234
O’quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Hozirgi kunla jahon siyosatida ro’y berayotgan keng qamrovli va murakkab
jarayonlarni to’liq anglab yetish uchun xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixiga
oid bilimlarga ega bo’lish zarur. Shu nuqtai nazardan taqdim etilayotgan fan qadimgi
davrdan to hozirgi kungacha xalqaro maydonda bo’lib o’tgan tarixiy voqealarni
batafsil ko’rib chiqishga yordam beradi. Unda xorijiy davlatlarning xalqaro
munosabatlar va diplomatiya sohasida bosib o’tgan ko’p asrlik yo’li aks ettirilgan.
Taqdim etilgan kurs tarixchi talabalarning nazariy - uslubiy saviyasini oshirishda
jahonda ro’y berayotgan tarixiy jarayonlarni chuqur o’rganishdagi asosiy konseptual
yondashuvlar bilan tanishishda katta ahamiyat kasb etadi. “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”da ko’rsatib o’tilgan talaba-yoshlarni tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda
mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat
yutuqlaridan va tajribasidan to’la bahramand bo’lish, umuminsoniy qadriyatlarni
anglab yetishga ko’maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo’lgan muammolarning
tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o’rganadi. Shuningdek,
“O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani haqidagi bilimlarni qaror toptirish mavjud ilmiy
adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini
o’rganish, fan bo’yicha to’plangan ilg’or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr,
talab va takliflari kabi masalalarni o’z ichiga qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: