O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Qoraxoniylar davlati siyosiy tizimi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə41/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

3.Qoraxoniylar davlati siyosiy tizimi
Qoraxoniylar davrida davlat boshqaruvi tartiblari somoniylar davri davlat boshqaruvi tizimidan tubdan farq qilmaydi. Saroy amaldorlarining nomlanishi va vazifalarida ham bu holatni ko‘rish mumkin. Mamlakat oliy hukmdor - xon yoki xoqon tomonidan boshqarilib, eng ulug‘ xon - qoraxon unvoniga ega bo‘lgan. Saroyda somoniylar davlatida bo‘lganideq vazir, sohibbarid, mustavfiy, hojib, rais (Muhtasib), bitikchi (Munshi), kotib (Mirza), qushchi (xokoga ovining tashkilotchisi) va boshqa mansablar bo‘lgan.
Qoraxoniylarda xoqonning taxti merosiy sanalgan taxt otadan o‘g‘ilga yoki akadan ukaga o‘tishi asosiy qoida sifatida belgilangan. Ma’muriy idoralar ikki qismga - dargoh va devonga bo‘lingan edi. Qoraxoniylarda ikki shahar - Qoshg‘ar va Bolasog‘un poytaxt sanalib, ulug‘ xon shu shaharlardan biridagi karorgoxda o‘tirib davlatni boshqarardi. Qoraxoniylar hukmdori “Tamgachxon” yoki arablardagi “sulton us-salotin”, forslardagi “shahan shoh” atamalariga muvofiq keladigan “xoqon ul-xoqon” degan nom bilan ham ulug‘langan. G‘arbiy qoraxoniylar davlatiga kirgan Movarounnahr hukmdorlari odatda Eloqxon (ularning ba’zilari o‘zlarini Tamgachxon deb ham ataganlar) yuritilar edi.
Qoraxoniylar davlatni ulus va viloyatlarga bo‘lib idora qildilar. Mamlakat endilikda markazlashgan davlat tizimidan alohida mulk boshqaruv tizimiga o‘tdch. El-yurt hokimlari “Eloqxon” deb yuritilar edi. Viloyatlar esa ma’lum siyosiy mavqega ega bo‘lib, ular ham xondan kichikroq unvonga ega iloqxonlar tomonidan boshqariladigan bo‘ldi. Ular faoliyati ulug‘ xon tomonidan tayinlanadigan maxsus amaldorlar - takin deb ataluvchi noiblar tomonidan nazorat qilib turilardi. SHu tariqa qoraxoniylar tomonidan Movarounnahrning ishg‘ol etilishi hududning siyosiy hayotida katta o‘zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Qoraxoniy hukmdorlar garchi bu davrda xali o‘troq hayotga ko‘chmagan bo‘lsalarda dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahamiyatini yaxshi anglar edilar. Bolosog‘un, Qoshg‘ar, Taroz, O‘zgan, Samarkand, Buxoro kabi shaharlar umumdavlat miqyosida ham katta ahami yatga ega hisoblanardi. SHaharlar shahar hokimi, raisi va muhtasiblari tomonidan boshqarilardi. Viloyat hokimlariga misdan chaqa tangalar zarb qilish huquqi berilgan bo‘lib, Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlarning orasida katta obru-e’tibor qozongan edi.
Qoraxoniylarga qarashli erlar Tamg‘achxon tomonidan o‘g‘illari va qarindoshlari o‘rtasida taqsimlangan. SHu bois er-mulk masalasida ota-o‘g‘il, amaki-jiyanlar hamda aka-uka va amakivachchalar o‘rtasida doimiy muammolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatib turardi.
Koraxoniylar davlatida imom, sayyid, shayh sadrlar kabi diniy ulamolarning ham mavqei kuchli edi. Qoraxoniylar mamlakatda o‘z hukmronligini mustaxkamlab olishga intilib musulmon ruxoniylari bilan yaqin va do‘stona munosabatlar o‘rnatadilar. Bu davrda din peshvolariga e’tibor kuchayib ularning obruyi xar qachongidan ham balandga ko‘tariladi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin