130
Huquqbuzarlik uchun jazoning muqarrarligi,
har qanday huquqbuzarlik
ma’lum bir javobgarlik bilan bo‘g‘langanligi tabiiy hol. Lekin
ijtimoiy
ja vob garlikning barcha shakllari
ham doimo huquqiy javobgarlik bilan
ay nan bir xil emas.
Huquqiy normalarga asoslangan va davlat
majburlov normalari bilan
bog‘ liq bo‘lgan javobgarlik yuridik javobgarlikni tashkil qiladi va aynan
shu javobgarlikni o‘rganish huquqshunoslik fanining vazifalaridan biridir.
Y
uridik javobgarlikka asos
bo‘lib huquqbuzarlik, ya’ni
huquqiy
norma larni buzish hisoblanadi.
Nodir Matnazarov hamda Olim Bozorov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan)
Uchtepa tumani Lutfi y ko‘chasida joylashgan oshxona atrofi da 8
ming AQSH dollarini qonunga xilof ravishda 68.400.000 so‘mga
sotayotganida “qopqon”ga tushdi. Xorij valutasi bilan noqonuniy
savdo-sotiq qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Attang, bunday bo‘lishini bilmabman”, deya afsusda ular.
Aytish kerakki, huquqbuzurlar daromad olish maqsadida qonun
talablarini buzgan. Dollar oldi-sotdisidan
pul ishlab olaman
deganlarning savdosi “pishmadi”. Oqibati esa xunuk bo‘ldi.
Xorij valutasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan hujjat
rasmiylashtirildi. Ularning ikkalasi ham jazoga tortildi.
8 ming AQSH dollari esa davlat hisobiga o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Toshkent oqshomi, 2019- yil, №83
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Yuqoridagi parchalarda keltirilgan huquqbuzarliklar, ko‘rib
turganingizdek, har xil sohalarga taalluqli. Lekin, ayting-chi,
ularning qanday umumiy jihatlari bor?
2. Keltirilgan parchalardagi huquqbuzarliklar uchun qanday jazo
choralarini qo‘llash kerak deb o‘ylaysiz?
3. Bu jazo choralarini qo‘llash huquqbuzarlikni sodir etgan
shaxslarning kelgusida bunday xatti-harakatlar qilmasliklarining
oldini ola oladimi? Javobingizni asoslang
4. Parchalarda bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi jazoga loyiq
huquqbuzarlikka misol bormi? Javobingizni asos lang.
Dostları ilə paylaş: