32
7) monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar
emas.
Monarxiya
mutlaq
va
cheklangan (yoki parlamentar)
shakllarda bo‘ladi.
Agar monarx o‘z davlatini boshqarishda uning
boshqaruvi boshqa biron
bir idora bilan cheklanmasa, bunday monarxiya
mutlaq monarxiya
deyiladi.
Agar monarxning hukmronligi konstitutsiyaga tayanuvchi biron-bir idora
bilan cheklangan bo‘lsa, bunday monarxiya
cheklangan, konstitutsiyaviy,
par lament boshqaruvi shaklidagi monarxiya
bo‘ladi (masalan, Buyuk
Bri taniya, Daniya,
Norvegiya, Shvetsiya).
Respublika
davlat boshqaruvining shunday shakliki, unda hokimiyat
oliy idoralari ma’lum muddatga saylanadi.
Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo‘lgan
davlat ning asosiy
belgilari quyidagilardan iborat:
♦
hokimiyat oliy idoralarining saylab qo‘yilishi;
♦
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;
♦
hokimiyat oliy idoralarining o‘z qarorlarini saylangan muddati
davomida
qabul qilishi;
♦
odil sudlovni amalga oshiruvchi idora bo‘lgan sudlar obro‘sining
ortishi;
♦
fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.
Dostları ilə paylaş: