O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari



Yüklə 9,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/165
tarix24.09.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#147967
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165
o\'zbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

 Shavkat Mirziyoyev
Fuqarolik qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari
Jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va 
majburiyatlari
Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari
Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari
http:eduportal.uz


154
Fuqarolik qonunchiligida voyaga 
yetmaganlarning huquqlari
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Rasmlardagi insonlarning yoshlarini taxminan aniqlang. 
2. Ularning huquqiy maqomlari bo‘yicha guruhlay olasizmi (ya’ni 
huquqlari bir-biriga o‘xshashlarini bitta guruh qilib)? 
3. Ajratgan guruhlaringizdagi odamlarning huquqlari orasida qanday 
farqlar bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz? Javobingizni asoslang. 
4. Qilgan nojo‘ya xatti-harakatlari uchun ularning javobgarligida ham 
farq bo‘lishi mumkinmi? 
5. Mamlakatimizda inson necha yoshdan boshlab voyaga yetgan deb 
hisoblanishini bilasizmi? 
27- mavzu
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
http:eduportal.uz


155
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
155
155
Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi 
va vafot etishi bilan tugaydi.
Fuqaroning muomala layoqati esa fuqaroning o‘z harakatlari bilan 
fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun 
fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati bo‘lib, 
bu layoqat fuqaro voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la 
hajmda vujudga keladi.
Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, 
shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin unga zid 
bo‘lmagan shart no ma lar va boshqa bitimlardan;
2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi si-
fatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari hujjatlaridan;
3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
4) qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellek-
tual faoliyat natijasida;

Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin