Hakamlik qilish
Har bir o’yin ob’ektiv va odilona hakamlik qilishni talab qiladi. Agar o’yin qoidalarining
bajarilishini diqqat bilan va jiddiy ravishda kuzatilmasa, o’yin o’zining ta’lim-tarbiyaviy qiymatini
yo’qotadi. Hakamlik rolini ko’pincha o’yin rahbarining o’zi bajaradi. Ammo bu rolni
o’ynovchilardan birortasi (bolalarning o’zlari saylagan yoki o’qituvchi navbat bilan tayinlagan
o’ynovchi) bajargani ma’qulroq bo’ladi. Bunday qilish bolalarda tashkilotchilik malakalarini
tarbiyalashga yordam beradi. Agar o’yinga bolalardan birortasi hakamlik qilsa, rahbar o’zining fikr
va mulohazalarini o’ynovchilarga shu hakamlik vazifasini bajarayotgan o’yinchi orqali aytadi.
Rahbar-hakam o’yinning borishini diqqat bilan kuzatishi va imkoni boricha har bir
o’yinchini nazorat qilib turishi lozim. Faqat shundagina o’yinning natijasiga ob’ektiv baho berish
mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, xolis turmagan hakamga o’ynovchilar ishonmay va u bilan
hisoblashmay qo’yadilar. Bunday hakamning obro’si qolmaydi.
Rahbar-hakam jamoalarning kuchi va o’yinchilarining soni jihatidan teng bo’lishini,
shuningdek, qatnashchilar uchun bir xil sharoit yaratilishini (o’ynaladigan joy, asbob-uskunalar va
boshqalar jihatidan) kuzatib borishi kerak.
Hakam o’yinda qo’polliklar bo’lishiga yo’l qo’ymasligi lozim. Agar hakam o’yin
usullarining to’g’ri bajarilishini kuzatib tursa, u vaqtda butun o’yin texnikani yakomillashtirishga va
chaqqonlikni orttirishga qaratilgan bo’ladi. Hakam o’yin jarayonida tarbiyachi rolini ham bajarishi,
40
bolalarda kelgusida zarur bo’ladigan xislat va malakalarni takomillashtirish va mustahkamlashga
yordam berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |