|
mustaqilligi asoslari to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan
|
səhifə | 3/3 | tarix | 07.06.2023 | ölçüsü | 251,37 Kb. | | #126454 |
| 3slayt O‘zbekiston Respublikasi hkb (1)
mustaqilligi asoslari to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda: O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir; O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o’z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi; O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo’linmas bo’lib, uning xalqi o’z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o’zgartirilishi mumkin emas; - Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va
- hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, Respublikaning ma’naviy
- boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi,
- deb qonunlashtirilib, belgilab qo’yildi.
- O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 30
- sentyabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
- to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi.
- Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari
- «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi
- Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb
- belgilab qo’yildi.
- Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi.
- Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida
- yana bitta mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
- O’zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida
- chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo’lgan voqea sodir bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|