Өзбекистан Республикасы Жоқары ҳәм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги



Yüklə 159 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü159 Kb.
#111050
1-семинар тест узб калитсиз



1-seminar testleri
1. Kimlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko`targanlar va qanday ataganlar?
A) Qadimgi yunonlar, «Etika»
B) Qadimgi rimliklar «Moral`»
C) Qadimgi misrliklar «Etika»
D) Arablar «Axloqshunoslik»
2. Axloqshunoslik predmeti
A) insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmui, fe’li, tabiati
B) axloqning kelib chiqishi va mohiyati, kishilik jamiyatidagi axloqiy munosabatlar
C) Insonlar o`rtasidagi muloqat mazmuni
D) Odob-axloq to`g`risidagi donishmandlar o`gitlari
3. «Etika» atamasini fanga kiritgan olim -
A) Sitseron
B) Platon
C) Aristotel`
D) Sokrat
4. «Moral`» atamasini fanga kiritgan olim -
A) Platon
B) Aristotel`
C) Sokrat
D) Sitseron
5. Inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o`z ichiga oladi. Bu -
A) Odob
B) Xulq
C) Axloq
D) Etos
6. Oila, jamoa, mahalla-qo`y miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko'rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui – bu:
A) Odob
B) Xulq
C) Axloq
D) Etos
7. Jamiyat, zamon, ba’zan insoniyat tarixi uchun namuna bo`la oladigan umumbashariy ahamiyatga ega ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa – bu:
A) Odob
B) Xulq
C) Axloq
D) Etos
8. Bugungi kunda axloqshunosiik falsafiy fan sifatida qaysi yo`nalishda ish olib boradi: 1) axloqni bayon qiladi; 2) axloqni tushuntiradi; 3)axloqni o ‘rgatadi?
A) 1, 2
B) 2, 3
C) 1, 3
D) 1, 2, 3
9. Aristotel` fikricha, inson kamolotga, yuksak ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirs-u ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi. Bu esa insonda … mavjudligini ko`rsatadi.
A) ixtiyor erkinligi
B) Iroda
C) Ehtiyojlar
D) Axloqiy ong
10. Nima uchun Aristotel` qullarni axloqdan tashqaridagi mavjudot deb e`tirof etgan?
A) CHunki qullar aql jihatdan past saviyaga ega
B) polis fuqaroligi huquqiga ega bo`lmagan qullar odam hisoblanmaydi
C) Chunki qullar aql jihatdan saviyasiz
D) Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.
11. Axloqshunoslikda ixtiyor -
A) Zaruriyat
B) Iroda
C) Istak
D) Erkinlik
12. Axloqiy anglash, axloqiy hissiyot va axloqiy xatti-harakatlar – bular:
A) Axloqning tuzilishi
B) Axloqning tamoyillari
C) Axloqning kategorilari
D) Axloqning shakllari
13. Axloqning o`ziga xos xususiyatlarini ko`rsating:1) qat’iyamrlik, 2) me’yoriylik, 3)baholash, 4)umuminsoniylik, 5) mintaqaviylik va milliylik.
A) 1, 2, 3
B) 1, 2, 3, 4,5
C) 1, 2, 3, 5
D) 1, 2, 3, 4
14. Axloqning asosiy vazifalari – 1) tarbiyaviy, 2) kommunikativ, 3)bilish, 4) boshqarish, 5) insoniylashtirish
A) 1, 2, 3, 4,
B) 1, 2, 3, 5
C) 1, 2,3, 4, 5
D) 1, 2, 3, 4
15.Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda muayyan axloqiy fazilatlarni aks ettirgan tushunchalar va tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablaming eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida ro'yobga chiqadi – bu:
A) Axloqiy fazilatlar
B) Axloqiy tushunchalar
C) Axloqiy amallar
D) Axloqiy me`yorlar
16.Quyida axloqning qaysi kategoriyasi ifodalangan: «u insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo`lishidir, u zo`ravonlik yoki zo`rma-zo`rakilik bilan chiqisha olmaydigan hodisa. U me’yorlar, an’analar, qonunlarga bo`ysunmaydi, lekin, yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas’uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi, u – insonni tashqi va transtendental olam bilan bog‘laydigan, uni yolg‘izlikdan olib chiqadigan buyuk kuch.
A) Oriyat
B) Muhabbat
C) Ideal
D) Ma`suliyat
17. Insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag'ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi – bu:
A) Muhabbat
B) Ma`suliyat
C) Ezgulik
D) G`urur
18.Axloqning qaysi kategoriyasi so`z etilmoqda: «Uning o`zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan»?
A) Tenglik
B) Ezgulik
C) Muhabbat
D) Adolat
19. Adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, qaysi sohada darhol ko'zga tashlanadi?
A) Huquq
B) Siyosat
C) Ma`naviyat
D) Iqtisodiyot
20. Ezgulik va yovuzlikning yana bir o`ziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha inson faoliyatini … xususiyatiga ega.
A) O`zgartirish
B) Baholash
C) Tarbiyalash
D) Yumshartish
21. Burch – bu:
A) shaxsning o z qadr-qimmatini anglab yetishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tom onidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo'ladigan munosabati bilan belgilanadi.
B) Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o`matib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men.
C) insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligi
D) jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat.
22. Nomus – bu:
A) shaxsning o z qadr-qimmatini anglab yetishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tom onidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo'ladigan munosabati bilan belgilanadi.
B) Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o`matib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men.
C) insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligi
D) jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat.
23. Quyida qaysi tushuncha tasvirlangan: «shaxsdan o`zining boshqa odamlarga nisbatan kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning teng huquqliligi tamoyilini o`ziga nisbatan qo'llashlarini talab qiladi»?
A) Nomus
B) Qadr-qimmat
C) Obro`
D) Or
24. Qadr-qimmat insoniy … jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarda in’ikos etish shaklidir.
A) Iftixorning
B) Nomusning
C) G‘uruming
D) Vijdonning
25. Muammolilik xususiyati bilan ajralib turadigan tushunchalarni ko`rsating:
A) Ideal, hayot mazmuni, baxt, qadr-qimmat
B) Ezgulik va yovuzlik, nomus, burch, vijdon, qadr-qimmat
C) nomus, burch, vijdon, qadr-qimmat, hayot mazmuni, baxt,
D) Ideal, hayot mazmuni, baxt
26. Undagi nomavjud, xayoldagi insonga voqelikdagi real, mavjud inson, hayotdagi hodisalar qiyoslanadi, ya’ni bor narsa yo`q narsa bilan o`lchanadi – bu:
A) Ideal
B) Orzu
C) Maqsad
D) Istak
27. Axloqshunoslikda baxt mezoniy tushunchasini alohida o`rganadigan yo`nalish–bu
A) Evdemonizm
B) Utilitarizm
C) Gedonizm
D) pragmatism
28. Insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo`lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch – bu:
A) Millatparvarlik
B) Insonparvarlik
C) Erkparvarlik
D) Vatanparvarlik
29. Har jabhada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch, muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich yeriga, binosining har bir g'ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuqlariga mehr bilan qarash, ularni ko`z qorachig‘idek asrab-avaylash bular hammasi
A) Vatanparvarlik
B) Erkparvarlik
C) Insonparvarlik
D) Millatparvarlik
30. U o`z individual ehtiyojlarini hamma narsadan yuqori qo`yadigan axloqiy xislatillatni anglatuvchi tushuncha; biror-bir insonning moddiy-maishiy manfaatlarining boshqalarnikidan ustun qo`yilishini bildiruvchi manfaatparastlikdan va o‘z shaxsini mutlaqlashtirishiga qaratilgan shaxsiyatparastlikning ba’zi unsurlaridan iborat salbiy xatti-harakatlar majmuyidir. Bu -
A) Mag`rurlik
B) Xudbinlik
C) Shuhratparastlik
D) Kibru-havo
31. Shon-shuhrat ketidan quvadigan va bu yo`lda har qanday axloqsizlikdan qaytmaydigan insonlar toifasining xislati – bu:
A) Kibru-havo
B) Xudbinlik.
C) Mag`rurlik
D)Shuhratparastlik
32. Axloq deganda nimani tushunamiz?
A) xudoning insonga bergan in’omi
B) insonlar o’rtasidagi turli xil munosabatlari
C) ijtimoiy ong shakllaridan biri, insonnig yurish-turish qoidalari va xulq-atvor me’yorlari
D) yaxshilik va yomonlikning mezoni
33. Axloqning ijtimoiy hayotdagi roli nimadan ihorat?
A) insonga omad va baxt-saodat keltiradi
B) kishini hato qilmasga undaydi
C) insionni ma’naviy kamolatga yetkazadi, jamiyatda barqarorlikni ta’minlatdi
D) yoshlarni o’z nafsini tiyishga va insofli bo’lishga undaydi
34. Insonning har bir qilmishi, xatti-harakatlarining ibtidosi?
A) insonnig to’g’ma qobiliyatlari
B) axloqiy tanlov
C) aql-zakovati, bilimlari
D)ota-onasi bergan tarbiyasi
35. Axloqning ijtimoiy manbalari nimaga bog’liq?
A) jamiyatning siyosiy tuzumiga
B) insonnig shaxsiy va ijtimoiy manfaatlari o’rtasidagi uyg’unlik darajasiga
C) ijtimioy muhit va jamoatchilik fikriga
D) ta’lim-tarbiya xususiyatlariga
36. Axloqning ma’naviy manbalari nimaga bog’liq?
A) insonnig diniy dunyoqarashiga
B) hayotiy tajribalarga
C) insonnig hayot mazmuni va hayotiy maqsadini qanday tushunishiga
D) ijtimoiy faolligi, maqsadlari va intilifhlariga
37. Axloqiy me’yor-qoidalar qachon paydo bo’lgan?
A) odamzodning paydo bo’lishi bilan
B) insoniyat jamiyatining shakllanishi bilan
C) din bilan bir davrda
D) quldorlik tuzumi shakllanadigan keyin
38. Axloq va din o’rtasidagi aloqadorlikni aniqlang?
A) diniy qarashlar to’la-to’kis o’zida axloqiy ta’limotlarni mujassamlashtiradi
B) har ikkilasining maqsadi insonni to’g’ri yo’lga boshlashdir
C) yuksak axloqiy komillik-maqsad, din esa-vositadir
D)diniy axloq va umuminsoniy axloq bir-biridan mustaqil mavjud bo’ladi
39. Axloq bilan tarbiyaning bir-biriga munosabatlarini aniqlang?
A) axloq tarbiyaning nazariy asosi
B) tarbiya axloqiy me’yorlarning ideal asosi
C) axloq va tarbiya bir butun yagona jarayon bo’lmog’ilozim
D) axloq va tarbiya jamiyat bilan birga paydo bo’lgan
40. Axloqiy erkinlik deganda nimani tushunasiz?
A) axloqiy qonun-qoidalarga bo’yruqsiz, ichki ehtiyojasosida rioya qilishni
B) nimani xohlasang shuni qilish
C) ijtimoiy qonunlarga itoat qilmaslik
D) anglangan zaruriyatni
41. Erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan sanksiyalanadigan va tartibga solinadigan, ularning o`z-aro va farzandlariga nisbatan munosabatlaridagi huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradigan shakli – bu:
A) nikoh
B) oila
C) fuqarolik nikoh
D) huquqiy me`yorlar
42. Nikoh yoki qondosh tug`ishganlikka asoslangan kichik guruh, uning a`zolari maishiy hayotining birligi, o`z-aro axloqiy mas`uliyat va o`z-aro yordamga asoslangan – bu
A) nikoh
B) oila
C) fuqarolik nikoh
D) huquqiy me`yorlar
43. Oilaning yuridik asoslari
A) jamiyatda mabjud bo`lgan qonunlarga mos keluvchi erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlar
B) erkak va ayol o`rtasidagi nikoh munosabatlarining rasmiylashtirilishi
C) erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlarning jamiyatda mabjud bo`lgan qonunlarga mos ravishda rasmiylashtirilishi
D) erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlarning cherkov talablariga mos ravishda rasmiylashtirilishi
44. Oilaning axloqiy-diniy asoslari nimaga tayanadi?
A) shaxs avtoritetiga
B) oila avtoritetga
C) an`analar avtoritetga
D) cherkov avtoritetiga
45. Nikoh kim tomonidan sanksiyalanadi va tartibga solinadi?
A) jamiyat
B) din
C) oila
D) davlat
46. Oila qanday munosabatlarga asoslanadi?
A) nikohga
B) nikohga va qandosh qorindoshlikka
C) qandosh qorindoshlikka
D) o`z-aro hurmatga
47. Oila barqaror … sifatida amal qiladi
A) guruhiy birlik
B) ijtimoiy zarurlik
C) ijtimoiy birlik
D) munosabatlarga asoslangan birlik
48. Oila qanday funksiyani bajarmaydi?
A) reproduktiv, tarbiyabiy
B) xo`jalik –maishiy
C) rekreativ va psixologik himoya
D) konsolidatsiya
49. O`zbekiston Respublikasida nikoh yoshi necha yosh?
A) 17 ayollar uchun, 18 erkaklar uchun
B) 18 ayollar uchun, 19 erkaklar uchun
C) 18 ayollar uchun, 18 erkaklar uchun
D) nikoh yoshining pastki chekarasi individual tarzda belgilanadi
50. . Nikohga kirishning zaruriy sharti nima?
A) nikohga kiruvchilarning ota-onalarining roziligi va nikohka kiruvchilar o`rtasidagi umumiy manfaat
B) erkak va ayol o`rtasidagi muhabbat va o`z-aro tushunish
C) erkak va ayol o`rtasidagi nikoh shartnomasi
D) erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlarning ixtiyoriyligi va teng huquqliligi
51. Oila murakkab hodisa sifatida qanday munosabatlarni qamrab oladi: 1) jinslarning tabiiy munosabatlarini, 2) er va xotin, ota-ona va farzandlar o`rtasidagi iqtisodiy o`z-aro aloqalarni, 3) er va xotin, ota-ona va farzandlar o`rtasidagi axloqiy o`zaro bog`liqliklarni
A) 1, 2, 3
B) 1, 2
C) 2, 3
D) 1, 3
52. Ko`pxotinlik qanday nomlanadi?
A) guruhiy nikoh
B) poliandriya
S) poligamiya
D) poliginiya
53. Bir erkakning bir ayol bilan nikohi qanday nomlanadi?
A) poligamiya
B) poligineya
C) monogamiya
D) poliandriya
54. Ota-onalar va ularning qaramog`idagi farzandlardan iborat strukturaga ega oila qanday nomlanadi?
A) poligam
B) nuklear
C) punalual
D) kengaytirilgan
55. Bir nechta ablodlardan, birgalikda yashovchi qarindoshlardan iborat strukturaga ega oila qanday nomlanadi?
A) poligam
B) punalual
C) kengaytirilgan
D) nuklear
56. Qarindoshlar o`rtasidagi nikohni taqiq qiladigan oila tipi:
A) ekzogam oila
B) poligam oila
C) kengaytirilgan oila
D) nuklear oila
57. Oiladagi tahdidlar omillariga nimalar kiradi: 1) erta nikohga kirish; 2) majburiy nikoh; 3) ixtiyoriy nikoh; 4) tanishlikning qisqa muddati; 5) oilaga jiddiy munosabat
A) 1,2,4
B) 1,2,3,4,5
C) 3,5
D) 2,4,5
58. Insonda kundalik hayotda va san`atda go`zallikni idrok etish, baholash, tahlil qilish va yaratish qobiliyatinii rivojlantirish – bu:
A) Estetik tarbiya
B) Etikaviy tarbiya
C) axloqiy tarbiya
D) Ma`naviy tarbiya
59. Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi -
A) insonda estetik didni shakllantirish
B) insonda estetik madaniyatni takomillashtirish
C) insonni nafosatlilikni ijrok etishga o`rgatish
D) insonni estetik tafakkurga o`rgatish
60. Estetik madaniyat komponentlarini ko`rsating: 1) idrok etish; 2) tuyg`ular; 3) did; 4) ideallar
A) 1, 2
B) 2, 3
C) 1, 2, 3
D) 1,3
61. Go`zallikni emotsional baholash – bu:
A) estetik did
B) estetik ehtiyojlar
C) estetik tuyg`ular
D) estetik idrok etish
62. Go`zallikni anglash, tahlil qilish va yaratish orqali estetik tuyg`ularni olish istagi va ehtiyoi – bu:
A) estetik did
B) estetik ehtiyojlar
C) estetik tuyg`ular
D) estetik idrok etish
63. Atrof muhitning ko`rinishlarini uning estetik idealga mosligi nuqtai-nazaridan baholash va tahlil qilish ko`nikmasi – bu:
A) estetik did
B) estetik ehtiyojlar
C) estetik tuyg`ular
D) estetik idrok etish
64. Estetik tarbiya metodlarining qaysi biri eng ta`sirchan hisoblanadi?
A) suhbat
B) shaxsiy namuna
C) ekskursiya
D) kechalar
65. Tabiatdag`i, insondagi, san`atdagi go`zallik to`g`risida shaxsiy tasavvurlar – bu: 
A) estetik did
B) estetik ehtiyojlar
C) estetik tuyg`ular
D) estetik ideallar
66. Estetik tarbiya vazifalarini ko`rsating: 1) barkamol insonni tarbiyalash; 2) insonda go`zallikni ko`rish va baholash qobiliyatini rivojlantirish; 3) go`zallik idealini shakllantirish va estetik didni islab chikarish; 4) ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga undash
A) 1, 2, 3
B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 3, 4
D) 1, 2, 4
67. Globallashuvning asosiy jihatlariga kiritilmaydi?
A) ijtimoiy
B) texnologik
S) siyosiy
D) madaniy
68. «Globallashuv» tushunchasi qaysi asrda paydo bo`lgan?
A) XXI
B) XX
C) XIX
D) XVIII
69. Rim kulibining birinchi majlisi nechanchi yilda bo`lib o`tgan?
A) 1968-yilda
B) 1965-yilda
C) 1977-yilda 
D) 1970-yilda 
70. Rim klubining asoschisi kim? 
A)D.Bell
B) Aurelli Pechchi
C) A.Turen
D)O.Toffler
71. Globallashuv davrining xarakterli belgilarini ko`rsating: 1) dunyo doirasida axborot makoni; 2) kapital, tovar va ishchi kuchi bozoridagi integratsiya; 3) atrof muhitga texnogen ta`sirning kuchayishi; 4) ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi; 5) informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar tahdidining o`sib borishi.
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 3
D) 2, 3, 4
72. Globallashuvning namoyon bo`lishining zamonaviy shakllarini ko`rsating: 1. Global kommunikatsiya, 2. Global iqtisodiyot, 3. Global siyosat, 4. Global madaniyat, 5. Global fan, 6. Global til, 7. Global turmus ta`rizi.
A) 1,2,5,6,7
B) 1,2.3.4,5,6
C) 1,2,3,4,5,6,7
D) 1,2.3,4,5,7
73. Quyidagi iboralar globallashuvning zamonaviy ko`rinishining qaysi birini tavsiflaydi: «Geografik to`siqlar va davlat chekaralari chekinadi. Makon va vaqt qisiladi, odamlar va xalqlar yaqinlashadi»?
A) global kommunikatsiya
B) global iqtisodiyot
C) global siyosat
D) global madaniyat
74. Quyidagi iboralar globallashuvning zamonaviy ko`rinishining qaysi birini tavsiflaydi: «Borgan sari ko`p sonli tovarlar ko`pchilik mamlakatlarning kuch solishlari orqali ishlab chiqarila boshlaydi. Lekin undagi transmilliy korporatsiyalar (TMK)ning aksariyati AQSH, G`arbiy Evropa va YAponiya kapitaliga tegishli. Ular o`rtacha yoki katta bo`lmagan mamlakatlarning iqtisodiyotlarini ikkinchi planga surib tashlaydi yohud o`zlariga bo`ysuntirib oladi»?
A) global kommunikatsiya
B) global iqtisodiyot
C) global siyosat
D) global madaniyat
75. Quyidagi iboralar globallashuvning zamonaviy ko`rinishining qaysi birini tavsiflaydi: «Uning eng ta`sirchan va qudratli sub`ekti AQSH hisoblanadi. G`arb davlatlari o`zlarining iqtisodiy va harbiy qudratiga tayana o`tirib, yoki o`zlarining juda ta`sirchan xalqaro tashkilotlarini tuzadi, yoki ularni o`zlarining aytganiga yurgizadi»?
A) global kommunikatsiya
B) global iqtisodiyot
C) global siyosat
D) global madaniyat
76. Quyidagi iboralar globallashuvning zamonaviy ko`rinishining qaysi birini tavsiflaydi: «global unifikatsiyalashga bo`lgan barqaror tendentsiya ko`zga tashlanmoqda: yer kurrasining turli xil burchaklarida kishilar birdek taomlarni yeb, birdek kiyimlarni kiymoqda, birdek musiqani tinglab, birdek kinolarni ko`rmoqda. Axborotlarni ham bir xil OAVdan olmoqda. Bundek global unifikatsiya hayotning barcha jabhalarida milliy o`zlikni, mahalliy xususiyatni yo`q etadi»?
A) global kommunikatsiya
B) global iqtisodiyot
C) global siyosat
D) global madaniyat
77. Antiglobalizmning G`arb mamlakatlaridagi ijtimoiy bazasi: 1) kichik va o`rta biznes; 2) ishlab chiqarishning vaqti-vaqti depressiyaga uchrab turadigan an`anaviy shakllari (metallurgiya, to`qimachilik, tikish, tamaki ishlab chikarish, klassik mashinasozlik) bilan bog`liq kompaniyalar, 3) Rivojlanayotgan mamlakatlardan kirib kelgan arzon ishchi kuchi bilan raqobatdan zarar ko`radigan yollanma ishchilar, 4) Ba`zi ishlab chiqarish turlarining rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mmlakatlarga ko`chirilishi oqibatida ishidan ajragan ishsizlar A) 1,2,3,4
B) 1,2,3
C) 1,2,4
D) 1,3,4
78. Bugungi kunda global til – bu?
A) BMT tillari
B) frantsuz tili
C) inglis tili
D) xalqaro tashkilotlar tili
79. M.Xaydegger «Uy-joysizlik zamonaviy dunyoning taqdiriga aylanmoqda» deganda nimani nazarda tutmoqda?
A) bipatridlikni
B) apatridlar taqdirini
C) vatanparvarlik tuyg`ularining yo`qolib ketishini
D) kosmopolitizm g`oyalarining kuchayib borishini
80. Globallashuv jarayonining institutsionallashuvi nimada namoyon bo`ladi?
A) Turli davlatlarning hamkorligida
B) BMT tuzilishida
C) xalqaro tashkilotlarning vujudga kelishida
D) davlat manfaatlarining xalqaro miqiyosda himoya qilinishida
81. Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvining o`ziga xos xususiyati – bu:
A) iqtisodiy tomondan zaif davlatlarning iqtisodiy taraqqiy topgan davlatlarga o`z ta`sirini o`tkazishi
B) iqtisodiy yuksalishning amalga oshirilishi
C) iqtisodiy inqirozlarning oldining olinishi
D) iqtisodiy tomondan kuchli davlatlarning iqtisodiy zaif davlatlarga o`z ta`sirini o`tkazishi
82. Ma`naviy jarayonlarning globallashuvining o`ziga xos xususiyati – bu:
A) ma`naviyati past mamlakatlarning, xalqlarning ma`naviyati boy mamlakatlarga, xalqlarga ta`sir o`tkazishi
B) kuchli ma`naviyatga ega mamlakatlarning, xalqlarning ma`naviyati zaif mamlakatlarga, xalqlarga ta`sir o`tkazishi
C) odob-axloqning susayib ketishi
D) axloqiy qadriyatlarning qadrsizlanishi
83. Rim klubi qachon tashkil etildi?
A) 1960 yili
B) 1968 yili
C) 1969 yili
D) 1970 yili
84. Rim klubi qanday tashkilot?
A) xalqaro tashkilot
B) milliy tashkilot
C) davlatlararo tashkilot
D) davlat tashkiloti
85. . Globallashuv – bu:
A) insoniyatning katta qismining telekommunikatsiya va informatsion texnologiyalar asosida moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqalarning yagona tizimiga tortilishi
B) insoniyatning katta qismining telekommunikatsiya va informatsion texnologiyalar asosida moliyaviy-iqtisodiy aloqalarning yagona tizimiga tortilishi
C) insoniyatning katta qismining telekommunikatsiya va informatsion texnologiyalar asosida ijtimoiy-siyosiy aloqalarning yagona tizimiga tortilishi
D) insoniyatning katta qismining telekommunikatsiya va informatsion texnologiyalar asosida madaniy aloqalarning yagona tizimiga tortilishi
86. Insoniyatning katta qismining telekommunikatsiya va informatsion texnologiyalar asosida moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqalar ning yagona tizimiga tortilishi - bu:
A) integratsiya
B) globallashuv
C) unifikatsiya
D) konsolidatsiya
87. Globallashuv fenomenining vujudga kelishining zamini: 1) ilmiy bilimlarning rivojlanishi, 2) texnikaviy bilimlarning rivojlanishi, 3) texnikaning rivojlanishi
A) 1, 2
B) 2, 3
C) 1, 2, 3
D) 1, 3
88. Globalilashuv murakkab integratsion jarayonlarning yig`indisi bo`lib, u insoniyat jamiyatining … sohasini qamrab oladi.
A) iqtisodiy
B) ijtimoiy-siyosiy
C) madaniy
D) barchasi
89. «Global informatsion hamjamiyat» fenomenining vujudga kelishiga sabab bo`ladi -
A) Informatsion globallashuv
B) iqtisodiy globallashuv
C) ijtimoiy-siyosiy globallashuv
D) ilmiy globallashuv
90. Globallashuv qanday jarayon sifatida tavsiflanishi mumkin?
A) makon distantsiyasining siqilishi
B) vaqt distantsiyasining siqilishi
C) makon va vaqt distantsiyasining siqilishi
D) madaniy distansiyaning siqilishi
91. Transmilliy korporatsiyalar – bu .. davlatlardir
A) «geografik»
B) «moliyaviy»
C) «iqtisodiy»
D) «ijtimoiy»
92. Xalqaro valyuta fondi, Jahon rekonstruktsiya va taraqqiyot banki kabi nodavlat moliyaviy manbalar – bu … davlatlardi.
A) «geografik»
B) «moliyaviy»
C) «iqtisodiy»
D) «ijtimoiy»
93. G`arb patternlarining (hayot tarzlarining) Janub va Sharqqa joriy etilishi – bu:
A) vesternizatsiya
B) orientalizatsiya
C) globallashuv
D) integratsiya
94. G`arb sivilizatsiyasiga Sharq va Janub patternlarining joriy etilishi – bu:
A) vesternizatsiya
B) orientalizatsiya
C) globallashuv
D) integratsiya
95. Globallashuv jarayonining dezintegratsiyaon sifatida talqin qilinishiga nima narsa sabab bo`ladi?
A) integratsiya
B) unifikatsiya i degumanizatsiya
C) universalizatsiya
D) gomogenizatsiya
96. Globallashuv jarayonlarini qanday parametrlar tavsiflaydi: 1) universallashuv, 2) integratsiya, 3) gomogenlashuv, 4) birlashish
A) 1, 2, 3
B) 2, 3,4
C) 1,3
D) 1, 3, 4
97. Jamiyat hayotida dinning rolining pasayishi – bu:
A) ateizatsiya
B) sekulyarizatsiya
C) politizatsiya
D) pragmatizatsiya
98. Xalqaro terrorizm qachon payda bo`lib boshladi?
A) XX asrning oxirida
B) XIX asrning oxirida
C) XX asrning 60-yillarida
D) XXI asrning boshida
99. Xalqaro terrorizmning belgilarini ko`rsating: 1. Globallashuv, 2. Professionallashuv, 3. Ekstremistik mafkuraga tayanish, 4. Kamikadze-terroristlarni foydalanish, 5. Konventsional bo`lmagan (yadroviy, kimyoviy yoki bakteriologik) qurollarni foydalanish xavfi, 6. Ratsional yondoshuv
A) 1,3,4,5
B) 1,2,3,4,5
C) 1,2,5,6
D) 1,2,3,4,5,6
100. Markaziy Osiy hududida vujudga kelgan ekologik muammolar va tashvishlarni ko`rsating: 1. Orol dengizining qurib ketishi, 2. Sariosiyo ko`lidagi dambaning portlash ehtimoli, 3. O`tgan yillar davomida yadro va atom sinovlari hamda qayta ishlangan radioaktiv moddalar chiqindilari, 4. Suv resurslarini aqlga muvofiq foydalanish, 5. Atrof muhitga suv saqlagichlar va gidroelektrostansiyalarning salbiy ta`siri
A) 1,2,3,4,5
B) 1,2,3,4
C) 1,2,5
D) 1, 2, 4





Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin