“Raqamni o'zgartirish” xizmatiga qo'shimcha ravishda Mijoz “Alohida toifadan raqam tanlash”
xizmatini xarid qilishi mumkin. “Alohida toifadan raqam tanlash” xizmati
Mijozga Provayderning
xizmat ko'rsatish paytida bo'sh bo'lgan raqamlar resursidan ma'lum mezonlarga mos bo'lgan
Abonent raqamini tanlash imkonini beradi.
Abonent raqami mezonlari va tegishli Xizmat narxi
jadvalda
ko'rsatilgan.
“Alohida toifadan raqam tanlash” xizmatiga buyurtma berishda “Raqamni o'zgartirish”
xizmatining narxi 0 so'mni tashkil qiladi. Xizmatga oldindan buyurtmani
shakllantirish orqali
(Shartnoma tuzish paytigacha), shuningdek Ilovada Shartnomaning amal qilish muddati
davomida istalgan payt buyurtma berish mumkin.
1. Provayderga oldindan berilgan buyurtma raqami yoki QR-kodni taqdim etgan holda buyurtma
berish mumkin.
Mijozlardan test davri mobaynida buyurtma amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 7 kun ichida
xizmatni taqdim etishda to'lov undirilmaydi.
Test davri davomida Mijoz xizmatni belgilangan narx evaziga ulash maqsadini
Mobil ilovada
tasdiqlab, Shaxsiy hisobvarag'iga zarur bo'lgan mablag'ni kiritishi yoki xizmatdan bosh tortishi
kerak. Xizmatni ulash maqsadini faqat Provayderning Mobil ilovasi orqali tasdiqlash mumkin,
tasdiqlashning alternativ usullari mavjud emas. Agar
Mijoz xizmatdan bosh tortsa, Mijozga
shartnoma tuzishda unga ajratilgan Abonent raqamidan foydalangan holda xizmat ko'rsatishda
davom etiladi. O'tish test davri tugagan sanadan boshlab ikki hafta ichida amalga oshiriladi. Test
davrining amal qilish muddati xizmat ulangan paytdan, xizmatdan voz
kechilganida esa voz
kechilgan vaqtdan boshlab to'xtaydi. Agar Mijoz test davri tugashigacha Ilovada xizmatni ulashni
tasdiqlamasa va Shaxsiy hisobvarag'iga xizmat narxini kiritmasa, xizmat ulanmagan hisoblanadi
va Mijozga unga shartnoma tuzishda ajratilgan Abonent raqamidan foydalanilgan holda xizmat
ko'rsatishda davom etiladi. Xizmat narxi Provayder tomonidan Mijoz xizmatni
ulash maqsadini
tasdiqlagan va Shaxsiy hisobvarag'iga xizmat narxi summasini kiritgan kalendar oyi davomida
Shaxsiy hisobvaraqdan yechib olinadi. Xizmat faqat agar Mijoz
Ilovada xizmatni ulash
maqsadini tasdiqlasa va Shaxsiy hisobvaraqda xizmatni to'lash uchun yetarli mablag' bo'lsa
ulangan hisoblanadi.
2.Xizmatni istalgan vaqtda Ilovada Shartnoma amal qilish muddati mobaynida buyurtma qilish
mumkin. Xizmatni buyurtma qilish qilish yangi Abonent raqamini tanlash va Ilovadagi
yo‘riqnomalarga amal qilish lozim.
Xizmat taqdim etilish muddati
– Provayderga xizmatga buyurtma berilgani haqida ma'lumot kelib
tushgan zahoti. Xizmat ko'rsatilishi uchun Mijozning Shaxsiy hisobvarag'ida xizmatga buyurtma
berish vaqtida xizmatni to'lash uchun zarur bo'lgan summa bo'lishi kerak. Ushbu summa
Provayder tomonidan Xizmat ko'rsatilishi paytida shaxsiy hisobvaraqdan yechib olinadi. Shaxsiy
hisobvaraqda mablag' yetarli bo'lmasa, xizmat ko'rsatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: