137
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
137
137
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati 2018- yil 5- aprelda
qabul qilingan “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonun asosida
faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
quyidagi vazifalarni
amalga oshiradi:
- mamlakat davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qilish. Bu sohadagi qonunbuzarliklarning oldini olish,
aniqlash va barham berish. Bu borada razvedka va kontrrazvedka faoliyatini
amalga
oshirish;
- mamlakat davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish;
- davlat xavfsizligiga va manfaatlariga tahdid solishi mumkin bo‘lgan
millatlararo irqiy va diniy adovatga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan
buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, aniqlash va barham berish;
-
terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik kabi illatlarning oldini
olish, aniqlash va barham berish;
- qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari
va psixotrop moddalarning
noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;
- davlat siri bilan bog‘liq joylarda bu sirlarning saqlanishi, maxsus aloqa
hamda axborot xavfsizligini ta’minlash ustidan
nazoratni amalga oshirish;
- davlat manfaatlari va xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkin
bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurash olib borish;
- iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, tarixiy-madaniy, ma’naviy
sohalarda davlat manfaatlari va xavfsizligi bilan bog‘liq hamda o‘z
vakolatlari doirasida bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
davlat boshqaruvi organi bo‘lib, soliq sohasidagi qonun
xujjatlariga
rioya qilinishini, davlatning iqtisodiy
manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash
bo‘yicha nazoratni yo‘lga qo‘yish uning asosiy faoliyat
maqsadlaridandir.
Davlat soliq qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
- soliq sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Dostları ilə paylaş: