Hakam: О‘yin Qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi



Yüklə 22,23 Kb.
tarix17.12.2022
ölçüsü22,23 Kb.
#75911
Hakamning huquqi va majburiyatlari


Hakamning huquqi va majburiyatlari.
Hakam:
О‘yin Qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi.
Matchning borishini о‘z yordamchilari bilan nazorat qiladi.
Foydalaniladigan har kanday to’pni 2 Qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi.
О‘yinchilar kiyimi 4 Qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi.
О‘yin xronometrajini va matchni yozib boradi.
U о‘z ixtiyoriga kо‘ra о‘yinni tо‘xtatishi vaqtinchalik tо‘xtatishi yoki har qanday qoida buzilishida о‘yinni umuman tо‘xtatib qо‘yishi mumkin.
Tо‘xtatishi, vaqtinchalik tо‘xtatishi yoki har qanday chetdan bо‘lgan aralashuvga matchni umuman tо‘xtatib qо‘yish mumkin.
Matchni tо‘xtatadi, agar uning fikricha о‘yinchi jiddiy jaroxat olgan va о‘yinchini maydondan olib chiqilishini ta’minlaydi.
Agar uning fikricha о‘yinchi unchalik ahamiyatga ega bо‘lmagan jaroxat olgan bо‘lsa tо‘p о‘yindan chiqmaguncha о‘yinni davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin.
О‘yinchidan qon oqayotgan bо‘lsa, uning maydondan chiqishini ta’minlaydi.Xakam qon oqishining tо‘xtaganiga ishonch xosil qilib, signal berganidan sо‘ng о‘yinchi maydonga qaytishi mumkin.
Qachonki о‘yinchi birdaniga bir nechta qoida buzilishiga yо‘l qо‘ysa, uni muhimrok ( og‘irroq ) bо‘lgan qoida buzilishi uchun jazolaydi.
Ogoxlantirishi yoki chiqarib yuborish bilan jazolanadigan qoida buzilishlariga yо‘l qо‘ygan о‘yinchilarga nisbatan intizom choralarini qabo’l qiladi. U bunday choralarni tez qabo’l qilishga majbur emas, lekin tо‘p о‘yindan chiqqan zaxotiyoq qabo’l qilishi keark.
О‘zlarini tarbiyali, madaniyatli tutmagan jamoa rasmiy kishilarga nisbatan chora qabo’l qiladi va о‘z ixtiyoriga kо‘ra maydondan ( texnik zonadan ) chiqarib yuborishi mumkin.
Xakam о‘zi kо‘rmay qolgan xolatlar bо‘yicha о‘z yordamchilari tavsiyasiga asoslanib harakat qiladi.
Begona shaxslar maydonda bо‘lmasliklarini ta’minlaydi.
Match vaqtinchalik tuxtatilgandan keyin uni yangilaydi.
Match davomida о‘yinchilarga yoki jamoaning rasmiy shaxslariga nisbatan qо‘llanilgan intizom choralari va har xil matchdan oldin, match davomida yoki matchdan sо‘ng yuz bergan xolatlar bо‘yicha tegishli tashqilotga bildirishnoma beradi.
Hakam qarori.
О‘yinga bog‘liq voqealar bо‘yicha xakam qarori qat’iy hisoblanadi. Hakam о‘z qarorini faqat shunday xolatlarda о‘zgartirishi mumkin, agar u qarorini xato ekanligini yoki yordamchilari tavsiyasi bilan tushunib yetsa, lekin shu shart bilanki u xali о‘yinni yangilamagan bо‘lsa
Hakam yordamchilari.
Majburiyati.
Ikkita hakam yordamchisi tayinlanadi va ularning vazifasiga ( hakam qaroriga bog‘liq ) signal berish kiradi:?
Qachonki tо‘p maydon chizig‘idan tashqariga tо‘liq chiqsa.
Qaysi jamoa burchak tо‘pi, darvozadan zarba yoki tо‘p tashlash xuquqiga ega.
Qachon о‘yinchi о‘yindan tashqari xolatda bо‘lganligi uchun jazolanadi.
Qachonki о‘yinchi almashtirish tо‘g‘risida iltimos bo’lsa.
Hakam kо‘rish maydonidan tashqarisida yuz bergan intizomsiz xulk yoki boshqa har qanday xolatlar bо‘yicha.
Qachonki qoida buzilishi sodir etilganda bosh hakamdan kо‘ra shu joyga hakam yordamchilari yaqin bо‘lgan xolatlarda ( qisman jarima maydonida yuz bergan qoida buzilishlari ham kiradi.)
Shunday hollarda ya’ni qachonki 11m jarima tо‘pi bajarilayotganda darvozabon tо‘pga zarba berilishidan oldin joyidan oldinga siljisa, tо‘p esa chiziqni kesib о‘tsa.
Yordam.
Yordamchilar hakamga matchni о‘yin qoidasiga mos utkazilishiga yordam beradilar. Yordamchilar 9,15m masofasiga rioya qilishiga yordam berish uchun maydon doirasiga kirish mumkin .
Hakam о‘z yordamchisini asoslanmagan aralashuv yoki qupol muomala holatlarida vazifasidan ozod qiladi va tegishli tashqilotga bildirishnoma beradi.
Match davomiyligi.
О‘yin vaqti.
О‘yin 45 minutdan 2 taym davom etadi. (agar hakam va ikki jamoa vakillari boshqa variantni kelishmagan bо‘lsa) Har qanday о‘yin vaqtini о‘zgartirish tо‘g‘risidagi kelishuvga ( masalan yorug‘likning yetishmasligi sababli har qaysi taymning 40 minutgacha qisqartirilishi ) о‘yin boshlangunga qadar erishilgan bо‘lishi kerak va bu holat musobaka talablariga javob berishi kerak.
Taymlar oralig‘idagi tanaffus
О‘yinchilar 2 taym oralig‘ida tanaffus olishlariga xaqlari bor. Taym oralig‘idagi tanafus 15 minutdan oshmasligi kerak. Musobaqa tartibida taymlar oralig‘idagi tanafus vaqti kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak. Taymlar orasidagi tanaffusning davomiyligi faqat hakamning roziligi bilan о‘zgartirilishi mumkin.
Qushib berilgan vaqt.
Quydagi xolatlarga ketgan vaqt ikki taymning har qaysisiga qо‘shib beriladi.
О‘yinchilarni almashtirishga.
О‘yinchining jaroxatini jiddiyligini aniqlashga.
Jaroxatlangan о‘yinchilarga tibbiy yordam kо‘rsatish uchun ularni maydon tashqarisiga olib chiqishga.
Qasddan о‘yin vaqtini chuzish
Boshqa har qanday xolatlarda. Qо‘shib berilgan vaqtning davomiyligini faqat hakam aniqlaydi.
11- Metrlik tо‘p.
Har qaysi ikki taymning asosiy vaqtning oxirgi daqiqasida yoki qо‘shib berilgan vaqtning oxirgi daqiqasida belgilangan 11 metrlik jarima tо‘pi uchun aloxida vaqt ajratiladi.
Oxirigacha о‘ynalmagan match.
Agar musobaqa nizomida boshqacha holatlar bо‘lmasa oxirigacha о‘ynalmagan match qayta о‘ynaladi.
О‘yin boshlanishi va yangilanishi.
Dastlabki shartlar.
Match boshlanishidan oldin qur’a tashlash о‘tkaziladi va jamoalardan biri darvozani tanlash huquqini oladi.
Qarshi jamoa matchda boshlang‘ich zarbani bajaradi.
Qur’a tashlash tufayli darvozani tanlagan jamoa, ikkinchi taymda boshlang‘ich zarbani bajaradi.
Matchni ikkinchi taymida jamoalar darvoza almashadilar.
Boshlang‘ich zarbani bajarish holatlari.
1.Hamma о‘yinchilar о‘z maydonida bо‘lishlari kerak.
2.Boshlang‘ich zarbani bajarish xuquqini qо‘lga kirita olmagan jamoa о‘yinchilari tо‘p о‘yinga kiritilmaguncha tо‘pdan 9,15m masofa uzoqlikda turishlari kerak.
3.Tо‘p harakatsiz xolatda maydon markazida turadi.
4.Hakam signal beradi.
5.Tо‘pga zarba berilib tо‘p oldinga harakatlangandan sо‘ng tо‘p о‘yinda hisoblanadi.
6.Boshlang‘ich zarbani bajargan о‘yinchi tо‘p boshqa о‘yinchiga tegmaguncha ikkinchi marta tegishga xaqqi yо‘k.
Jamoalardan biri gol urgandan sо‘ng boshlang‘ich zarba boshqa jamoa о‘yinchisi tomonidan bajariladi.
Qoida buzilishi va jazo.
Agar boshlang‘ich zarbani bajargan о‘yinchi tо‘pga boshqa bir о‘yinchi tegmasidan oldin ikkinchi marta tegsa .
Qoida buzilgan joydan raqib jamoa о‘yinchisiga erkin tо‘p tepish xuquqi beriladi.
Har qanday boshlang‘ich zarba bajarish tartibi buzilganda:
boshlang‘ich zarba qaytariladi.
Yüklə 22,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin