O`zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotning barcha sohalarida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va boshqa munosabatlarda bir birlari bilan teng huquqqa ega bo`ldilar. Istiqlol yillaridagi katta yutuqlardan biri shundaki, O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, e`tiqod, meqnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta`lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan himoya qilinadigan bo`ldi.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek, mamlakatimizdagi keng koʻlamli islohotlarning samarasini har bir inson oʻz hayotida his etishi uchun qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosini oʻz vaqtida va samarali taʼminlash, jamiyatimizning boshqa sohalari kabi inson huquqlari muhofazasiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ham zamon talabidan kelib chiqib tubdan takomillashtirish bugungi kunning muhim talabidir. Bu vazifa Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili - ombudsman zimmasiga ham alohida masʼuliyat yuklaydi.
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 22-iyunda qabul qilingan “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoni bu sohadagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarmoqda. Mazkur farmon asosida milliy strategiya va uni amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi.

Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, so'z erkinligini ta'minlash borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, jinoyat sodir etgan shaxslarni afv etish bo'yicha oxirgi yillarda 13 ta farmon qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o'tash joyidan ozod qilindi.