Metodik tavsiyasi



Yüklə 9,97 Mb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü9,97 Mb.
#162036
1   2
Tenglamalar 5 metodik tabsiya

O'yin texnologiyasi: Har bir ishtirokchi biror-bir mavzu yuzasidan bittadan muammoli savol tuza olishi kerak. Savollar yozilgan qog'ozlarni o'qituvchiga topshiradilar, sinf o'quvchilari ikki guruhga bo'linadi. Boshqaruvchi qo'llarni sanab, har biriga 1 balldan qo'yadi. Har bir savolga bir o'quvchidan javob so'raladi. Agar javob noto'g'ri bo'lsa o'sha guruhdan bir ball olib tashlanadi, qaysi guruh ko'p ball to'plasa, o'sha guruh g'olib bo'ladi.


«Besh daqiqa» o'yini. Bu o'yinni matematika darsida xohlagan mavzuni o'qitishda qo'llash mumkin. O'quvchilarni stol atrofida shunday joylashtirish kerakki, bir-birining nima yozayotganligini ko'rmasin. O'yinni o'qituvchi yoki a‘lochi o'quvchi boshqarib borishi mumkin. U vazifani tanlaydi. O'quvchi besh daqiqa ichida topshirilgan topshiriqni bajaradi. O'quvchilar yozishni bir vaqtda tugatishi shart. Masalan, kim ko'p matematik formula yozish vazifasi bo'lsa eng ko'p yozgan va uni izohlab bergan o'quvchi g'olib hisoblanadi.

«Nimaga? va nima uchun?» o'yini. Bu o'yinni barcha umumta‘lim fanlarining barcha mavzularini o'rganish jarayonida qo'llash mumkin. Jumladan, matematika fanida ham mavzularni o'rganishda qo'llasak bo'ladi, bu o'yinda o'qituvchi bir xil hajmdagi karton qog'ozlarga bittadan qirqtagacha aniq savollar yozib chiqadi. Savollar «nimaga va nima uchun?» tamoyiliga moslab yoziladi.Usulni qo'llashdan oldin barcha varaqalar yig'ib olinib, aralashtiriladi va teskari qilib qo'yib chiqiladi. O'quvchilar birin-ketin varaqa tortib, savolga javob beradilar. Agar savolga javob bo'lmasa, o'quvchi uni qaytib joyiga qo'yadi. Savolga to'g'ri javob bergan o'quvchi varaqani o'zida saqlab qoladi. Eng ko'p varaqa to'plagan o'quvchi g'olib hisoblanadi



4.Impuls – plakat
Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.
Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qo`llayman», «Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men.... erishdim», «Men ..... to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo`ldi», «Menga .....yoqdi».
Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
Taxminan 15 daqiqadan so`ng plakatlar ilib ko`yiladi. Fikrlar eshittirib o`qiladi, kerak bo`lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o`z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo`lib qolishni o`zlari hal qiladilar.
Xulosa qilib aytganda, matematika darslarida interfaol metodlardan samarali foydalanish o'quv materialini o'zlashtirishni osonlashtiradi. O'quvchilar matematika fanini puxta o'zlashtirishi uchun pedagog mustaqil yo'naltira oladigan materiallardan samarali foydalanishi, darsni qiziqarli o'tishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Axmedov M,Abduraxmonova N,Jumayev M. Matematika.O'qituvchi kitobi.-Toshkent-2003.
Abduhamidov A., Nasimov H., Nosirov U., Husanov J. Algebra va matematik analiz asoslari. 1-qism. - T.: O'qituvchi, 2008.
Hojiyev A., Faynleyb A. Algebra va sonlar nazariyasi. - T.: O'zbekiston, 2001.
Yüklə 9,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin