I-IX sinf o’quvchilari uchun o’yinlar.
Kichik yoshdagi (7-10 yoshdagi) o’quvchilar uchun o’yinlar
Bu yoshdagi bolalar uchun harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya darsining asosi bo’lib
hisoblanadi. Shuning uchun maktab dasturida o’yinlarga boshqa materiallarga nisbatan ko’proq
o’rin ajratiladi. Buning sababi shundaki, dasturga kiritilgan turli xil jismoniy mashlarni bolalar
xilma-xil o’yinlar vositasida osongina idrok qiladilar va o’zlashtiradilar.
Masalan, yugurib kelib uzunlikka sakrashni o’rgatish uchun alohida mashg’ulot
o’tkazilganda o’qituvchi tomonidan qo’yilgan vazifa amalgam oshirilmay qolishi mumkin. Chunki
mashqni tushuntirish, ko’rsatish berish, bajarish va uning qanday bajarilganligini aniqlash, xatolarni
tuzatish bolalar uchun juda zerikarli bo’ladi. Agar bu vazifani hal qilish uchun “Bo’ri zovur ichida”
o’yinidan foydalanilsa, maqsadga osongina erishiladi.
III-IV sinflar uchun harakatli o’yinlarniasosan darsning asosiy va yakunlovchi qismida
o’tkazish tavsiya etiladi, chunki dastur meteriali darsning kirish qismida saf mashqlarini o’tkazishni
talab qiladi.
O’yinlarda yugurish, sakrash va uloqtirish yoki irg’itish mashqlariga alohida e’tibor berish
lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan oddiy va o’rtacha murakkab o’yinlarni o’tkazish bilan birga, agar
kollektiv yetarli darajada tayyorlangan bo’lsa, ancha murakkabroq, ya’ni jamoalarga bo’linib
o’ynaladigan o’yinlarni ham o’tkazish mumkin.
Jamoa o’yinlari yetarli darajada chaqqonlik, hozirjavoblik, farosatlilikni va jismoniy
tayyorgarlikni talab etadi va ayni vaqtda bu xususiyatlarni takomillashtiradi.
Jismoniy ratbiya darslari ko’pincha turli o’yinlardan tarkib topgan bo’ladi va bundan
tashqari darsga gimnastika hamda sport o’yinlarining asosiy turlari – basketbol va voleybol ham
kiritiladi.
O’qituvchi harakatli o’yinlar yordamida jismoniy mashqlarni qiziqarli o’tkazadi va bu
bilan III-IV sinf o’quvchilarida harakat ko’nikmalarini hosil qiladi.
III-IV sinf o’quvchilari harakatli o’yinlarga qatnashganlarida ularning aktiv harakatlari
anchagina tartibli va aniq bo’lib qoladi.
9-10 yoshli bolalarning o’yinlari birmuncha murakkablashtiriladi.
24
Agar o’qituvchi sportning biror turi cohasida o’quvchilarda harakat ko’nikmalarini hosil
qilish yuzasidan o’z oldiga muayyan vazifa qo’yadigan bo’lsa, unda ayrim darslar shu vazifani
bajarishga yordam beradigan o’yinlardan iborat bo’lishi mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki,
o’yin darsini o’tkazish o’quvchilardan o’yin harakatlarining ba’zi ko’nikmalariga ega bo’lishni
talab etadi.
Yaxshisi darsga bolalarga notanish bo’lgan o’yinlarni kiritmaslik kerak. O’yin darslari
zo’r tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi bilan bir vaqtda ilmiy jihatdan kamchiliklardan ham holi
emas. Bunga o’yinlarni o’tkazish jarayonida o’ynovchilarda hosil bo’layotgan ko’nikmalarni
kuzatib va nazorat qilib borishning qiyinlashuvi sabab bo’ladi.
O’yin darslarini har o’quv choragining oxirgi o’n kunliklari mobaynida o’tkazish
maqsadga muvofiqroq bo’ladi, chunki shunday qilish o’qituvchiga bolalarda biror harakat
ko’nikmalari qanchalik hosil bo’lganligini aniqlash imkonini beradi.
Harakatli o’yinlar III-IV sinf darslarida ham kattagina o’rin oladi. Bu sinflarda ular
jismoniy tarbiya darslarida hosil qilingan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish va
mustahlamlash uchun xizmat qiladi. Darsning butun asosiy qismi muayyan vazifani hal qilishga,
masalan, basketbol o’yini texnikasining asosiy elementlarini o’rgatishga qaratilgan o’yin
materiallaridan iborat bo’lsa, bunday darslarning kirish qismida “To’plar poygasi” singari harakatli
o’yinlardan foydalanish mumkin. Bunday hollarda darsning asosiy qismiga “Ovchilar va o’rdaklar”,
“Otishma” o’yinlari kiritiladi.
O’yinlardan foydalanishda o’yin texnikasining u yoki boshqa elementlari qanchalik tez
bajarilisgigagina emas, balki ularning bajarilish sifatiga ham alohida e’tibor berish zarur.
Dostları ilə paylaş: |