O’yin tasviri. Maydonchaning bir tomonidagi kichikroq joy atrofiga chiziq tortiladi. Bu –
katta muz parchasi, qolgan yerlar esa dengiz bo’ladi. Maydonchadagi dengizni chiziq bilan
chegaralab qo’yish zarur. O’yinchilardan bittasi onaboshi – oq ayiq qilib tayinlanadi. Qolgan
o’yinchilar ayiqchalar bo’ladi. Ayiq katta muz parchasi tomon yo’l oladi, ayiqchalar esa butun
49
Ayiq “Ovga chiqayapman!” – deb bo’kirib, muz parchasidan dengizga qarab yuguradi va
ayiqchalarni tuta boshlaydi. Biron ayiqchani tutishi bilan uni muz parchasiga olib kelib qo’yadi.
Keyin ikkinchi ayiqchani ushlaydi. Ikkita o’yinchi ushlangach? Ular qo’l ushlashib qolgan
o’yinchilarni tuta boshlaydilar. Ular biror o’yinchini quvib yetgan paytlarida qo’llarini shunday
birlashtiradilarki, ushlangan o’yinchi ularning qo’llari orasida qoladi. Shundan keyin ular “Ayiq
yordamga!” – deb baqiradilar. Ayiq yugurib keladi va tutilgan o’yinchiga qo’l tegizadi, ya’ni uni
ushlaydi. Ushlangan o’yinchi muz parchasiga kelib turadi. Muz parchasi ustidagi ushlangan
o’yinchikar ukkita bo’lgach, ular ham qo’l ushlashib dengizda ayiqchalarni tuta boshlaydilar.
Bunday juft o’yinchilar har gal bironta o’yinchini o’rab olsalar, “Ayiq, yordamga!” – deb
baqiradilar. Ayiq yugurib keladi va tutqunni ushlaydi. O’yin hamma ayiqchalar ushlangunga qadar
davom ettiriladi. Eng oxirida ushlangan o’yinchi ens chaqqon o’yinchi hisoblanadi va keyingi
o’yinda u oq ayiq bo’ladi.
O’yin qoidalari. 1. Juft ayiqchalar o’yinchilarni faqat qo’llari bilan o’rab olibgina tuta
oladilar. 2. Ushlash paytida o’yinchilarni tortqilash taqiqlanadi. 3. Maydoncha chegarasidan qochib
chiqqan o’yinchilar ushlangan hisoblanadilar va muz parchasiga borib turadilar. 4. Juft ayiqchalar
o’rab olgan o’yinchi ayiq kelib unga qo’l tegizgunga qadar qurshovdan sirg’alib chiqib, qochishi
mumkin. 5. Ayiq birinchi juft ayiqchani ushlab olgandan keyin o’zi ayiqchalarni quvlab yurmasdan
o’rab olinganlarnigina ushlaydi.
O’yin varianti – “Juftlab ushlash”. Bitta ushlovchi tayinlanadi. Qolgan o’yinchilarning
hammasi undan qochadi. Ushlovchi qochayotganlardan birini tutadi va u bilan bir juft bo’lib oladi.
Ular O’yinchilarni qurshab olib, ushlay boshlaydilar. Ikkala tutilgan o’yinchi yana yangi juftni
tashkil etadi. Har bir juft qochayotganlarni “Oq ayiqlar”dagi singari yordamga chaqirmasdan,
mustaqil ravishda ushlaydi. Bunda ham o’yin hamma ushlangunigacha davom ettiriladi.
O’yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. O’yin o’quvchilarni tez va chaqqon harakat
qilishga o’rgatadi. O’yin jarayonida o’quvchilarda kuzatuvchanlik, vaziyatni tezda anglab harakat
qila bilish va qat’iyatlilik taraqqiy etadi. O’yin qatnashchilardan o’z harakatlarini o’rtoqlarining
harakatlariga moslay olishni talab qiladi.
Bu o’yindagi asosiy harakat yo’nalishni o’zgartirib yugurishdir.
Metodik ko’rsatmalar. Bu o’yin juda serharakatli va hayajonli o’yindir. Har bir juft
ayiqcha tutilgandan keyin qisqa dam olish bilan o’yindagi harakatchanlikni pasaytirish mumkin.
Masalan, har gal yangi bir juft ayniqsa tutilishi bilan dengizdagi hamma juft ayiqlar rahbar signal
berishi bilan muz parchasiga qaytib keladilar va yana signal berilgach, uyushgan holda ov qilish
uchun yana dengizga tushadilar. Bu hali ushlanmagan ayiqchalarga birmuncha dam olish imkonini
beradi va ovni yaxshiroq uyushtirishga yordam beradi. Bu usul endigina o’yinni boshlagan quyi sinf
(III-IV sinf) o’quvchilari uchun qo’llaniladi.
50
Bu o’yin ancha mazmunli bo’lmasa ham uni kamida III sinf o’quvchilari bilan o’tkazish
tavsiya etiladi. Chunki undagi harakatlarning mazmuni o’ynovchilardan harakat tajribasiga ega
bo’lishni talab etadi.
Yuqori sinf o’quvchilari bilan bu o’yinning “Juftlab ushlash” varianti o’tkaziladi. Ular
uchun o’yinning bu variantini birmuncha murakkablashtirish, ya’ni har bir juft ayiq ushlangan
o’yinchini muz parchasiga olib kelishi kerakligini talab etadigan qoidani kiritish mumkin. Bu
qoidani faqat o’yin yaxshi uyushtirilgan hamda o’g’il va qiz bolalar bilan alohida-alohida
o’tkazilgandagina joriy qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: