy lugʻatlar) va boshqa leksikografiya lugʻat tuzish ishi sifatida turli xalqlarda yozuv taraqqiyotining ilk bosqichlarida u yoki bu tushunarsiz (eskirgan, dialektal, maxsus yoki chet tilga mansub) soʻzning qanday maʼno anglatishini bilish ehtiyoji natijasida paydo boʻlgan.

Zamaxshariy oʻzining “Asos ul-balogʻa”, “Muqaddimat ul-adab” asarlari bilan ham amaliy, ham nazariy leksikografiyaning rivojiga ulkan hissa qoʻshdi. Alisher Navoiy ijodiga boʻlgan katta qiziqish XV asrdan keyingi davrda bir qancha lugʻatlarning yaratilishiga sabab boʻldi: “Abushqa” (XVI asr, Turkiya) izohli lugʻati, Tole Imoni Hiraviyning “Badoye ul-lugʻat”, Muhammad Rizo Xoksorning “Muntaxab ul-lugʻot”, Mirzo Mahdiyxonning “Sangloh”, shuningdek, Muhammad Yoqub Chingiyning “Kelurnoma”, “Sulaymon Buxoriyning “Lugʻati chigʻatoiy va turki usmoniy” (“Chigʻatoycha-turkcha lugʻat”), Ishoqxon Ibratning “Lugʻati sitta as-sina” (“Olti tilli lugʻat”) kabi lugʻatlarini koʻrsatish mumkin.

Leksikografiya – lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan har qanday xalqning


Betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Zamon va
Makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi.

Zamonaviy leksikografiyaning quyidagi tushunchalarini chuqur o’rganmasdan turib davr talabiga to’la javob beradigan lug’atlar tuzish mumkin emas:




  • So’zlik masalasi-Wortgut,Stichwörterverzeichnis, Vokabular.

  • Bosh so’z – Stichwort, Lemma, Vokabel.

  • Lug’at maqolasi- Stich-Wortartikel, Wörterbuchartikel.

  • Izoh berish – Wortdefinition,Stichworterklärung.

  • llustrativ misollar- Anwendungsbeispiele,Belege.

  • Illustratsiya- Abbildungen.

  • Stilistik ko’rsatkich va belgilar- stilistische Vermerke, Hinweise.

  • Grammatik, etimologik va boshqa ko’rsatkichlar- grammatische, etymologische und andere Angaben.

  • Leksikografik tarjima—lexikographische Uberzetzung.

  • Lug’atning maqsad va vazifasi – Ziel und Zweck des Wörterbuches.

Lug’atlar turli maqsadlarga tuziladi. Ko’zlangan maqsad jihatidan lug’atlar 2 xil


Bo’ladi.


  • Ensiklopedik ( Qomusiy) lug’atlar.



  • Lingvistik lug’atlar.

Har ikki tur lug’at o’rtasidagi o’xshashlik quyidagicha.


a) Lug’at maqolalarining vokabulasiga asosan, leksema chiqariladi.
b) Bu leksemalar qatoriy alifbo tartibda joylashtiriladi.

Lugʻatga hozirgi oʻzbek adabiy tilida keng qoʻllaniladigan 60 000 soʻz va soʻz birikmalar, fan, texnika, sanʼat sohalariga oid atamalar, shevaga oid va eskicha soʻzlar kiritilgan.

Izohli lugʻat — lingvistik lugʻat turlaridan biri. Unda, birinchidan, lugʻatga kiritilgan har bir soʻzning maʼnosi, koʻp maʼnoli boʻlsa, maʼnolari belgilanadi va qayd etiladi. Ikkinchidan, bu maʼno izohlanadi, yaʼni tushuntiriladi — tavsifiy yoʻl bilan qayd etiladi.



Til lug’at boyligining nisbatan to’liq tahlili faqat lug’atlar orqali amalgam oshirilishi mumkin. Lug’atlar tuzishning nazariy va amaliy sohalari bilan shug’ullanuvchi fan leksikografiya deb nomlanadi.

Lug’at tuzish ishining naqadar mashaqqatli ekanligi, tuzuvchilarning fozil, sabrli , har qanday mayda-chuyda elementlarga ham o’ta sinchkovlik bilan yondashuvchilar ekanligini professor
M.E. Umarxo’jayev Berlin akademiyasi lug’atshunoslik bo’limida kuzatgan edi.

Agar kimdir og’ir mehnatu, azoblarga mahkum etilgan bo’lsa, unga temirchi-yu, konchilar mashaqqatini ravo ko’rmay qo’yaqol-da, unga lug’at tuzishni buyur: shu I ishning o’ziyoq barcha mashaqqatlarning mashaqqatliroqdir.



Yüklə 290,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin