«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad va vazifalari. Reja: Qiyosiy tipologiya tushunchasi Bo’ronov nazariyasi «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi»



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə19/29
tarix29.11.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#169643
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad (1)

Ravish turkumi Ravish harakat va holatning belgisini yoki belgining belgisini ko’rsatuvchi so’z turkumidir. Ravishlar o’zbek tilida ham, rus tilida ham ko’pincha fe‘lga bog’lanib, harakatning bajarilishidagi turli xil belgi va holatni anglatadi; gapda hol vazifasida keladi: O’zbek tilida ham, rus tilida ham ravishlar anglatgan ma‘nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Holat ravishlari (наречия образа действия): asta, sekin — медленно, тихо; tez,
darrov, darhol — быстро, немедленно; arang, zo’rg’a — еле-еле; to’satdan — вдруг;
qo’qqisdan, behosdan — внезапно; birga — вместе, совместно; do’stona — дружески kabi. Holat ravishlari rus tilida как? Каким образом? so’roqlariga javob bo’ladi.
O’rin ravishlari (наречия места): oldinga, olga — врерёд; nariga, u yerga — туда; u
yoqqa, bu yoqqa — tuda i syuda; bu yerda, shu yerda — здесь; bu yerdan, shu yerdan —
отсюда; har yerda, har qaerda — везле, всюду; allaqaerga — куда-то; allaqaerda — гдето; allaqaerdan — откуда-то kabi. Bunday ravishlar где? куда? откуда? so’roqlariga javob bo’ladi.
Payt ravishlari (наречия времени): hozir — сейчас; bugun — сегодня; endi —теперь; kecha — вчера; ertaga — завтра; doim, har vaqt, hamisha — всегда; oldin, avval
— сначала, сперва; keyin, so’ngra — потом, затем kabi. Payt ravishlari когда? С каких пор? До каких пор? so’roqlariga javob bo’ladi.
Sabab va maqsad ravishlari (наречия причины и цели): noiloj, noilojlikdan,
chorasizlikdan — невольно, поневоле; atayin, ataylab — нарочно; qasddan — назло kabi. Bunday ravishlar rus tilida зачем? почему? скакой целью? so‘roqlariga javob bo’ladi.
Miqdor-daraja ravishlari (наречия меры и сепени):— yana, tag’in — ещё; oz, kam,
picha, oz-moz — мало, немного; ko’p, mo’l — много; qisman — частично; juda, g’oyat,
eng — очень, весьма, вполне; sal-pal — чуть-чуть; haddan tashqari — чересчур,
слишком kabi. Bu ravishlar сколько? в какой степени? so’roqlariga javob bo’ladi. O’zbek tilida holat ravishlarining ko’pchiligida formal ko’rsatkich yo’q. Ravishlar, asosan, harakatning belgisini bildirib, gapda hol bo’lib keladi: U tez yurdi. Men ko’p
ishladim kabi. Ammo ravishlar ba‘zan otga bog’lanib, gapda aniqlovchi bo’lishi ham mumkin: U tez odam. Hozirgi vaqtda ko’p mutaxassislar oliy ma‘lumotga ega. Rus tilida holat ravishlarining -o, -e, -и kabi shakl ko’rsatkichi bor, ular shu ko’rsatkichlari bilan sifatdan farqlanib turadi: хороший (sifat)—хорошо (ravish), красивый (sifat)— 28 красиво (ravish), искренний (sifat)—искренне (ra-vish), русский (sifat) —по-русски (ravish) kabi. Rus tilida дважды, трижды kabi miqdor ravishlari (наречия меры) bor. O’zbek tilida bu xil ravishlar yo’q, shu sababli bunday ma‘no sanoq songa marta, karra kabi numerativ so’zlarni biriktirish bilan ifodalanadi. Har ikki tilda ayrim ravishlar daraja kategoriyasiga ega: tez — быстро, sekin — медленно; tezroq—быстрее, sekinroq— медленнее kabi. Rus tilida shaxssiz gaplarning kesimi vazifasida keluvchi maxsus ravishlar ham bo’lib, ularga холодно, тепло, радостоно, весело, трудно, стыдно, темно, тесно, можно, нельзя, пора, поздно kabilar kiradi. O’zbek tilida bunday ravishlarning ma‘nosi turli leksik va sintaktik vositalar yoki hatto shaxsli gaplar orqali beriladi: Сегодня тепло.— Bugun issiq. Здесь всем радостно.— Bu yerda hamma shodu xurram. Rus tilida kesim o’rnida keluvchi ravishlar hozirgi, o’tgan va kelasi zamonda qo’llanishi mumkin. Hozirgi zamon shakli hech qanday bog’lovchisiz qo’llanadi: Сегодня холодно
(Bugun sovuq). Во дворе шумно (Hovlida shovqin-suron). Гостям скучно (Mehmonlar
zerikyapti) kabi. O’tgan zamon formasi быть fe‘lining было shakli bilan birikib keladi: Вчера было тепло (Kecha issiq edi). Rus tilida bo’lishsiz (inkor) ravishlar ни yuklamasini где, куда, откуда, сколько kabi so’zlarga qo’shish bilan yasaladi: нигде, никуда, ниоткуда, никогда. Bularning ma‘nolari o’zbek tilida qaerda, qaerga, qaerdan, qachon so’zlari oldidan hech so’zini keltirish bilan ifodalanadi: hech qaerda, hech qaerga, hech qaerdan, hech qachon kabi. Rus tilida bo’lishsiz ravishlar gap tarkibida не bo’lishsiz yuklamasi bilan qo’llangan fe‘lga bog’lanadi: Мой отец нигде не был. — Otam hech qaerda bo’lmagan. O’zbek tilida bunday bo’lishsiz ravishlarni morfologik yo’l bilan ifodalash imkoni yo’q.



Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin