O`zbekiston tarixining mustaqillik yillari avvalgi davrdan farqli o`laroq aynan istiqlol tufayli yurtimizda inson huquqlari va erkinliklari kafolati uchun zarur shart sharoitlar yaratilgani bilan alohida ajralib turadi. Avvalo shuni aytish kerakki, bu O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z ifodasini topdi. Unda eng oliy qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson huquqi kafolatlab qo`yildi. Konstitutsiyaning 13-moddasida «O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi», deb belgilab qo’yilgan.

Shaxsning sha’ni va qadr-qimmati, uning hayoti va sog‘lig‘i yoki shaxsiy erkinligi takrorlanmaydigan boylikdir. Konstitusiyamizning 26-moddasida, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Konstitutsiyaning ikkinchi bo`limi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb atalishining o`zi asosiy qonunning insonparvarligini ko`rsatadi.