31
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
31
31
Monarxiya
– oliy hokimiyat yakka hokim – davlat boshlig‘ining qo‘lida
bo‘l gan davlat boshqaruv shakli. Bunda hokimiyat aksariyat hollarda yak-
ka-hokim (monarx)ning farzandlariga, ayrim hollarda esa yakka-hokimning
qaroriga ko‘ra boshqa shaxsga meros bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston hududida tarixda mavjud bo‘lgan monarxiya boshqaruviga
misol qilib Temuriylar davri davlatchiligini keltirish mumkin.
Buyuk Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davri davlat boshqaruvi
va huquq ning rivojlanishida yangi davr bo‘lgan. Amir Temur davlat bosh-
qa ruvi soha sida o‘tmishda mavjud bo‘lgan siyosiy boshqaruv tajribalaridan
keng foy dalana olgan. Uning tarixdagi xizmati shundan iboratki, u dav lat-
chi likning boshqaruv tizi mi, ichki va tashqi siyosatining tartib-qoidalari,
hu qu qiy asoslarini yangi tarixiy sharo itda takomillashtirdi. Davlat bosh-
qa ruvi tizimi islom qonun-qoidalariga asos langan. Qozilar shaxsan Amir
Te murning o‘ziga hisobot berib turgan. Temur qat’iy tartiblar va qonunlarni
o‘z tuzuklarida ifodalagan.
Monarxiyaning asosiy
belgilari
quyidagilardan iborat:
1) monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat
bosh lig‘i sifatida maydonga chiqadi;
2) monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi;
3) monarx hokimiyati muqaddas va ilohiy deb e’lon qilinadi;
4) monarx o‘z faoliyatida mustaqildir;
5) hokimiyatni o‘rnatish, qabul qilishning alohida tartibi mavjud;
6) umrbod boshqaruv;
Dostları ilə paylaş: