O’zbеkistоn dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti


Olmaxonlar, dub yong’oqlar va yong’oqlar



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/54
tarix10.05.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#57030
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
milliy va harakatli oyinlar

Olmaxonlar, dub yong’oqlar va yong’oqlar 

O’yin  tasviri.  O’yinchilardan  bittasi  onaboshi  qilib  tayinlanadi.  Qolgan  o’yinchilar 

maydonchaning  o’zlari  hohlagan  joylarida  uchtadan  bo’lib,  qo’l  ushlashib  turadilar.  Har  bir 

uchlikdagi  o’yinchilar  kim  olmaxon,  kim  yong’oq,  kim  dub  yong’og’I  bo’lishini  o’zaro  kelishib 

oladi.  Rahbarning  “Olmaxonlar!”  (“Dub  yong’oqlar!”  yoki  “Yong’oqlar”)  deb  chaqirishi  bilan 

tegishli  o’yinchilar  o’zlari  turgan  uchlikni  tashlab,  boshqa  istagan  uchlikka  turib  oladilar,  ya’ni 

chaqirilgan nomdagi o’yinchilar bir-birlari bilan joy almashadilar. Joy almashish vaqtida onaboshi 

bo’sh qolgan o’rinlardan bittasiga turib oladi va u yerdan chiqib ketgan o’yinchining nomini oladi. 

Joysiz  qolgan  o’yinchi  onaboshi  bo’ladi.  O’yin  paytida  bir  marta  ham  onaboshi  bo’lmagan  yoki 

boshqalarga  nisbatan  kamroq  onaboshi  bo’lgan  o’ynovchi  o’yinda  g’olib  chiqqan  hisoblanadi. 

O’yin natijalari hisoblab chiqilayotgan paytda birinchi onaboshining roli hisobga olinmaydi. 




 

48 


O’yin qoidalari. 1. Uchala o’yinchi qo’l ushlashib olgan paytda onaboshi davradan o’rin 

egallay olmaydi. 2. Rahbar chaqirgan o’yinchilar o’rinlarini almashtirishga majburdirlar. 

Metodik  ko’rsatmalar.  O’yin  mobaynida  har  bir  uchlikdan  bir  necha  marta  birdaniga 

ikkitadan o’yinchini chaqirish (“Olmaxonlar!”, “Yong’oqlar!” va hokazo deb chaqirish) mumkin. 

O’yinning o’ziga xos harakatlari. Tez va qisqa yugurishlar.   

 


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin