SHAXS, JAMIYAT VA DAVLAT Ijodiy faoliyat http:eduportal.uz
14 Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar 2. Har bir davrdagi o‘zingizning imkoniyatlaringizni baholab yozib chiqing. Har bir davrda siz shaxs deb atalishga qay darajada loyiq bo‘lgansiz? 3. Sizning barkamol shaxs deb atalishingiz uchun sizga nimalar yetishmayapti? 4. Kelajak hayotingizni davrlarga bo‘lib chiqing: a)maktab davringiz; b)maktabdan keyingi ta'lim davringiz (kollej, Oliy o‘quv yurti va h.k.); d)mehnat davringiz; e)qarilik davringiz. 5. Bu davrlar bo‘yicha ham xuddi yuqoridagidek tahlil va baholashni yozma ravishda amalga oshiring. 6. Siz qachon o‘zingizni yetuk shaxs deb hisoblay olasiz? 7. Bu yetuklikka erishishingiz uchun qaysi davrda nimalar qilishingiz lozim bo‘ladi? 8. Faoliyat natijasini sinfdoshlaringizniki bilan solishtiring. 1. Odamning uni boshqa tirik mavjudotlardan farqlantirib turuvchi
jihatlarini sanab bering.
2. His-hayajon va ehtiyojlar inson hayotida qanday o‘rin tutadi?
3. Inson shaxs sifatida shakllanishiga qanday omillar ta’sir qiladi?
4. Shaxs uchun qadriyatlarning qanday ahamiyati bor?
5. Shaxs uchun e’tiborli bo‘lgan qadriyatlarga misollar keltiring.
6. Shaxsning shakllanishida davlatning qanday ahamiyati bor?
7. Davlatimiz yosh avlodning yetuk shaxslar bo‘lib kamol topishi uchun
qanday imkoniyatlar yaratmoqda? Bu imkoniyatlarga misollar keltiring.
8. O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan
olamshumul islohotlarning markazida inson, uning manfaatlari, yosh
avlodni yetuk shaxslar qilib kamolga yetkazish qo‘yilganligi sizni,
sizning tengdoshlaringizni nimaga undaydi?
9. Inson kapitalining insonning shaxsga aylanishidagi ahamiyatini
tushuntiring.
10. Qanday tarixiy zotlarni "buyuk shaxslar" deb atashimiz mumkin? Siz
bunday zotlardan kimlarning nomlarini aytib bera olasiz?
http:eduportal.uz