Metodik tavsiyasi



Yüklə 9,97 Mb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü9,97 Mb.
#162036
  1   2
Tenglamalar 5 metodik tabsiya



"MATEMATIKA TA'LIMIDA 5-SINFLARDA TENGLAMALAR MAVZUSINI O'QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH"
mavzusidagi
METODIK TAVSIYASI

Taqriz.
Matematika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni taminlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Kompyuter texnikalarini ta'lim muassasalariga tatbiq etish, o'qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo'l ochib beradi. Keyingi o'n yillikda matematika fanini o'qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo'nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o'rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o'yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.Quyidagi metodik tavsiyada shu xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Matematika o'qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo'nalishi ayrim o'quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o'qitishning boshqa usullari qo'llanganda tasavvur qilish, ko'z oldiga keltirilishi qiyin bo'lgan materiallarni tushunarlibo'lishini taminlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o'quvchilarga ma'lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko'rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o'rganish va o'quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo'ladilar.


Ko'p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o'z kasbi bilan bir vaqtda ma'lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo'lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin. Matematika fanlarini o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni taminlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Kompyuter texnikalarini ta'lim muassasalariga tatbiq etish, o'qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo'l ochib beradi. Keyingi o'n yillikda matematika fanini o'qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo'nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o'rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o'yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi. Matematika o'qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo'nalishi ayrim o'quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o'qitishning boshqa usullari qo'llanganda tasavvur qilish, ko'z oldiga keltirilishi qiyin bo'lgan materiallarni tushunarli bo'lishini taminlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o'quvchilarga malumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko'rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o'rganish va o'quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo'ladilar.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo'ljallangan bo'lsada. Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo'yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi. Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish, jadvaldagi qiymatlar bo'yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin. Exceldagi avtomatik to'ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi.
Dastavval 5 -sinflar uchun tenglamalar mavzusini o'tish yuzasidan metodik tavsiyalar keltiramiz.
O'tilgan mavzuni so'rashda slaydli tasvirlardan foydalanamiz.

Yangi mavzuni ham slayd orqali tushuntiramiz.
Mavzuni tushuntirish jarayonida o'zaro hayotiy misollar bilan bog'lagan holda, tabiiy hodisa, jarayonlarni kuzatishga va shular asosida o'quvchilarni darsga jalb qilgan holda to'liq tushuntirib berishi lozim. (masalan, o'lchov birliklari mavzusi bo'lsa, kundalik hayotda uchraydigan mahsulotlar bilan tushuntirish ya'ni amaliyot bilan bog'lash 1 litr sut, 2 kg shakar va h.k.)
Mavzudan kelib chiqqan holda mavjud bo'lgan turli o'quv va multfilmlardan, testlardan (testlar ham 2 xil ko'rinishda bo'ladi ochiq test va yopiq testlar) foydalanish, mavzuga oid turli jihozlardan unumli foydalanish;
O'quvchilar olgan bilimlarini albatta amaliyot bilan bog'lagan holda va o'quvchilarni darsga jalb qilib darslarni tashkil etishlari talab qilinadi.




Mavzu tushuntirilgach mavzuni mustahkamlash uchun turli tenglamalar beriladi.O'quvchilar slayd orqali tenglamalarni yechishlari zarur.Slayd tarqatma shaklida tarqatilishu ham mumkin.
Dastlab bir necha tenglamalar yechilishi bilan ko'rsatiladi.



So'ngra mustaqil yechish uchun tenglamalar beriladi.




Shuningdek mavzuni mustahkamlashda quyidagi metodlardan ham foydalanish mumkin.



Yüklə 9,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin