Foydalanish bo'yicha cheklovlar Tariflar va Tarif paketlari bitta Abonent qurilmasida bitta SIM-kartaga nisbatan foydalanish
uchun mo'ljallangan. Abonent qurilmasiga o'rnatilgan SIM-kartadan bunday Abonent
qurilmasiga simli va simsiz kanal orqali ulangan boshqa qurilmalar bilan Provayder aloqa
xizmatlaridan foydalanishning qo'shimcha imkoniyatlarini ta'minlash uchun foydalanish faqat "0
GB" va "Cheksiz Internet" Tarif paketlarida ruxsat etilmaydi, “Cheksiz internet” Tarif paketida
“Bir kunlik internet tarqatish” tarif opsiyasini ulash bundan mustasno. Qolgan Gigabayt Tarif
paketlarida boshqa qurilmalar tomonidan sarf qilinadigan trafik Cheksiz Ilovalarning ulangan
Opsiyalari mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat'i nazar, Tarif paketi doirasida maksimal
tezlikda taqdim etilgan hajmni sarflaydi. Tarif paketi doirasida taqdim etilgan trafik hajmi ishlatib
tugatilganida boshqa qurilmalar tomonidan trafik sarf qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.
Barcha Tariflarda, Tarif paketlarida piring fayl almashuvi tarmoqlaridan foydalanishda (jumladan,
BitTorrent va shunga o'xshash fayllarni taqsimlagan holda tarqatish texnologiyalari yordamida)
Tarmoq resurslaridan foydalanayotgan servislar uchun tezlik soniyasiga 32 kbit'gacha
chegaralanadi.
Tariflar va Tarif
paketlari smartfonlar yoki planshetlarda foydalanishga mo’ljallangan, agar
Arizada boshqa shartlar
ko’rsatilmagan bo’lmasa. Smartfon yoki planshetdan tashqari boshqa
qurilmalardan foydalanilganligi aniqlangan holatlarda barcha Tariflarda, Tarif paketlarida tezlik 0
kbit/s gacha chegaralanishi mumkin. SIM-kartadan smartfon yoki planshetda foydalanilsa ushbu
cheklanish amal qilishda davom etmaydi.
Mijozlarning manfaatlari yo'lida, tasodifiy qo'ng'iroqlarning salbiy oqibatlaridan saqlanib qolish
maqsadida Provayder ovozli ulanish davomliligini bir soat bilan chegaralab qo'yishga haqli.
Xizmatlarni, Tarifni, Tarif paketlarini boshqarish HUMANS.uz mobil ilovasidan (Ilovadan)
foydalangan holda amalga oshiriladi. Ilovani Mijoz o'z abonent qurilmasiga o'rnatib olishi kerak.
Mijoz tomonidan Ilova o'rnatilmaganida Mijoz uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy
oqibatlar uchun Provayder javobgar emas.
Roumingda Mobil internet xizmatiga ega bo'lish uchun Mijozning Shaxsiy hisobvarag'idagi
mablag' 30 000 so'mdan kam bo'lmasligi kerak.