Muloqotning inson filogenetik va ontogenetik rivojlanishidagi ahamiyati.
4. Muloqot texnologiyasi vazifalari va turlari .
5. Muloqot axborot almashinuvi sifatida.
6. Muloqot o‘zaro ta’sir sifatida.
7. Muloqot odamlarning bir-birini idrok qilishi sifatida.
8. Muloqotning texnologiyasining rivojlanishi.
Mavzuga oid tushunchalar Muloqot- hamkorlikda faoliyat ehtiyojlari bilan taqazolangan aloqa o`rnatish va uni rivojlantirish jarayonidir.
Kommunikatsiya- tirik va o`lik tabiatdagi tizimlar o`rtasida ahborot almashinuvini anglatadi.
Verbal kommunikatsiya- inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo`llaniladi.
Pedagogik muloqot- bu muloqotning o`quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita, mazmunini tashkil etadi.
Muloqot inson hayoti va faoliyatinnig muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o`zlashtirish va o`z individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Muloqot o`ta murakkab jarayon bo`lganligi sababli unga yagona to`g`ri ta`rifni berish juda mushkul. Shuning uchun odatda muloqot tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg`u berish orqali ta`riflanadi.
Muloqot- hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o`rnatish bva uni rivojlantirish jarayonidir.
Muloqot- subyektning belgilar tizimi orqali o`zaro ta`sirlanishuvidir.
Muloqotning qay holda va qanday tarzda amalga oshirilayotganligi jihatlariga ko`ra uch ta jihati mavjud bo`lib ular o`zining ichki tuzilishi vujudga kelish yo`llai orqali bir-biridan farq qiladi.
Ular quyidagilardan iborat :
Muloqotning kommunikativ tomoni ;
Muloqotning interaktiv tomoni;
Muloqotning pertseptiv tomoni.
Muloqotning kommunikativ tomoni – birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar almashadilar bu esa kammunikatsiyani ahborot almashinuvi sifatida talqin etishi mumkin.
Muloqotning kommunikativ tomoni – birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar almashadilar bu esa kammunikatsiyani ahborot almashinuvi sifatida talqin etishi mumkin.
U quyidagi tarkiblardan tashkil topgan:
Verbal kommunikatsiya-inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo`llaniladi.
Til- muomala vositasidir. U nutq orqali yuzaga chiqadi.
Nutq faoliyati- 2 ga bo`linadi:
1. Tashqi nutq:
-yozma nutq;
- og`zaki nutq.
2. Ichki nutq:
- jestlar;
- mimika;
- pantomimika.
Muloqotning interaktiv tomoni- birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarning bir-birga ta`sir o`tkazishi tushuniladi.
Uning asosiy namoyon bo`lish shakli Nizoidir.
Nizo- muloqot ishtirokchilarning har biri muhim bo`lgan muammoni xal etish vaqtida ular o`rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir.
Nizoning odatda 2 turi mavjud bo`lib ular quyidagilar :
Destruktiv nizo;
Produktiv nizo.
Muloqotning pertsptiv tomoni- kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo`lib u muloqotning pertseptiv tomoni deb ataladi.
Muloqotning pertsptiv tomoni- kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo`lib u muloqotning pertseptiv tomoni deb ataladi.
Insonning inson tomonidan idrok etilishi “ijtimoiy pertseptsiya” deyiladi. Dastlab bu atama Dj. Bruner tomonidan 1947-yil ishlatilgan bo`lib u pertseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinatsiyasini anglatgan
Muloqot jarayonida odamlar bir-birini tushunishga harakat qiladilar. Buning uchun quyidagi mehanizm ishga tushiriladi:
identifikatsiya;
refleksiya;
stereotipizatsiya;
empatiya.
Pedagogik muloqot- bu muloqotning o`ruv tarbiyaviy jarayonlarini hissiy foni va vosita, mazmunni tashkil etadi.
Pedagogik muloqot- bu muloqotning o`ruv tarbiyaviy jarayonlarini hissiy foni va vosita, mazmunni tashkil etadi.
Muloqot muvaffaqoyatli bo`lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo`lishi, yani sub`ekt o`zaro ta`sir natijalari haqida ahborot olishi zarur. Kommunikator o`zi uzatgan axborotni retsipient qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo`layotganligini qayta axborot ma`lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o`qituvchi o`quvchilarini qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa, pedagogik munosabat yaxwi bo`lmaydi. Ayniqsa, ma`ruza o`tayotganda bu juda muhimdir.
Pedagogik faoliyatdagi muloqot quyidagi jarayonlarda namoyon bo`ladi:
o`quv vazifalarini bajarish vositasi;
tarbiyaviy jarayonini ta`minlashning ijtimoiy-psixologik tizimi;
ta`lim-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta`minlovchi o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro munosabatini tashkil qilish usuli;
o`quvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida namoyon bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. N.S.Safayev, N.A.Mirashirova, N.G.Odilova “ Umumiy psihologiya nazariyasi va amaliyoti” Toshkent-2013
2. G`oziyev E, Xasanov B “Psihologiya muammolari” Toshkent ,1999.
3. Ziyo.uz
4. Muloqot.uz