O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Qoraxoniylarda mulkchilik va harbiy tizim



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə42/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

4.Qoraxoniylarda mulkchilik va harbiy tizim.
XI - XII asrlarda yuz bergan siyosiy vokealar Movarounnahr iqtisodiy hayotida ham o‘zgarishlar keltirib chiqardi. Alohida mulklarning boshqaruvi, ma’muriy idoralar somoniylar davridagi tartiblarga muvofiq kelar va ijtimoiy mansab va martabalardagi farq katta emas edi. Ijtimoiy tuzumda mavqei ancha baland hisoblangan yirik zamindorlar - dehqonlar qatlami qoraxoniylar davrida o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. O‘rta Osiyo ko‘xna zodagon toifasining bunday ahvolga tushishiga asosiy sabab bu ko‘chmanchilik sharoitiga moslashgan el-uluslarning o‘troq aholi hududlarini ishg‘ol etishidir. Somoniylar zamonida mazkur sulola uchun xos markazlashgan davlat tuzumidan ko‘nikmagan aslzoda dehqonlar qoraxoniylarni ko‘llab- quvvatlagan edilar. Lekin yakka hokimlikka intilgan qoraxoniy hukmdorlar ham dehqonlarni quvg‘in qila boshladilar. Buning okibatida qadimiy zodagonlar vakillari o‘z ekinzorlari, uy-joylari, mulklari va boyliklaridan mahrum bo‘ldilar. Ularning er-mulklari koraxoniylar davlatiga ko‘rsatgan xizmati uchun iqto’ (arabcha - in’om) tarzida turli harbiy-ma’muriy amaldorlarga bo‘lib berila boshladi. Dehqon degan nom endilikda faqat oddiy qishloq ziroatkoriga nisbatan aytiladigan bo‘lib qoldi.
Qoraxoniylar davrida xoqonga tegishli davlat erlari, ikto’ er-mulklar, vaqf va jamoa mulklari asosiy er-mulklar hisoblanardi. Bu davrda yuz bergan iqtisodiy o‘zgarishlar jamiyatning ijtimoiy qatlamlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatning asosiy ijtimoiy qatlamlari sifatida quyidagi toifalarni ko‘rsatish mumkin:
- iloqxon - xoqon ul-xoqondan keyingi pog‘onada turuvchi amaldorlar toifasi. Ular xoqon xonadoniga mansub bo‘lib, viloyatlarning mulk egalari hisoblangan;
- ikto’dorlar - koraxoniylar davlatining tayanch qatlami. Asosan, harbiy-ma’muriy amaldorlardan tashkil topgan bu toifa vakillari o‘z martabalari va mol- mulkiga ko‘ra bir-birlaridan farq qilganlar;
- islom dinining peshvolari - imomlar, sayyidlar, shayxlar, sadrlar va boshqalar. Butun o‘rta asrlar davrida bo‘lganidek ulamolar bu davrda ham katta ijtimoiy mavqega ega edi;
- hokimlar, raislar, muxtasiblar va boshqa amaldorlar. O‘rta boshqaruv bo‘g‘inini tashkil qilgan bunday amaldorlar toifasi, barcha tarixiy davrlarda bo‘lganidek koraxoniylar davrida o‘z mavqelarini mustahkam saqlay olgan ijtimoiy qatlam edi;
- tariqchilar - ziroatkorlarning turkcha nomi. Ular qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtiruvchi asosiy ijtimoiy qatlam sanalardi;
- hunarmandlar - ichki va tashqi bozor uchun hamda saroy ehtiyojlari uchun turli xildagi xo‘jalik ahamiyatiga ega mahsulotlar tayyorlovchi mexnatkashlar qatlami;
- savdogarlar - savdo-sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan alohida ijtimoiy toifa hisoblanardi;
- kuchmanchi chorvadorlar - chorva mahsulotlari etishruvchi asosiy ijtimoiy qatlam. Bunday aholi toifalari shahar hayotidan yiroq bo‘lgan.
Qoraxoniylarda oddiy xalq - budun, soliq tulovchi fuqaro - ra’iyat deb atalgan. Qabila boshliqdari bek deyilgan. Savdogarlar sart deb atalgan. Qoraxoniylar davlatida hunarmandchilik (kulolchilik, tukuvchilik, shishapazlik, temirchiliqk, zargarlik ) va me’morchilik, s avdo-sotiq ancha taraqqiy etgan edi. SHuningdek, konchilik rivojlangan bo‘lib, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib olingan. Iloq tog‘laridan (CHotkol-Qo‘rama tog‘lari), Farg‘onadan va mamlakatning boshqa ko‘pgina joylairdan nodir toshlar, metall va polimetalar mavjud konlardan ancha intensiv foydalanilganligi ma’lum. SHaharsozlik rivojlanib, barcha jamoat inshootlari pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Bu davrda barpo etilgan va bizning davrimizgacha saqlanib qolgan Minora i Kalon, Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari, Raboti Malik me’moriy majmuasi qoraxoniylar davri me’morchilik an’analari va rivojidan dalolat beradi.
Huquq. Qoraxoniylar davrida ham shariat ahkomlari asosiy huquq manbai hisoblanardi Qoraxoniylar ko‘chmanchi qabila vakillari bo‘lganliklari uchun turkiy chorvadorlarga xos qadimiy tartib-koidalarga rioya etganliklari ham extimol qilinadi. Ibn al-Asir, YUsuf Bolosog‘uniy, Narshaxiy va Nizomulmulk asarlarida bayon qilingan voqealardan Movarounnahrdagi huquqiy munosabatlarni ham anglash mumkin. Biroq markazlashgan davlatning yo‘qligi bu munosabatlarda ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazardi. Lekin shunga qaramay islomga kirgan qoraxoniy hukmdorlar shariatga amal qilish bilan o‘z davlatlarini xuquqiy tartiblarini saqlay oldilar.
Qoraxoniylar davlatida saljuqiylarda bo‘lgani singari ikto’ masalasida ayrim konuniy cheklanishlar joriy etilgan. Iqto’ egasi o‘z mulkida ishlayotgan ziroatkorlardan qonunda belgilangan mikdordagi soliqdan boshqa ortaqcha mahsulot yoki xaq olishga huquq bo‘lmagan. Majburiy ravishda biror-bir mahsulot tortib olinsa, bunday vaziyatda iqto’ning ma’lum miqdori qirqib olingan yoki umuman tortib olingan.
Rai’iyatdan biror-bir shaxs amaldor yoki mansab sohibidan aziyat cheksa, bunday vaziyatda mazlum kishi davlat boshlig‘iga arz qilgan va shundan so‘ng zulm qilgan kishi o‘z jinoyatiga yarasha jazoga tortilgan. Sud ishlarini har bir viloyat yoki tuman uchun mas’ul qozilar amalga oshirganlar. Bu qoraxoniylar davri konunchiligida islom tartiblariga kattiq rioya etilganligidan dalolat beradi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin