Kompaniyaning ish tartibi: Dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.
Shanba, yakshanba - dam olish kunlari.
Kompaniya infratuzilmasi: Markaziy apparat;
Hududiy filiallar:
Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 ta filial;
200 dan ortiq tuman bo‘limlari, ulardan 26 ta shahar bo‘limlari;
800 nafardan ortiq sug'urta agentlari.
Qo‘shma va maxsuslashtirilgan shoʻba korxonalari: «O‘zbekinvest Interneshnl» qo‘shma kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalarni siyosiy qaltisliklardan sug‘urtalash bo‘yicha kompaniya
«O‘zbekinvest Assistans» MChJ Tibbiy va yuridik assistans xizmati
«O‘zbekinvest Sarmoyalari» Unitar korxonasi Investitsiya faoliyati
«O‘zbekinvest Hayot» masʼuliyati cheklangan jamiyati sug'urta kompaniyasi Hayot sug‘urtasi bo‘yicha shoʻba kompaniyasi
Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari: “O‘zbekinvest” so‘nggi bir necha yil ichida sug'urta mukofotlari yig‘ish bo‘yicha yurtimiz sugurta kompaniyalari orasida reytingning eng yuqori pog‘onalarini egallab kelayotgan etakchi sug'urta kompaniyasi hisoblanadi.
2016 yilda “O‘zbekinvest” O‘zbekiston korxonalari orasida birinchi bo‘lib қайта sertifikatlashdan o‘tdi va SGS (Shveysariya) xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan chiqarilgan sifat menejmenti tizimining ISO 9001: 2015 yangi versiyasiga muvofiqligi sertifikatini oldi.
Moody‘s Investors Service (AQSH) xalqaro рейтинг agentligi 2019 yil 5 dekabrda “O‘zbekinvest” sug'urta kompaniyasining молиявий barqarorlik reytingi barqaror prognoz билан B1 dan Ba3 ga ko‘tarilganligini rasman eʼlon qildi. “O‘zbekinvest” sug'urta kompaniyasi «Moody‘s Investors Service (AQSh)» xalqaro рейтинг agentligi tomonidan “Ba3” xalqaro молиявий barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan O‘zbekiston bank-moliya sohasidagi birinchi kompaniya bo‘ldi.
Ahbor-Reyting agentligi 2020 yildagi faoliyat natijalariga ko‘ra Kompaniyaga milliy miqyosdagi "uzA ++" darajasida “Barqaror” istiqboli reytingini tasdiqladi.
«AM BEST» xalqaro рейтинг agentligi O‘bekiston sugurta bozorida birinchi marta “O‘zbekinvest” Eksport-import sugurta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatiga B darajasidagi va “Barqaror” prognozi билан “bb” darajasidagi reytingni taqdim etdi
Kompaniyada mijozlar uchun sifatli xizmat ko`rsatuvchi malakali mutaxassislar ishlaydi:
- sug'urta qoplamasi narxi va sifatining maqbul kombinatsiyasi;
- majburiyatlarga qatʼiy amal qilish va harakatlar samaradorligi;
- har bir mijozning talab va ehtiyojlariga individual yondoshish;
- zamonaviy sug'urta texnologiyalari va turli sug'urta dasturlari;
- xalqaro sifat standartlariga muvofiq xizmat va tarif stavkalarining moslashuvchanligi.
Kompaniyaning keyingi o‘sish strategiyasi korporativ va chakana savdo sohalarida bozor mavqelarini mustahkamlashga, yangi zamonaviy sug'urta mahsulotlari va dasturlarini joriy etishga, sug'urta faoliyatida axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, shuningdek, sotish jarayoni va sotishdan keyingi xizmatlarni doimiy ravishda takomillashtirishga qaratilgan.