O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Xorazm va saljuqiylar davlatining o’zaro munosabatlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə49/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

2. Xorazm va saljuqiylar davlatining o’zaro munosabatlari
O‘z davrining mohir sarkardasi va yaxshigina diplomati bo‘lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib borishga harakat qilib Saljuqiylarning har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Otsiz birinchi marta Sulton Sanjarning itoatidan chiqib mustaqil harakat qildi va Saljuqiylarga tegishli bo‘lgan Sirdaryoning quyi oqimidagi erlarni Jandgacha (Kaspiy dengizi bo‘ylarigacha) bosib olib, Mang‘ishloq viloyatini ham o‘ziga bo‘ysundirdi. Bundan g‘azablangan Sulton Sanjar Otsizga qarshi yurish qilishga qaror qildi. CHunki o‘sha davr siyosatini yaxshi tushungan Sanjar, agar Otsizni buysundirmasa o‘ziga tobe bo‘lgan Qoraxoniylar va G‘aznaviylar ham isyon ko‘tarishini bilardi. SHuningdek u, o‘zining harbiy qudrati g‘oyat kuchli ekanligini ham bilardi. Bularni hisobga olib Sulton Sanjar 1138 yilning oktyabrda Otsizga qarshi Xorazmga qo‘shin tortdi va Xazorasp qal’asini qamal qildi. Sulton Sanjar Xorazmga jiyani Sulaymonshohni voliy qilib tayinladi. Ammo, ko‘p o‘tmay, 1139 yil fevralda Sulton Sanjar Marvga qaytgach, Otsiz o‘z qo‘shinlari bilan Xorazmga kelib Sulaymonshohni haydab yuborib qayta taxtni egalladi.
Aloviddin Otsiz Xorazmni mustaqil boshqarish maqsadida bir necha marta Sulton Sanjarga qarshi (1138, 1141-1142, 1147-1148 yy) isyonlar qilgan bo‘lsa-da, butunlay mustaqil bo‘lish unga nasib etmadi. SHunga qaramasdan, ko‘pchilik olimlarning e’tirof etishlaricha, u Xorazmni mustaqil davlat bo‘lishi uchun asos yarata oldi. YA’ni, Otsiz Anushtegin-Xorazmshohlar sulolasi nafaqat bir viloyat, balki ulkan mintaqada ham siyosat yurgizishi va dongdor siyosiy kuchlar bilan raqobatlasha olishi mumkinligini amalga ko‘rsata oldi. CHunki Otsizning asosiy maqsadi va siyosatining asosi Xorazmda o‘z hokimiyatini mustahkamlash edi. O‘zining uzoq yillik humronligi davrida (u 29 yil davlatni boshqargan) Otsiz Bag‘dod xalifalari bilan aloqalarini mustahkamlashga intilib, Sulton Sanjarga qarshi kurashda Bag‘dod xalifasini ittifoqchi qilishga ham harakat qilib ko‘rdi.
1156 yilda Otsiz qoqshol kasaliga uchrab vafot etadi va taxtga uning o‘g‘li Elarslon (1156-1172 yy) taxtga o‘tiradi. Elarslon otasiga qaraganda ancha qo‘lay vaziyatda taxtni boshqardi. CHunki 1157 yilda Sulton Sanjar vafot etganidan so‘ng Saljuqiylar davlati mayda viloyatlarga bo‘linib ketdi va Xorazmni mustaqil siyosat olib borishi chun keng yo‘l ochildi. Elarslon Xurosondagi Saljuqiylarning o‘zaro kurashlaridan foydalanib Kaspiy bo‘ylaridagi Dehistonni bosib oldi. SHuningdek u, otasi davrida Xorazmga bo‘ysundirilgan ko‘chmanchi turkman va qipchoq qabilalari yordamida Movarounnahrning ichki ishlariga ham tez-tez aralasha boshlaydi. 1158 yilda u katta qo‘shin bilan Movarounnahrga bostirib keldi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal bo‘lgan qoraxoniylar ko‘chmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib borayotgan edi. Elarslon qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib borilgan janglarida yordan beradi. Lekin qoraxitoylar qo‘shinlari yordamga etib kelishi bilan Elarslon Xorazmga qaytishga majbur bo‘ldi. U bir necha marotaba Xorazmga yurish qilgan bo‘lsa-da, muvaffaqiyatga erisha olmadi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin