Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funksiyalari).
Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari uning vazifalarini belgilab ber adi. Yani, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi.
Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida kozga tashlanadi.
Bu - falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Yani, inson, oz ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi.
Inson narsa-hodisalarga baho ber ar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti yani ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning ozi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga yer ishishning usullari, vositalari, amaliy yonalishlari belgilanadi.
Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funksiyalari).
Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli Dunyoqarash yonalishlarini milliy va umuminsoniy goyalar atrofida uygunlashtirishi bilan xarakter lanadi. Turli manfaatlar bilan bogliq bolgani bois Dunyoqarashlar ortasida muayyan ziddiyatlar roy ber ishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi.
Falsafiy dunyoqarash , oz mohiyatiga kora, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini korsatish imkoniyatiga ega bolganligi uchun ham xalqni muayyan goya atrofida birlashtiradi.
Masalan, tarixga nazar tashlaydigan bolsak, muayyan davrlarda falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan bogliq bolganligini, millat kelajagini belgilaydigan ozodlik goyasi atrofida kishilarni birlashtirganini ko’ramiz.