Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qator xalqaro konvensiyalar va ular rivojlanishining tegishli protokollar.
O'zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qator xalqaro konvensiyalar va ular rivojlanishining tegishli protokollariga
(bayonlariga) a’zo bo'ldi hamda ratifikatsiya qildi. Ularga quyidagilar kiradi:
Ozon qatlamini muhofaza qilish to'g'risidagi Vena Konvensiyasi (18.05.1993 y.);
Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha Monreal Protokoli (18.05.1993 y.);
Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha Monreal Protokoliga
London tuzatmalari (01.05.1998 y.);
Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha Monreal Protokoliga Kopengagen tuzatmalari (01.05.1998 y.);
Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko'llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo'yicha BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasining Konvensiyasi;
Tabiiy muhitga harbiy yoki har qanday tajovuzkorona ta’sir vositalaridan foydalanishni ta’qiqlash to'g'risidagi Konvensiya (26.05.1993 y.);
Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi Hadli Konvensiya (20.06. 1993
y.).Ushbu konvensiyaga Kioto protokoli (1999 y.);
CHo'llanishga qarshi kurashish bo'yicha Konvensiya (31.08.1995 y.);
Xavfli chiqindilarni transchegaraviy olib chiqish va ularni yo'qotishni nazorat qilish bo'yicha Bazel Konvensiyasi (22.12.1995 y.);
Biologik xilma-xillik to'g'risidagi Konvensiya (06.05.1995 y.);
Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish
to'g'risidagi Konvensiya (22.12.1995 y.);
Yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to'g'risidagi Konvensiya (01.07.1997 y.);
Yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to'g'risidagi Konvensiya (01.05.1998 y.);
Afro-Yevroosiyo ko'chib yuruvchi suvli-botqoqli hududlar qushlarini muhofaza qilish bo'yicha Kelishuv (AEWA);
Xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari hisoblangan suv-botqoqli hududlar to'g'risidagi Ramsar Konvensiyasi (30.08.2001 y.).
Dostları ilə paylaş: |