O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022
Jami 64 “O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu
fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan
to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini
tinglaydilar, mavzu buyicha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Auditoriyadan
tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uyga vazifa
sifatida berilgan mavzu bo‘yicha konspekt tayyorlaydilar. Bundan tashqari ayrim
mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar
tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting
tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni
mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash,
internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish,
ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy
maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini
chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi
tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash
esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Mustaqil ish uchun “O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani yuzasidan
ma’lumotlar bayon etilgan qo’shimcha adabiyotlar tavsiya etiladi. Mustaqil ish uchun
beriladigan vazifalar fakultativ va individual xarakterda bo’lib, talabalning maxsus
mutaxassisligiga bog’liq jarayonlarni yanada chuqurroq o’rganishga qaratiladi.
Mustaqil ish uchun belgilangan mavzularni talabalar mustaqil ravishda
ko’rsatilgan adabiyotlar yordamda o’zlashtirib joriy, oraliq nazorat shaklida yoki
darslardan tashqari vaqtlarda referat yoki muloqat tarzida topshiriladilar.
Talabalar mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan
holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Seminar mashg’ulotlarga tayyorgarlik;
213
Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
Tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismini o’zlashtirish;
Maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
Talabalar uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fan bo’limlari
va mavzulari chuqur o’rganish;
Faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;
Masofaviy ta’lim
Mustaqil ish uchun quyidagi mavzularda bajarish tavsiya etiladi:
1.“Avesto”ning O‘rta Osiyo viloyatlari qadimgi tarixi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy
hayoti va ma’naviy madaniyatini o‘rganishdagi muhim ahamiyati.
2.Ilk davlatlar davridagi iktisodiy va ijtimoiy tuzum; aholisi va xo‘jalik hayoti.
3.O‘rta Osiyo satrapliklarida boshqaruv tizimi (Axmoniylar hukmronligi
davridagi).
4.Kushon podsholigi davridagi boshqaruv tizimi.
5.Turk hoqonligi boshqaruv tizimi.
6.Arablar hukmronligi davridagi mahalliy boshqaruv tizimi.
7.Anushtegin-xorazmshohlar davlati boshqaruvi.
8.Buxoro amirligining ma’muriy bo‘linishi va mahalliy boshqaruv.
9.Vassal Xiva xonligida boshqaruv tartiblari.
10.Turkiston o‘lkasida harbiy-ma’muriy hokimiyat tizimining yuzaga kelishi.
11.Turkiston o‘lkasida harbiy-ma’muriy hokimiyat tizimining yuzaga kelishi.
12.O‘zbekistonda xuquqiy demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishda
mamlakatni modernizatsiyalashda amalga oshirilayotgan jarayonlar mohiyati.