28-chizma. Nizoning kelib chiqish va to’qnashish jarayoni modeli. Bu oqibatlar faqat salbiy tomonga ishlaydi va nizo yetilmagan bo’lsa – yetiltirishga, to’xtab turgan bo’lsa – qo’zg’atishga, jiddiy bo’lmasa – jiddiylashtirishga, to’qnashish ehtimoli bo’lib turgan bo’lsa uni amalgaoshirishga xizmat qiladi. Qaisqasi, adovat tegirmoniga suv quyadi.
14.4. Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi yirik guruhga bo’lish mumkin (29-chizma).
Tarkibiy – tashkiliy usullarga quyidagilarkiradi.
Ishga bo’lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga mutlaqozid bo’lib, bunda har bir xodim va bo’limlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi.
Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og’zaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi.