5-mavzu.Eftalitlar davlati
Reja
1. Eftalitlar davlatining shakilanishi va uningrivojlanish tarixi.
2. Eftalitlar davrida Osiyoda ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar.
Tayanch so‘z va iboralar.
Eftaliylar, ichki va tashqi kurashlar, Kidar, “oq
xunlar”, Prokopiy Kesarskiy, Devori qiyomat, Kampirak, Rivdad, Kushoniya, Arqud,
“kamoni chochiy”, ma’muriy markaz, Zahariq, Darg‘om, “kadivar”lar, shahanshoh
Pero‘z, xalqaro savdo, buddaviylik, xristianlik, moniylik.
Ma’lumki so’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarni xulosalariga ko’ra
eftalitlar, ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari xususida tarixi manbalarda turli
xil qarashlar mavjud. (Ma’lumki xalqning etnik qatlami va etnik tarkibi deganda
bir_birdan muayyan darajada farqlanadi. Etnik qatlam degai xalqning shaklangan
hududi, makoniga tegishlidir.Xalqning etnik tarkibi deyilganda esa uning
shaklanishida qatnashgan qabila, urug’lar, elatlar va hattoki xalqlar nazarda tutiladi.)
Rim va Vizantiya tarixchilari Marqelin(IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofon
Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchisi Lazar Parbskiy (V asr), xitoy
solnomachilaridan Bye-Shi (VI asr) bergan ma’lumotlar shular jumlasidandir. Masalan,
eftalitlar xitoy manbalarida «i-da», «s-da», armanlarda idal, xeptal, arablarda
xaytal,suriya va lotin manbalarida eptal deb nomlanadi.
Rus va Vizantiya tarixchilarining ko’pchiligi eftalitlarni turki qabila-
massagetlarning so’ngi bo’g’inidan kelib chiqan deb fikr bildiradilar. «Avesto»da esa
tatlar nomi bilan eslatib o’tilgan. F. Vizantiskiy esa eftallar nomi bilan bog’laydi. Shu
narsa aniqki,eftalitlar Turkiston mintaqasida yashab kelgan turki qavmlardandir.
Eftalitlar hukumdori Vaxshunvar Eftalon 457 yilda Chog’aniyon (hozirgi Surxon
yerlari), Toxariston va Badaxashoni o’ziga bo’ysundiradi. So’ng ular So’g’dda ham
mustahkamlanib oladilar. Ko’p o’tmay eftalitlar Qobul Panjob vodiylarini,Kuchu
Qashqar va Xo’tanni (Sharq iy Turkiston)ni zabt etadilar. Shunday qilib, Kushonlar
sulolasi egallagan hududlarni to’liq qo’lga kiritib, o’z siyosiy hokimyatini yanada
mustaxkamlaydilar.
Eftalitlar o’zining g’arbiy-janubiy qo’shnisi bo’lgan kuchli raqib Eron
sosoniylarini ham o`zoq vaqtlar xiroj to’lashga majbur qilganlar (551 yillargacha).
VI asr boshlariga kelib eftalitlar sulolasi shu qadar kuchayib ketdiki, ular 502 yilda
Vizantiyaga yurish qilib 506 yilda sulh to`zilib, Vizantiyadan katta miqdorda o’lja olib
qaytganlar. Eron sosoniylarining hukmdori Perozni o’g’li Kovad, uning o’g’li Xusrav-
1 Anushervon ham 554 yilga qadar xiroj to’lab turgan. Keyinroq Turk xoqonligining
eftalitlarga bergan kuchli zarbasidan so’ng Eron eftalitlari ta’siridan xalos bo’lgan.
41
Ilk o’rta asrlardagi Xitoy manbalarida ta’kidlanishicha, eftalitlarni ko’chmanchi
qabilalar ekanligi, ularning yurtida shaxarlar yo’q desa,vizantiyaliklar muaarix
(tarixchi) Prokopiy Kesariyskiy esa «eftalitlar (saltanati) bir hukumdor orqali idora
etilib, o’z qonuniy (adolatli) davlatchiligiga egadir. O’zaro qo’shnilar bilan
munosabatda me’yorini saqlashda vizantiyaliklar va forsladan hech bir
qolishmaydilar».
Demak,eftalitlar davrida ham Kushonlar davridagi kabi saltanat yakka
hukumdor tomonidan boshqarilgan. Taxt, otadan bolaga qolmay, shu suloladan kim
loyiq deb topilsa, o’sha taxtga o’tirgan. Ana shu nomzodni aniqlab taqdim etadigan
qandaydir kengash ham mavjud bo’lgan. Bu kengash sulolaning mo’’tabar
nomoyondalari hamda saltanat arkonlaridan iborat bo’lgan bo’lishi extimoldan o`zoq
emas. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday ulka saltanatni boshqarishda, yuksak
darajada faoliyat ko’rsatish qiyin edi. Shuning uchun, Shimoliy Hindiston, Sharq iy
Turkiston hududlarida,shuningdek ba’zi bir viloyatlarida,boshqaruv eftalitlar nomidan
mahalliy xonadon (sulola) tomonidan olib borilgan. Shuningdek,markaziy hokimyat
noiblari orqali idora etish usuli ham bu vaqtda o’z ahamiyatini yo’qotmagan bo’lishi
kerak. Eftalitlar ulkan hududda boshqaruvni qo’lga kiritgach,obod dehqonchilik
voxalariga.rivvojlangan shaharlarga .savdo yo’llariga ega bo’ladilar. Eftalitlarni bir
qismi ko’chmanchi bo’lsa ikkinchi – kattaroq qismi shahar va qishloqlarda
yashaydigan o’troq aholi bo’lgan. Toxariston va So’g’da dexqonchilik bog’dorchilik
rivoj topgan. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g’alladan tashqari sholi ham
yetishtirilgan. Xitoy manbalarida qayd etilishicha V-VI asrlarda Sharq iy Turkiston va
O’rta Osiyo yerlarida ko’plab paxta ekilar edi. Bu paxtalar Xitoyda ham mashhur
bo’lgan. Tog’ va g’or oldi erlaridagi aholi yilqichilik bilan shug’ullangan. Farg’ona
vodiysida zotdor otlar ko’paytirilgan.
Eftalilar davrida asta - sekin yerga egalik qilish tartibida yangi munosabatlar
shaklanib bordi. Bu davrga kelib sinfiy tabaqalanishning keskin kuchayishi orqasida
ayrim mulkdorlarning mavqei ko’tarilib, ular jamosining oddiy a’zolarini o’z qo’l
ostiga kiritib mulklarini ular hisobiga kengaytirib borganlar. O’zining chek eridan
ajralib, bu xil mulkdor dehqonlar ta’siriga tushib, ularning yerlarida ishlashga majbur
bo’lgan kishilar kadivarlar,ya’ni ijaradorlar deb atalgan. Shuningdek, erkin jamoa
asosida dehqonchilik qiluvchi aholi – kashovarzlar ham mavjud edi. Shu tariqa,
kadivarlar boy dehqonlar foydasiga ma’lum to’lov va majburiyatlar asosida ishlab
berganlar. Bu davlatda hali patriarxal qulchilik munosabatlarining qoldiqlari ham
mavjud edi. Chunonchi, boy dehqonlar mulklarida juda ko’plab qullar bo’lganligi,
ulardan turli yumushlarda keng foydalanganligi tarixiy hujjatlarda tilga olinadi.
Aholi quyi tabaqalari huquqining poymol etilishi, ularning ayovsiz eksplatatsiya
qilinishi natijasida ijtimoiy adolat va haqqoniyat yo’lidagi xalq harakatlari
g’alayonlarning yo`zaga kelishiga sabab bo’ladi. VI asr birinchi choragida yo`z bergan
42
Mazdak qo’zg’oloni buni yaqqol ifodasidir. Mazdakchilar «Z harf» bilan
boshlanadigan 4 narsani aholi o’rtasida teng baham ko’rilishini yoqlab chiqqandilar:
zamin (er), zar (oltin boylik), zo’rlik (kuch-hokimiyat) va zan (xotin). Bunda
mazdakchilar g’oyalaridan shuni anglash mumkinki, ular ijtimoiy adolat tushunchasini
birinchi o’ringa qo’yib, bunda yer-mulk, boyliklarni aholi o’rtasida barobar
taqsimlashni o’rtaga tashladilar. Ular davlat hokimiyati tomonidan fuqarolarning
daxlsizligi va qonuniy huquqlarini himoya qilinishi, ayollar tengligini yoqlaganlar.
Biroq mazdakchilarni g’oyalarini amalga oshirish qiyin edi, chunki sinfiy tabaqalanish
kuchayib, mulkiy tengsizlik avj olayotgan edi. Shu bois mazdakchilar harakati
hukmron tizim tomonidan bostirildi. Ammo bu harakatning g’oyalari xalq orasida
saqlanib, adolat yo’lidagi kurashlarga xizmat qildi.
Eftalitlar davrida aholining bir qismi ko’chmanchi chorvadorlar, ular
chorvachilik, yilqichilik bilan shug’ullangan. Suv havzasi, daryo bo’ylariga yaqin
hududlarda dehqonchilik rivoj topib bordi. Jumladan, Xorazm, So’g’d, Chog’aniyon
va Toshkent vohasida dehqonchilik madaniyati salmoqli o’rin tutgan. Darg’om kanali
Eski Angor, Zang kanallari kabi suv inshootlari dehqonchilik tarmoqlarini
rivojlantirishga xizmat qilgan.
Bu davrda yangi tipdagi ko’rkam va gavjum shahar-qal’alar vujudga keldi.
Xorazmdagi Berkutqal’a, Bozorqal’a, Toshkentdagi Oqtepa shular jumlasidandir. Bu
qal’alarda bir necha oilalar yashagan bo’lib, qalin paxsa devorlari bilan o’ralgan.
Ularda hukmron tabaqalar uchun hashamatli bezakli ark-qasrlar qurilgan.
Eftalitlar poytaxti Poykand o’z davrining eng ko’rkam, obod shaharlaridan
sanalgan. Tadqiqotchilarning fikricha, VI-VII asrlarda Buxoro yaqinidagi Varaxsha
saroyi buxorxudotlarning qarorgohi bo’lgan. Bu yerlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq,
qurilish ishlari ancha irvojlangan, unda turli mamlakatlarning savdo karvonlari xilma
xil mollari bilan savdo qilganlar. Shaharda ko’plab bozorlaru rastalar, karvonsaroylar
mavjud bo’lgan. Mamlakatni savdo-sotiq ishlarida Eronning tanga pullari bilan bir
qatorda buxorxudotlar tangasi, so’g’diy va Xorazm tangalari ham keng muomalada
yurgan.
Eftalitlar, Eron, Hindiston, Xitoy va o`zoq Vizantiya davlatlari bilan ham
qizg’in savdo aloqalarida bo’lganki, bu esa ularga foyda, manfaat keltiribgina qolmay,
ayni chog’da ularni o’zaro yaqinlashuvlarida, tinchlikni saqlashda muhim rol o’ynagan.
Eftalitlar davrida madaniyatini rivojlanaganligini arxeologik topilmalar asosida
topilgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarini eslash kifoyadir. Masalan, Varaxsha
shahri obidalari, Termiz yaqinidagi Bolaliktepadan topilgan Saroy bezaklari
avlodlarimiz badiiy mahoratining yorqin dalilidir.
Bu davrda yozuv madaniyati ham rivoj topgan. Aholi o’rtasida keng tarqalgan
so’g’d yozuvi bilan birga Xorazm va Eftaliy yozuvlari ham qo’llanilgan.
43
Eftalitlarda kishilar turli dinlarga e’tiqod qilganlar. Eng keng tarqalgan din-
zardushtiylik bilan bir qatorda Budda dini ham rasm bo’lgan. Shu bilan birga mahalliy
aholi e’tiqod qilib kelgan. Vaxsh, Mitra, Anaxita, (quyosh) xudolariga ham
sig’inganlar. Sharq da qadimda nishonlab kelingan «Navro’z» va unga xos marosimlar
keng bayram qilingan.
Eftalitlarda bir necha aka-ukada bitta umumiy xotin bo’lgan. Hukmron taabaqa
vakillari esa ko’p xotinli odat hukm surgan. Xullas, eftalitlar jahon sivilizatsiyasiga
ulkan hissa qo’shganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
563 yillarda eftalitlarga qarshi ikki tomonlama hujum uyushtirildi. Ya’ni
shimoldan turkiylar, janubdan eron sosoniylarini xujumi natijasida eftalitlar inqirozga
yo`z tutadi, bu 562-567 yillarni o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |