[23]
4.
Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib,
uning rivojiga
nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir
ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar
ham uning rivojlanishida muhim rol uynaydi.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari.
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi,
uning jismida harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o’zini
idora qilish va o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la boshlaydi. Bu
yoshdagi o’g’il bolalarda mustaqil faoliyat ko’rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi
hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo’yi 120
sm
ga yetadi, og’irligi 22-24 kg bo’ladi.
Bu yoshda bola chiniqadi,
qiziquvchan
bo’ladi, o’z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal
rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigienik malakalar
shakllana boradi.
Dostları ilə paylaş: