O`zbekiston davlatchiligi tarixi


-mavzu: Mustaqil O`zbekiston davlatining tashkil topishi. (10 soat)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/76
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162350
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022

8-mavzu: Mustaqil O`zbekiston davlatining tashkil topishi. (10 soat)
Reja
1. O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali
tizimining shakllanishi va rivojlanib borishi.
2. O‘zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi. Konstitutsiyannng
qabul qilinishi.
3. Milliy davlat tizimining barpo qilinishi va boshqaruvda yangi samarali
usullarnnng qaror topishi.
4. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida Prezidentlik
instituti o‘rni va roli.
5. Davlat tomonida uzoq muddatli strategik maqsadlarni qabul qilinishi.
6. Davlat boshqaruv organlarini takomillashtirishdagi isloxotlar (2016-2020 yy).
7. Davlat boshqaruvidagi unvon va lavozimlar hamda ularning vazifalari.
8. O`zbekistonda so`ngi yillardagi saylov tizimidagi o`zgarishlar.
9. Mahalliy boshqaruvdagi isloxotlar.
10. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamisining tarkibi.
Adabiyotlar ro`yxati:
1. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Тошкент,
Ўзбекистон. 2012.
2. Давлат қурилиши ва бошқаруви. Муаллифлар жамоаси. Тошкент. Академия.
2007.
3. Худойбердиева В. Давлат бошқаруви органлари тизими ва маъурий
ислоҳатлар. Тошкент. 2005.
4. Рустамбоев М.Х. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси: президентлик
институти. Тошкент. ТДЮИ. 2002.
5. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Тошкент-Ўзбекистон. 2012.
6. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2003, 23-сон
7. Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Т.: Янги аср
авлоди, 2012


187
1.3 Seminar mashg`ulotidan keyslar to`plami
1-mаshg’ulоt.
Kirish. Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi
Kеysning аsоsiy mаqsаdi:
Tаlаbаlаrni tаriх fаnini chuqur аnglаshlаri hаmdа tаriхiy tаfаkkurlаrini kеngаytirishgа
yordаm bеrish, shuningdеk davlatchilik tushunchasi, davlatchilikning kelib chiqishi
to‘g‘risidagi
sivilizatsiyaviy
yondashuvlar,
davlatlar
paydo
bo‘lishining
ishlabchiqarish usuliga asoslangan “Sharq
yo‘li”, mulkchilikka asoslangan
“Yevropacha yo‘li”, davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalar hаqidа
tushunchа bеrish.
Kеys:
O’zbekiston davlatchiligi tarixining prеdmеti vа tаdqiqоt оb’еkti 1991 yil
31 avgustda O`zbekistonning davlat mustaqilligi qayta tiklanganligi e`lon qilindi.
Xuddi shu kuni jamiyatimiz xayotiga O`zbekiston davlati, O`zbek davlatchiligi
tushunchalari kirib keldi. To`g’ri, davlatchilik o`zbek xalqi tarixi uchun yangilik emas,
ammo 130 yillik mustamlaka davrida ayniqsa so’nggi bir necha avlod nazdida davlat,
davlatchilik tushunchalari unut bo`lgan edi. Chunki mazkur davrda davlatning o`zi
yo`qqa chiqarilgan edi. Demak, endigi sharoitda tarixchilar oldida turgan katta
vazifalardan biri to`g’ridan-to`g’ri O`zbekiston davlati tarixini, O`zbekiston
davlatchiligi tarixini ilmiy asosda o`rganishdan iborat.
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanning asosiy maqsad va vazifalari jumlasiga
quyidagi asosiy ustuvor yo`nalishlar kiradi:
– O`zbekistonda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va eng qadimgi
davlatchilikning kelib chiqishida azaliy o`troq aholining madaniyati xal qiluvchi omil
bo`lganini yoritish, miloddan avvalgi IX–VIII va VII–VI asrlarda ilk davlatchiligimiz
taraqqiyoti jarayonini chuqur va izchil tadqiq qilish;
– ahamoniylar bosqini, A. Makedonskiy va uning vorislari davrida qadimiy
davlatchiligimizni tiklash uchun kurashning mohiyatini ochib berish. Kushonlar
sulolasi davri tarixini O`zbekiston davlatchiligi tarixi sifatida talqin qilish. Buyuk ipak
yo`li, uning paydo bo`lishi, rivojlanish bosqichlari, uning vatanimiz tarixi
taraqqiyotida tutgan o`rnini ko`rsatib berish;
– ilk rivojlangan o`rta asrlarda o`zbek davlatchiligining barcha bosqichlari
tarixini yaxlit tizim sifatida o`rganish va uning jahon sivilizatsiyasi rivojlanishidagi
hissasini tadqiq qilish;
– XIV asr ikkinchi yarmi XI asrda markazlashgan o`zbek davlatchiligi
rivojlanishining uziga xos qonuniyatlari va xususiyatlarini, Amir Temurning jahon
tarixida tutgan o`rnini yoritish. Buyuk Boburiylar sulolasi davlatchilik tarixini ham
o`zbek davlatchilik tarixining bir qismi sifatida talqin etish;


188
– XVI-XIX asr birinchi yarmida o`zbek davlatchiligining o’ziga xos
xususiyatlarini, siyosiy tarqoqlik sharoitida boshqarish usullaridagi nuqsonlarni,
madaniyat, fan, san`at sohalaridagi tanazzul alomatlarini o`rganish;
– O`zbekiston xalqini Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sho’rolar
istidodi davridagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma`naviy ahvoliga xolisona baho berish;

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin