Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 ta filial;
200 dan ortiq tuman bo‘limlari, ulardan 26 ta shahar bo‘limlari;
800 nafardan ortiq sug'urta agentlari.
Qo‘shma va maxsuslashtirilgan shoʻba korxonalari:
- «O‘zbekinvest Interneshnl» qo‘shma kompaniyasi
O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalarni siyosiy qaltisliklardan sug‘urtalash bo‘yicha kompaniya
- «O‘zbekinvest Assistans» MChJ
Tibbiy va yuridik assistans xizmati
- «O‘zbekinvest Sarmoyalari» Unitar korxonasi
Investitsiya faoliyati
- «O‘zbekinvest Hayot» masʼuliyati cheklangan jamiyati sug'urta kompaniyasi
Hayot sug‘urtasi bo‘yicha shoʻba kompaniyasi
2020-yilda "O'zbekinvest" xalqaro sug'urta bozoridagi operatsiyalar hajmini 13 baravar oshirdi
Lloyd's xalqaro sug'urta bozoriga faol kirishi natijasida, "O'zbekinvest" kompaniyasi 2020-yilda xalqaro qayta sug'urtalash bozorida faoliyati va operatsiyalarni kengaytirib, 2019-yil yakunlariga nisbatan biznes hajmlarini 13 baravarga keskin o’sishini ta’minladi.
Allianz SE (Germaniya), Zurich Insurance Group (Shveytsariya), Tokio Marine & Nichido Fire Insurance Co (Yaponiya), AXA( Fransiya), Xitoy Xalq sug'urta kompaniyasi (Xitoy), Korean Reinsurance Company (Koreya), Sogaz va Ingosstrax (Rossiya), Marsh (AQSh), AON va UIB (Buyuk Britaniya) va boshqa tan olingan transmilliy sug'urta va global qayta sug'urtalash kompaniyalari va brokerlari bilan qayta sug'urtalash bo'yicha 271 ta shartnoma imzolandi.
Shu bilan birga xizmatlar eksporti geografiyasi kengaytirildi va 35 ta davlatlardan turli qaltisliklar qabul qilinib, 2020-yil yakunlari natijasida qayta sug'urtalash bo’yicha yig’ilgan mukofotlar hajmini 2019-yilda yig’ilgan 7,3 mlrd. so'mdan 95,0 mlrd. so'mga oshirilishi ta’minlandi. 2020-yilda amalga oshirilgan eksport xizmatlari hajmi 2019-yilda tashkil qilgan 0.7 million AQSh dollaridan 9,0 mln. AQSh dollariga o’sdi.
2020-yil davomida qayta sug'urtalash uchun qabul qilingan 7 ta shartnoma bo'yicha kompaniya tomonidan 205,3 ming AQSh dollari miqdorida sug’urta tovonlari to'lab berildi.
Joriy yilda "O'zbekinvest" kompaniyasi sug'urta va qayta sug'urta xizmatlari hajmini kengaytirish, o'z mijozlari va xalqaro hamkorlariga xizmat ko’rsatish tezligi, servis sifati va ishonchlilik darajasini xalqaro standartlar darajasiga oshirish bo'yicha qator vazifalarni belgiladi.