"O'zbekinvest" eksport-import sug'urta kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati


Kompaniyaning 2022 yil yakuni bo‘yicha strategik va biznes-rejalari ijrosi to‘g‘risidagi ma'lumotlar



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə3/3
tarix17.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#115315
1   2   3
O\'ZBEKINVEST

Kompaniyaning 2022 yil yakuni bo‘yicha strategik va biznes-rejalari ijrosi to‘g‘risidagi ma'lumotlar

  • “O‘zbekinvest” kompaniyasi 2022 yildagi faoliyatining yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni saqlabgina qolmay, balki yanada mustahkamlab, 931 milliard so‘m sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘ilishini ta'minladi hamda 2021 yil yakuniga nisbatan hajmlarni 242 foizga o‘sishiga erishdi.
  • 2017 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida yig‘ilgan mukofotlar miqdori 9 barobarga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining eksport faoliyatini sug‘urta himoyasi bilan ta'minlash bo‘yicha qarorlarida aks ettirilgan kompaniya oldigagi vazifalar ijrosi doirasida 2022 yilda “O‘zbekinvest” tomonidan milliy tovar va xizmatlar eksportchilariga 2,1 milliard AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi taqdim etildi, bu esa respublikaning noxomashyo eksportida himoyasining 32 foizini tashkil etdi.
2022 yil ko‘rsatkichlari keskin o‘sishining asosiy sababi – kompaniyaning xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urtalash bozorlarida sug‘urta operatsiyalarining jadal va barqaror rivojlanishi bo‘ldi, shu bois 2022 yil yakunlariga ko‘ra qayta sug‘urta mukofotlarining xajmi 54 million AQSh dollarini tashkil etdi, bu esa 2021 yilgi ushbu ko‘rsatkichdan 3 barobar ko‘pdir. Natijada 2022 yilda kompaniyaning jami sug‘urta portfelidagi xizmatlar eksportining ulushi 2017 yildagi 0,5 foizdan 65 foizgacha oshdi.
  • Allianz SE (Germaniya), Zurich Insurance Group (Shveysariya), Tokio Marine (Yaponiya), AXA (Fransiya), People Insurance Company of China (Xitoy), Korean Reinsurance Company (Janubiy Koreya), Marsh (AQSh), Willis, AON va UIB (Buyuk Britaniya) kabi yetakchi xalqaro transmilliy sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari va brokerlari bilan birgalikda ishlashni yo‘lga qo‘yilishi natijasida “O‘zbekinvest” hamkor mamlakatlar geografiyasini kengaytirdi. Bugungi kunda “O‘zbekinvest” kompaniyasining qayta sug‘urtalash himoyasi dunyoning 118 ta davlatida qabul qilinmoqda.
  • Respublika iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda, 2022 yilda kompaniya hududlarda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarning sug‘urta himoyasini ta'minlash doirasida jadal o‘sishni ta'minladi. 2022 yilda sug‘urta mukofotlarining yig‘imi 42,2 milliard so‘mni tashkil etib, 2021 yil yakunlariga nisbatan 132 foizga o‘sishiga erishdi.

Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida sug‘urta faoliyatini yanada faol rivojlantirish orqali kompaniya sug‘urta mukofotlari yig‘imini 2021 yilga nisbatan 130 foizga o‘sish bilan 11,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 2022 yilda kichik va o‘rta biznes sub'ektlarini sug‘urtalash faoliyati bo‘yicha 35,9 milliard so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘imi amalga oshirildi.
Jismoniy shaxslarni sug‘urtalash segmentida esa 2021 yil yakunlariga nisbatan 124 foiz o‘sish bilan 63,4 milliard so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ildi.
Bunda kompaniyaning 14 ta filial, 214 ta sug‘urta bo‘limi hamda 2000 dan ortiq sug‘urta agentlaridan tashkil topgan rivojlangan hududiy tarmog‘i katta hissa qo‘shdi. 
Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin