23
Avtogen bilan ulash jarayonida gorelkaning alangasini shunday
boshqarish kerakki, ulangan chog‘da mis kislorod ko‘pligidan
oksidlanib qolmasin yoki atsetilenning ko‘pligidan
vodorod
korroziyasiga (yemirilishiga) olib kelmasin. Ulaydigan sim sifatida
tarkibida ozgina kremniy bo‘lgan mis ikki oksidi ishlatiladi.
Elektr yoyi yordamida ulanganda, tarkibida kumush yoki qalay
bo‘lgan mis ishlatiladi. Ulash vaqtida bor va buraning flyuslaridan
foydalaniladi. Amaliyotda elektr yoyi
bilan payvandlashni yana
argon muhitda ham ulanadi. Yoðishtirib ulash uchun kumush va
qo‘rg‘oshin-ruxli payvandlovchi (priðoy)lar ishlatiladi.
Mis atmosfera korroziyasiga chidamli, lekin 180°C dan yuqorida
oksidlanadi. Mis sulfat kislotasiga barqaror.
Ishqorlarga kislorod
bo‘lmaganda barqaror. Lekin azot kislotasiga, ammiakka, vodorod
sulfidga, xlorid kislotaga va quruq xlorga chidamsiz.
Latunlar – misning rux bilan qotishmasi
issiqlik almashinuv
jihozlarini yasashda keng miqyosda ishlatiladi. Latun toza kislorod
muhitiga barqaror, lekin kislotalar eritmasida tez parchalanadi.
Latun jihozlarini ammiakli eritmalari,
mis va temir xlorid
eritmalari bilan kontaktda bo‘ladigan jarayonlarda ishlatib
bo‘lmaydi.
Latunlarning mexanik xususiyatlari ularning kimyoviy tarkibi
va strukturasiga bog‘liq. Alyuminiy qalay bilan legirlanganda latunlar
zanglashga barqaror va issiqqa chidamli bo‘ladi.
Latunning yemirilish (korroziya)ga chidamliligi misdan yuqori.
Ularga azot va xlorid kislotalar qattiq ta’sir qiladi.
Sulfat kislotasi
sustroq. Latunning tarkibida ruxni ortishi bilan uni vodorod sulfid
muhitiga barqaror qiladi.
Bronza – misning qalay bilan qotishmasi. Qalay qotishmaning
mustahkamligi va qattiqligini ta’minlaydi, lekin plastiklik
xususiyatini keskin pasaytiradi. Bronzadan
jihozlarning alohida
qismlari tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: