Dasta chikaldak (chillak o’yini)
O’yin ko’katzor, o’tloq joyda yoki sport maydonchasida o’tkaziladi. O’yin uchun uzunligi
80-100 sm li, diametri 2-2,5 sm li bir uchi yassi qilib tekislangan teyoq (dasta) va uzunligi 20 sm li
tayoqcha (chikaldak) kerak bo’ladi.
O’yinda ikkitadan o’ntagacha kishi qatnashishi mimkin. O’yinni yakkama-yakka o’ynasa
ham, jamoalarga bo’linib o’ynasa ham bo’laveradi.
O’yin tasviri. Oldingi chiziqdan ko’pi bilan 2 m nariga dasta qo’yiladi. O’yinchilarga ana
shu yerda yotgan dastaga chikaldakni tashlash huquqi beriladi.
Chikaldakni dastaga birinchi bo’lib tegizgan o’yinchilar o’yinni boshlash huquqiga ega
bo’ladilar.
Buning uchun o’yinchi chikaldakni dasta uchiga qo’yib turib yengilgina shunday ko’tarib
tashlashi kerakki, chikaldak qaytib tushib, dastaga tegzin va yana sapchib ko’tarilib, qaytib dasta
ustiga tushsin va hokazo. Chikaldakning dastaga har bir tekkani uchun bittadan ochko beriladi.
O’yinchi shu tartibda necha ochko to’plagan bo’lsa, shuncha marta dasta bilan chikaldakni
urib uni to’g’riga otadi. Agar har bir otganda chikaldak 20-30 m nariga borib tushsa, 3 4 ochko
bo’yicha otganda umumiy masofa 90-100 m gacha yetkazilishi mumkin.
Yutqazgan o’yinchi yoki raqib jamoaning o’yinchisi bu masofaning hammasini yugurib
o’tishi kerak.
Shunisi ham borki, bu masofani o’yinchi nafasini yutib turib yugurib o’tishi lozim. Agar
chopib ketayotgan vaqtda nafas olinsa, yoki chaqirilsa, o’yin qaytariladi, ya’ni chikaldakni urib
otish yo’li bilan yana chopib o’tiladigan masofa belgilanadi.
O’yin qoidalari. 1. Dasta bilan chikaldakni silkitib tashlaganda chikaldak dastaga 3
martadan ortiq tegmasligi kerak. 2. Chikaldakni yerda yotgan dastaga tashlayotganda o’yinchilar
o’yinni boshlash chizig’ini bosishlari mumkin emas. 3. O’yinchi nafas olmasdan belgilangan
masofani to’la yugurib o’tishi lozim. 4. O’yinchi belgilangan masofani chopib o’tishdan bosh tortsa,
u ashula aytib berishi, o’ynab berishi yoki she’r o’qib berishi kerak.
Metodik ko’rsatmalar. Nafas olish yuzasidan tushunmovchilik chiqmasligi uchun
yuguradigan o’yinchi qo’ng’izning zuvillashiga o’xshab ovoz chiqarib chopishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |