O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə3/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



«Ro’yxatga olindi»
№ BD-5111700-3.03
2011 yil «17» noyabr





O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

fanining



O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 5200000 – Gumanitar fanlar va san’at
Ta’lim sohasi: 5220000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 5220100 – Filologiya (O’zbek filologiyasi)

T oshkent – 20011


Fanning o’quv dasturi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida ishlab chiqildi.


Tuzuvchi :

Tojiyev Yo. -O’zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori.


Taqrizchilar:
Mirtojiyev M. -Milliy rassomchilik va dizayn instituti, tillar va adabiyot kafedrasi professori, filologiya fanlari
doktori.
Rasulov R. -Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti umumiy tilshunoslik kafedrasi
mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

Kirish

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda talabalarda o’zbek tilshunosligi tarixi – o’zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyoti qonunlari, bosqichlari bo’yicha bilimlar hosil qilish uchun kursning predmeti, fan doirasida o’rganiladigan asosiy mazmun mundarijani belgilash, o’zbek tilshunosligi tarixining eng muhim jihatlari haqida tasavvur hosil qilish, asosiy ilmiy maktablar, yo’nalishlar bo’yicha ma’lumot berish. Tilning grammatik tuzilishi, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati muammolari haqida ma’lumot berish.




O’quv fanining maqsadi va vazifalari

Kursning asosiy maqsadi o’zbek tilshunosligi, uning shakllanishi taraqqiyotiga hissa bo’lib qo’shilgan yirik olimlarning tadqiqotlari, qarashlari, ilmiy maktablarda bo’yicha mukammal bilim berishdan, o’zbek tilshunosligining jahon tilshunosligi va turkologiya taraqqiyotidagi mavqeni ko’rsatib berishdan iborat.


Fanni o’qitishning vazifasi sifatida tilshunoslik tarixida, uning shakllanishida katta hissa qo’shgan o’zbek tilshunoslarining ilmiy-ijodiy faoliyati hamda ular tadqiqotlarini sharhlash, qarashlariga baho berishni ko’rsatish mumkin. Talabalarga yirik olimlar, ularning o’zbek tilshunosligi sohasidagi jiddiy ishlari, qarashlari, yo’nalishlari, yaratgan maktablari haqida ma’lumot berish ham shu vazifa doirasiga kiradi.



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin