18
Abu Ali ibn Sino mashhur qomusiy olim, tabib,
tibbiyotshunos, tabiatshunos, faylasuf, agronom,
tilshunos, matematik, musiqashunos, huquqshunos,
yozuvchi va shoirdir.
Ibn Sino jahonga “Shayx-ur-rais” (“Olimlar
rahbari”) nomi bilan ham tanilgan. Ibn Sino
huquqshunoslikka oid bir qancha g‘oyalar va
fi krlar muallifi dir. Uning jamiyat, fuqarolik, davlat
Abu Ali ibn Sino
(980 -1037)
boshqaruviga oid g‘oyalari, ayniqsa, qimmatlidir.
Ibn Sino ilmiy-adabiy merosini 450 dan ortiq asarlar tashkil etadi.
Shulardan 160 taga yaqini bizgacha yetib kelgan.
1.
Jamiyatga berilgan quyidagi uchta ta’rifni o‘qing va:
1) ular o‘rtasidagi farqlarni toping;
2) ulardagi umumiy jihatlarni ifodalang;
3)
nima uchun jamiyatga uch xil tarzda ta’rif berilgan deb o‘ylaysiz?
A) Jamiyat — ma’lum hududda yashovchi o‘z
manfaatlarini birgalikda
himo ya qilish va ehtiyojlarini birgalikda qondirish uchun birlashgan
kishi larning jamoasi.
B) Jamiyat — mavqei, ijtimoiy kelib chiqishi va qiziqishlariga ko‘ra
bir lashgan kishilar doirasi.
D) Jamiyat — biror bir maqsad yo‘lida doimiy harakatdagi tashkilot.
2.
Quyida qayd etilgan elementlardan
qay si lari qatnashmasa ham, jamiyat tashkil
topi shi mumkin?
– Xalq, iqtisod, madaniyat, davlat, g‘oya,
huquq, qonun.
Javobingizni asoslang. Bunda jamiyatga
beril gan har xil ta’rifl arga murojaat qiling.
Rasmdagi odamlar guruhini jamiyat deb
atasak bo‘ladimi? Nima uchun?
http:eduportal.uz