O’zbekist



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/11
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#146002
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
22-39 GURUX TALABASI.SOTVODIYEV ISMOILON UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN. Emotsiyaning pedago\'gika jarayonidagi ro\'li.


OZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TALIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARGONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BOLIM PISIXOLOGIYA YO’NALISHI
2-KURS 22-39 GURUX TALABASI
SOTVOLDIEV ISMOILJONING UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN
MUSTAQIL IShI


Farg’ona 2023


Emotsiyaning pedago’gika jarayonidagi roli
Reja:
Emotsiya pedagogika togrisida tushuncha

Hissiy holatlarning nerv fiziologik holatlari


Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar


Emotsiya pedogika jarayoni roli


Xulosa


Adabiyotlar


Kishi biror nimani idrok va tasavvur qilganida, eslab qolganida va esga tushirganida, fikr qilganida va gapirganida hamda harakat qilganida biror yoqimli (hush) yoki yoqimsiz (nohush) holatni kechiradi, bu holat huzur qilish yoki ranjishdan, maza qilish yoki qiynalishdan iborat bo’ladi. Bu kechirmalarda odamning o’z tevarak-atrofidagi narsalarga (hodisalarga), odamlarga va o’ziga nisbatan sub’ektiv munosabati ifodalanadi. Yoqimli yoki yoqimsiz kechinma hissiyotimizning (emotsiyalarimiznnig) birinchi belgisi va elementidir.
Voqelikning ayrim hodisalari kishini quvontiradi, ayrim hodisalar xafa qiladi ba’zi hodisalarga kishi qoyil qoladi, ba’zi hodisalardan g’azablanadi, odam ba’zi hodisalarni ko’rib jahli chiqadi, ba’zilaridan qo’rqadi. Xursandlik, xafalik, qoyil bo’lish, g’azablanish, qahr, qo’rquv va shu kabilarning hammasi emotsional kechinmalarning xilma-xil turlaridir, odamning voqelikka bo’lgan turli subektiv munosabatidir, odamning o’ziga ta’sir qilayotgan va uning o’zi ta’sir qilayotgan narsalardan tug’iladigan kechinmalardir.
Yoqimli kechinmalarda odamning voqelikdagi ayrim narsalarga, hodisalarga va o’ziga nisbatan ijobiy munosabati ifodalanadi, yoqimsiz kechinmalarda esa bunga odamning salbiy munosabati ifodalanadi. Shuning uchun ham subektiv kechinmalardan iborat bo’lgan hissiyotlar ijobiy va sal- biy hissiyotlar deb ajratiladi. Lekin hissiyotlar yoqimli yoki yoqimsiz sub’ektiv kechinmalar
bo’lish jihatidangina emas, shu bilan birga obektiv, ijtimoiy ahamiyatlari jihatidan ham ijobiy va salbiy hissiyotlar deb farq qilinadi. Hissiyotlarga shaxsiy nuqtai nazardan beriladigan baho bilan ijtimoiy nuqtai nazardan beriladigan baho hamisha bir-biriga muvofiq bo’lavermaydi. Sub’ektiv
ravishda nohush, kishini ranjitadigan kechinmalar tariqasidagi ko’pgina hissiyotlar, ijtimoiy nuqtai nazaridan qaraganda, ijobiy hissiyotlar hisoblanadi. Masalan, kishidagi uyalish vijdon azobi yoqimsiz va hatto qattiq azob hissi bilan kechiriladi. Lekin ijtimoiy nuqtai nazardan qaraganda, bu hislar yuksak, ijobiy ahloqiy hislardir. G’azab va qahr hissi har bir kishida salbiy, nohush kechinma holatida o’tadi. Ammo ijtimoiy nuqtai nazardan qaraganda, bu hissiyot nima sababdan tug’ilganligiga va
nimaga yo’nalganligiga qarab ijobiy yoki salbiy hissiyot bo’lishi mumkin. Agar bu hissiyotlar ahloq tamoyillarga to’g’ri kelmaydigan nojo’ya ish qilib qo’ygan kishiga nisbatan tug’ilgan bo’lsa, bu hissiyot ijobiy ahloqiy hissiyotdir. Ammo bu hissiyot biror shaxsiy norozilik sababli, masalan, majlisda qilingan haqli tanqid sababli tug’dirgan bo’lsa, bunday hissiyot o’zbek kishisiga nomunosib, past hissiyotdir.
Hissiyot biz idrok qilayotgan, tasavvur qilayotgan va fikr qilayotgan hodisalar va tasavvurlar, shuningdek, bizning harakatlarimiz va qiliqlarimiz ta’siri bilan tug’iladi. Narsalar idrok, tasavvur va fikr qilinayotganligi uchungina bizda ayrim tuyg’ular tug’ilib qolmasdan, balki, asosan, bu
narsalar bizning ehtiyojlarimiz, manfaatlarimiz bilan ma’lum bir darajada bog’langanligi uchun ham bizda turli tuyg’ular tug’diradi, Biz idrok, tasavvur va fikr qilayotgan narsalar bizning ehtiyojlarimizga va manfaatlarimizga aloqasi bo’lmagan taqdirda bizda sezilarli hissiyotlar tug’ilmaydi. Bunday narsalar ko’pincha e’tiborimizdan chetda qolaveradi.
Shunday qilib, hissiyotlarning manbalari (yoki sabablari), bir tomondan, bizning ongimizda aks etayotgan tevarak-atrofdagi voqelik bo’lsa, ikkinchi tomondan, bizning ehtiyojlarimizdir.
Ko’p hollarda emotsional kechinmalarimizning mazmuniga bizning intilishlarimiz ham kiradi. Intilishlar esa hamisha ehtiyojni ifodalaydi. Lekin hissiyotlar ehtiyojlar sababli paydo bo’lishi tufayli, intilishlar bilan hissiyotlar bir-biriga «qo’shilib ketib» bitta tuyg’u, kechinma holida namoyon bo’ladi. Bunday hollarda hissiyotlar, odatda, intilishlarni tug’diradi yoki mavjud
intilishlarni kuchaytiradi, shuning uchun ehtiyojlarning o’zi ham aktiv kechinmalar bo’lib qoladi.
Hissiyotlarning yo’nalishi, faolligi intilishlarda namoyon bo’ladi.
Shunday emotsional holatlar ham bo’ladiki, bunda intilish juda sust bo’ladi yoki butunlay bo’lmaydi. Bu xil samarasiz, passiv hissiyotlarni, odatda, sentimentallik deb ataydilar. Sentimentallik – harakatsiz hissiyot bo’lib, odatda, faqat so’z bilan cheklanib, oh-vohlar qilish, ba’zan ko’z yoshi to’kishdan nariga bormaydi.
Hissiyotlarning faollik darajasi kishidagi qo’zg’alish va kuchlanish holatida yoki tinchish va bo’shashish holatida, yoki kishidagi hamma kuchlar g’ayratga kirgan holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashgan va bo’shashgan holatda namoyon bo’ladi. Hissiyotlarning mana shu faollik darajasiga qarab, ular stenik va astenik hissiyotlarga bo’linadi.
Kishining hayotiy faoliyatini oshiradigan, g’ayratini orttiradigan hissiyotlar stenik hissiyotlar deb ataladi. Masalan, nihoyatda xursandlik, g’azablanish hislari stenik hissiyotlar qatoriga kiradi. Kishining hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g’ayratini susaytiradigan hissiyotlar astenik hissiyotlar deb ataladi. G’am-g’ussa, ma’yuslik, afsuslanish kabi hissiyotlar mana shunday astenik hissiyotlardir.
«His» degan termin ko’pincha «sezgi» degan termin bilan bir ma’noda ishlatiladi. Masalan, ba’zan: «Men yorug’likni his qilyapman, men issiqlikni his qilyapman» deyish o’rniga: «Men yorug’likni sezyapman, men issiqlikni sezyapman» deb ham aytishadi. Shu vaqtgacha biz psixologiyada ham sezgi
organlari deyish o’rniga his qilish organlari deb aytishga odatlanib qolganmiz.
Sezgi bilan hisni bir-biridan farq qilishi kerak. Sezgi odamdan mustaqil ravishda mavjud bo’ladi, u narsalar va hodisalarning in’ikosidir, Hissiyot esa odamning shu narsalarga va hodisalarga munosabatini ifodalovchi tuyg’ular, kechinmalardir. Sezgilar bizga narsalar va hodisalarning o’zini bildiradi, ammo hissiyot esa odamning shu narsalarga va hodisalarga munosabatini, bu narsalar va hodisalar odamda qanday holat tug’dirganligini (hush yoki nohush holat tug’dirganligini) bildiradi.


Emotsional kechinmalar organizmdagi alohida fiziologik jarayonlar, o’zgarishlar bilan bog’liq ekanligi har kungi tajribada ko’rinib turibdi. Masalan, emotsional kechinmalar chog’ida qon aylanishi o’zgaradi, yurak urishi tezlashadi yoki susayadi. Bir xil emotsional kechinmalar chog’ida odam qizaradi, boshqa bir xil emotsional kechinmalar chog’ida esa odam oqaradi yoki bo’zaradi. Emotsional jarayonlarning yurak faoliyatidagi o’zgarishlar bilan bog’liq ekanligi shu qadar ayon sezilib turadiki, hatto oddiy tilda «his» bilan «yurak» degan so’z bir-biriga o’xshash ma’noda ishlatiladi. Odatda, «yuragim orziqib ketdi», «yuragim orqamga tortib ketdi», «yuragim yorilay dedi» deb gapirilganida, «yurak» so’zi bilan qo’rqib ketish, sevinish kabi hislar ifodalanadi.
Emotsional kechinmalar vaqtida nafas olish ham o’zgaradi: ayrim kechinmalar vaqtida nafas olish tezlashadi, ayrim kechinmalar vaqtida esa nafas olish susayadi. Shuningdek, ovqat hazm qilish jarayonlari va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham o’zgaradi. Emotsional jarayonlar butun organizmning faoliyatiga ta’sir qiladi.
Odamdagi hissiyotning fiziologik asosi avvalo bosh miya po’stida sodir bo’ladigan jarayonlardir. Bosh miya po’sti hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Buni shu bilan isbot
qilish mumkinki, miya yarim sharlari olib tashlangan hayvonlar eng arzimas sabablar bilan muttasil va shu bilan birga kuchli ravishda hayajonga kela beradi. Miya po’sti zaiflangani natijasida bet muskullari falaj bo’lgan kishilar har xil narsalarga hatto juda arzimas narsaga ham hamisha va qattiq kula beradilar. Bosh miya po’stining faoliyati buzilishi natijasida ba’zi kishilarda har xil ta’sirot bu ta’sirotga
butunlay muvofiq bo’lmagan teskari emotsional alomatlarni qo’zg’atadi – kuldiradi yoki yig’latadi. Bunday hollarda bemor kishilar ko’pincha o’zlari kulib tursalar ham, aslida g’amgin bo’ladilar, ko’z yoshi to’ka turib esa xursandlik his qiladilar.
I. P. Pavlov tarkib topgan dinamik stereotip faoliyatidagi buzilishlar ko’pgina hissiyotlarning fiziologik asosi ekanligini ko’rsatib o’tgan. U dinamik stereotipdagi buzilishlarni ko’p kuzatish natijasida chiqargan xulosani ta’kidlab bunday deb yozadi: «Mening fikrimcha, katta miya yarim sharlaridagi boya bayon qilingan fiziologik jarayonlarni, odatda, o’zimizcha sub’ektiv tarzda, umuman ijobiy va salbiy deb ataydigan hislarga muvofiq keladi, deb o’ylash uchun etarli asos bor... Bular qiyinlik va engil tortish hissi, tetiklik va charchash hissi, mamnunlik va norozilik suyunish, tantana va umidsizlik hissi va
hokazo.
Meningcha, ko’pincha odatdagi turmush tartibining o’zgargan paytlarida, odat bo’lib qolgan bironta
mashg’ulot to’xtatilganida, yaqin kishidan judo bo’lganda, aqliy iztirob chog’ida, maslak va e’tiqodlarda keskin burilishlar ro’y bergan chog’da kechiriladigan og’ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik stereotipning o’zgarishi, uning yo’qolishi va yangi dinamik stereotipning qiyinlik bilan hosil bo’lishidan iborat bo’lsa kerak». III tom, 2-kitob, 243-244 bet).
Hissiyotlar bosh miya postining ostki qismlari faoliyati bilan ham bog’langandir. Jumladan, ko’rish bo’rtig’i hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazlaridir. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, ko’rish bo’rtig’ining shikastlanishi natijasida, hissiyotni ifodalovchi yuz harakatlari ham izdan chiqadi. Bosh miya po’sti ostidagi markazlardan mahrum bo’lgan hayvonlarda hissiyotlarni ifoda- lovchi harakat belgilari bo’lmaydi.
Bosh miya po’sti ostidagi qismlarda vegetativ nerv sistemasini boshqaruvchi markazlar bor. Bu markazlar emotsional kechinmalar bilan mustahkam bog’langandir.
Ba’zi hissiyotlar vegetativ nerv sistemasi faoliyatining hamda bu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatining oshib ketganligi sababli tug’iladi. Shu sababli, ba’zi emotsional kechinmalar vaqtida qon aylanish organlarining faoliyati, ovqat Hazm qiladigan organlar faoliyati kuchayganligini, nafas olish o’zgarganligini, ko’zning nurlanishini, rangning qizarganligini ko’ramiz va hokazo. Bunday hollarda ichki
sekretsiya bezlarining faoliyati oshib ketib, ular nerv sistemasini oziqlantiruvchi va qo’zg’atuvchi kerakli moddalarni organizmga ajratib beradi. Bunday emotsional holat chog’ida biz g’ayratimiz oshib ketganligini sezamiz, o’zimizni bardam, ishchan his qilamiz.
Aksincha, boshqa ba’zi bir hissiyotlar vegetativ nerv sistemasi faoliyatining va shu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatining pasayishi sababli tug’iladi. Qayg’u, g’am, qo’rquv singari mana shunday salbiy emotsiyalar chog’ida qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas olish o’zgaradi, kishining rangi oqarib-bo’zarib ketadi, uning ko’zlari nursizlanadi va hokazo.
Ba’zi salbiy hissiyotlar, masalan, g’azab, vahima ba’zan vegetativ nerv sistemasining faoliyatini oshirib yuboradi. Lekin bunday hollarda ham shu hissiyotlarning salbiy xarakteri shu narsada namoyon bo’ladiki, bunday hissiyotlar tugashi bilan organizm bo’shashib ketadi, kishining tinkasi quriydi, ba’zan esa kishida alohida asabiy betoblik vujudga keladi.
Biz o’zimiz sababini anglamagan emotsional holatning, ya’ni bizga sababi ma’lum bo’lmagan tuyg’ularning bizda tug’ilishi vegetativ nerv sistemasida va bu sistema boshqaradigan organlarda bo’ladigan o’zgarishlar bilan izohlanadi. Chunonchi, odamda ba’zan besabab hushchaqchaqlik, besabab
havotirlanish, ko’ngil g’ashlik va shu kabi holatlar paydo bo’ladi.
Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, vegetativ nerv sistemasi bosh miya po’sti bilan bog’langan bo’lib, odam organizmida bo’ladigan vegetativ jarayonlarning hammasi bosh miya po’stiga bo’ysunadi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, nerv sistemasining oliy bo’limi bo’lgan bosh miya «badanda bo’ladigan hodisalarning hammasini idora qilib turadi» 1. (O’sha kitob, 410-bet)
Bundan chiqadigan xulosa shuki, emotsional kechinmalarning hammasi bosh miya po’stining
faoliyati bilan ma’lum darajada bog’langandir.
Ikkinchi signal sistemasi odamning emotsional kechinmalarida katta rol o’ynaydi, ikkinchi signal sistemasidagi bog’lanishlar insoniy oliy hislarning– intellektual, ahloqiy, estetik hislarning– nerv-fizlologik asosidir. Ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi bilan uzilmas ravishda bog’langanligi va shu orqali bosh miya po’sti ostidagi qismning faoliyatiga ta’sir qilib turishi sababli, odam o’z hissiyotlarini ongli ravishda o’zi boshqarib tura oladi.
Psixik jarayonlarning hammasi organizmning tashqi o’zgarishlarida va harakatlarida ma’lum darajada ifodalanadi. Lekin odamning hissiyotlari ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Emotsional kechinmalar organizmning tashqi o’zgarishlarida shu qadar yaqqol alomatlarda ifodalanadiki, odatda, biz odamning tashqi ko’rinishiga qarab unda qanday hissiyotlar yuz berayotganligini – u xursandmi, yoki xafami, g’azablanganmi yoki biror nimadan qo’rqib turganmi, unda muhabbat paydo bo’lganmi yoki nafrat paydo bo’lganmi, shodlik paydo bo’lganmi yoki uyalish paydo bo’lganmi, xullas, mana shu hislarning ko’pini aytib bera olamiz. Rang ko’r, hol so’r, degan hikmatli so’zning psixologik ma’nosi bunga misol bo’la oladi. hissiyotlarning tashqi alomatlarini ifodali harakatlar deb ataladi.
Emotsional kechinmalar avvalo muskullarning ixtiyorsiz bo’ladigan harakatlarida ifodalanadi. Ijobiy hissiyotlar vaqtida bu harakatlar, odatda, shu hislarni tug’dirgan narsa tomonga yo’nalgan bo’ladi, salbiy hissiyotlar vaqtida esa bu harakatlar shu hislarni tug’dirgan narsadan teskari tomonga yo’nalgan bo’ladi. Masalan, biz bir badiiy suratni ko’rib undan zavqlansak, bizda yoqimli his tug’iladi, shuning uchun beixtiyor shu suratga yaqinlashamiz. Shuningdek, qalin do’stimiz bilan to’satdan uchrashib qolganimizda, biz shu do’stimizga tomon beixtiyor harakat qilamiz, ya’ni unga yaqin borib qolganligimizni o’zimiz ham sezmay qolamiz.
Ayrim salbiy hissiyotlar vaqtida bizning harakatlarimiz shu hisni tug’dirgan narsadan chetlatishga intiladi. Boshqa ba’zi salbiy hissiyotlar vaqtida, masalan, g’azab, nafrat hislari vaqtida bizning harakatlarimiz shu emotsional kechinmalarga sabab bo’lgan narsa tomonga yo’naladi. Buning sababi shuki, bizda shu narsani yo’q qilish yoki uning harakatini bostirish harakati tug’iladi va biz shunga intilamiz. Mustaqil vatanimizning dushmanlari, terorizmga, diniy
aqidaparastlikka, vahobizmga nisbatan bizdagi g’azab va nafratning ajoyib ahamiyati bor, chunki bu
g’azab va nafrat dushmanni yo’q qilishga qaratilgan emotsional kechinmalardir.
Bizning emotsional kechinmalarimiz mimikada, gavda harakatlarida va imo-ishoralarda ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Kishining emotsional kechinmalari fiziologik jarayonlarda va yig’i, kulgi, boshqa shu kabilarda ham namoyon bo’ladi.
Hissiyotlarning harakatlarda, mimikada, gavdada, imo-ishoralar va ma’noli ko’z qarashlarda, boshqa shu kabilarda mana shu tariqa tashqi ifodalanishlarining hammasi suratga va kinoga olish yo’li bilan qayd qilinishi mumkin.
Kishining emotsional kechinmalari uning nutqida ifodalanadi. Turli emotsional kechinmalar vaqtida uning tezligi o’zgaradi, ko’pincha, nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, ritmika va intonatsiya o’zgaradi. O’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, g’amginlik va ma’yuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqni so’zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, nutqning o’zi susayib qoladi, so’zlayotgan kishining tovushi ham bo’linib-bo’linib chiqadi. Xursandlik holatida bir nima so’zlayotgan kishining nutqida bunga butunlay teskari holat namoyon bo’ladi. Turli emotsional kechinmalar vaqtida ovozning titrashi va uning past-balandligi turlicha o’zgaradi.
Hissiyotlarning mana shu tashqi ifodalari, odatda, ixtiyorimizdan tashqari namoyon bo’ladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ayrim hislar o’ziga xos formada ifodalanadi. Masalan, qo’rquv vaqtida kishining ko’z qorachiqlari kengayib ketadi, badani qaltiraydi, yuzi oqarib-bo’zarib ketadi. Xur- sandlik hissi vaqtida kishining ko’zi yarqirab ketadi, yuzida qizarish paydo b o’ladi, harakatlar tezlashadi va hokazo.
Ammo odam o’zining ifodali harakatlarini o’zgartirishi mumkin: u ba’zi harakatlarni tiyib turishi, ba’zilarini esa kuchaytirishi mumkin. Odam sun’iy ravishda yangi ifodali harakatlar yaratishi va shu ifodali harakatlar yordami bilan o’zidagi emotsional kechinmalarni to’liq va xilma- xil qilib ochib berishi mumkin.
Odam o’zining mimikasi va gavda harakatini, shuningdek, tovushini atayin chiroyli qilib ko’rsatishi mumkin. U garchi o’zi muayyan hissiyotlarni kechinmayotgan bo’lsa ham, ammo shu hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar yaratishi mumkin. Chunonchi, artistlar sahnada o’z hislarini emas, balki sun’iy mimika, imo-ishoralar, nutqining intonatsiyasi va shu kabilarni yaratish yo’li bilan muayyan ifodali harakatlarni tasvirlab ko’rsatishlari lozim bo’ladi. Har bir kishi ham o’z hissiyotlarining tashqi ifodalarini ma’lum darajada o’zgartirishi mumkin.
Mana shu o’zgartiriladigan va yangidan vujudga keltiriladigan ifodali harakatlar, ya’ni emotsional kechinmalarning tashqi alomatlari kishida mustahkam o’rnashib qolishi, ko’nikma va odatga aylanishi, so’ngra esa hislarning tabiiy ifodasi tariqasida beixtiyor namoyon bo’lishi
mumkin.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin