«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad va vazifalari. Reja: Qiyosiy tipologiya tushunchasi Bo’ronov nazariyasi «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi»



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə18/29
tarix29.11.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#169643
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad (1)

Olmosh va ravish turkumlari
Reja:

  1. O‘zbek va rus tillaridagi olmoshlarga qiyosiy tavsifi

  2. Ikki til olmoshlarining ma‘no turlari

  3. Kishilik olmoshlarining ikki tilda turlanishi

  4. Ravish turkumi


Olmosh va ravish turkumlari
Olmosh har ikki tilda ham mustaqil so’z turkumi bo’lib, ot, sifat, son o’rnida ishlatiladi. Olmoshlarning ma‘nosi umumlashgan bo’lib, ular predmet, belgi va miqdorni ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Olmoshning konkret ma‘nosi nutqda, kontekstda aniqlanadi: O’zbek tilida: Karim — talaba, u institutga bu yil kirgan. Rus tilida: Карим студент, он поступил в институт в этом году. Olmoshlar ma‘no xususiyatlariga ko’ra o’zbek tilida sakkiz turga, rus tilida esa to’qqiz turga bo’linadi: O’zbek tilida Rus tilida Kishilik olmoshlari Личные местоимения O’zlik olmoshi Возвратное местоимение Ko’rsatish olmoshlari Указательное местоимение So’roq olmoshlari Вопросительные местоимения Nisbiy olmoshlar Относительные местоимения Belgilash olmoshlari Определительные местоимения Bo’lishsizlik olmoshlari Отрицательные местоимения Gumon olmoshlari Неопределённые местоимения Притяжательные местоимения O’zbek va rus tillaridagi olmoshlar shakli, turlanishi va boshqa so’zlar bilan birikib kelishi jihatdan bir-biridan jiddiy farq qilsa-da, bajaradigan vazifalari jihatidan o’zaro o’xshash. O’zbek tilida sen olmoshi salbiy uslubiy bo‘yoq berish maqsadida -lar affiksi bilan 26 qo’llanishi ham mumkin. Bunday paytda, asosan, mensimaslik, istehzo ma‘nolari anglashiladi. Rus tilidagi ты esa bunday хususiyatga ega emas. O’zbek tilida egalik affiksi bilan qo’llangan o’zlik olmoshi rus tilida сам belgilash olmoshiga to’g’ri keladi. Rus tilidagi сам rod, son va kelishiklarda o’zgaradi: Men o’zim ishlayman.— Я сам буду работать. U qiz yosh bo’lsa-da, hamma topshiriqni o’zi bajaradi.— Эта девушка, хотя слишком молода, но все поручения выполняет сама. Rus tilida o’zlik (себя) olmoshining bosh kelishik shakli yo’q, u o’zi bilan birikib kelgan otning rodiga moslashmaydi, kelishiklarda o’zgarsa ham, birlik va ko’plik shakli bir xil bo’ladi. O’zbek tilida buning ma‘nosi o’z olmoshiga egalik va kelishik qo’shimchalarini qo’shish bilan yoki ko’makchilar bi-lan kelgan o’z olmoshiga egalik qo’shimchasini qo’shish bilan ifodalanadi: Я для себя купил новый костюм.— Men o’zim uchun (o’zimga) yangi kostyum sotib oldim. Он ничего не говорил о себе. Ba‘zan rus tilida o’zlik olmoshi egalik tushunchasini ham ifodalashi mumkin: Нина пригласила гостей к себе.— Nina mehmonlarni o’z uyiga taklif qildi. O’zbek tilida kim, nima, qaer, qachon, necha, qaysi, qanday, qanaqa, nega so’roq olmoshlaridan ba‘zilari ko’plikda ham qo’llanadi: kim — kimlar, nima — nimalar, qaer — qaerlar kabi. Masalan: Siznikiga kim keldi?— Кто пришёл к вам? Siznikiga kimlar keldi?— Кто пришёл к вам?— Rus tilida какой, который so’roq olmoshlari otning rod, son va kelishik shakllariga moslashadi, o’zbek tilida esa bunday hodisa kuzatilmaydi. Qiyoslang: Rus tilida: O’zbek tilida: Какой журнал? Qanday jurnal? Какая книга? Qanday kitob? Какое произведение? Qanday asar? Какие газеты? Qanday gazetalar? Которую книгу? Qaysi kitobni? Какой книгой? Qaysi kitob bilan? Rus tilida кто, что, который, чей so’roq olmoshlari ba‘zan so’roq ma‘nosini yo’qotib nisbiy olmoshga aylanadi. O’zbek tilida ham, rus tilida bo’lganidek, so’roq olmoshlari nisbiy olmoshlarga ko’chishi mumkin: Кто не работает, тот не ест.— Kim ishlamasa, u tishlamaydi. (Ishlamagan — tishlamaydi.) Что посмеешь, то и пожнёшь.— Nima eksang, shuni o’rasan. O’zbek tilidagi belgilash olmoshlari otga bog’langanda o’z shaklini o’zgartirmaydi. Rus tilidagi belgilash olmoshlari esa otga tobe bo’lib o’z shaklini otning rod, son va kelishik shakliga moslashtiradi: Masalan: каждый человек, каждая мать, каждое слово. O’zbek tilida hamma, barcha olmoshlariga egalik qo’shimchalarini qo’shish bilan ifodalangan ma‘nolar rus tilida ko’plikdagi kishilik olmoshlarining ko’plikdagi весь olmoshi bilan birikishi orqali beriladi: hammamiz — мы все, hammangiz — вы все; hammalari — они все; O’zbek tilida bo’lishsizlik olmoshlari so’roq olmoshlariga hech inkor so’zini biriktirish bilan, rus tilida esa so’roq olmoshlariga ni- va ne- inkor yuklamalarini qo’shish bilan hosil qilinadi: hech kim — nikto, hech nima — nichto, hech kimni-ki — nichey, hech qanday — nikakoy kabi. Rus tilida никто, ничто, ничей olmoshlari кто, что, чей olmoshlari kabi turlanadi: Никто не приходил.— Hech kim kelmadi. Мама ничего не сказала.— Onam hech nima degani yo’q. Bo’lishsizlik olmoshlari predloglar (old ko’makchilar) bilan qo’llanganda, olmosh tarkibidagi ни- yuklamasi ayrim yoziladi: Карим ни с кем не встречался.— Karim hech kim bilan uchrashmadi.
Никакой olmoshi esa otga bog’lanib, uning rod, son va kelishik formalariga moslashadi: 27 никакой дом dom — hech qanday uy. Har ikki tilda ham gumon (noaniq) olmoshlari so’roq olmoshlariga turli affikslar qo’shish bilan hosil bo’ladi. Xususan, o’zbek tilida gumon olmoshlari so’roq olmoshlaridan oldin alla- elementini yoki shu olmoshdan keyin -dir qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi: allakim, allanima, kimdir, nimadir kabi. Rus tilida esa gumon olmoshlari ancha murakkab grammatik hodisa bo’lib, u so’roq olmoshlariga -то, -нибудь, кое- kabi yuklamalarni qo’shish bilan hosil qilinadi: какой-то, кто-нибудь, кое-кто. Rus tilida не- yuklamasi vositasi bilan ham gumon olmoshlari hosil qilinadi: некто, нечто, некий, некоторый, несколько kabi. Egalik olmoshlari faqat rus tiliga xos bo’lib, ot bilan birikkanda, uning rod, son va kelishik formalariga moslashadi. Egalik olmoshlarnning III shaxs shakli yo’q, shuning uchun III shaxs kishilik olmoshlarnning (он, она, оно, они) qaratqich kelishikdagi birlik ham ko’plik formalari (его, её, их) III shaxs egalik olmoshlari funktsiyasini bajaradi. O’zbek tilida egalik olmoshlari yo’q, lekin ularning ma‘nolari kishilik olmoshlarining qaratqich kelishik shakli bilan beriladi, bunday paytda ot egalik qo’shimchalarini oladi.O’zbek tilida kishilik olmoshlarining qaratqich kelishik shakli fikrni alohida ta‘kidlash kerak bo’lgandagina ishlatiladi, boshqa paytlarda esa ishlatilmaydi: O’quvchilaringiz topshiriqni bajarishdi.— Ваши ученики выполнили задание. Ularning bolalari shu maktabda o’qiydi.— Их дети учатся в этой школе.

Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin