Xususan, Namangan shahar shevasining fonetik strukturasi eksperimental tahlillar asosida o‗rganilib, uning boshqa o‗zbek shevalaridan farqli, o‗zigagina xos belgilari aniqlangan. Namangan shahar shevasi o‗zining fonetik, leksik va grammatik tomoni bilan o‗zbek shevalari orasida ajralib turadi. Xususan, Namangan shahar shevasining morfologik xususiyatlari o‗ziga xosdir. Masalan, kelishik tizimlarida bu yaqqol namoyon bo‗la oladi. -da (o‗rin-payt) kelishigi adabiy tilda uyda shaklida; Namangan shahar shevasida uuyde shaklida uchraydi.
-dan (chiqish) kelishigi esa uydan; uydaa shaklida, ya‘ni bunda qo‗llanilgan ―a‖ fonemasi invarianti til orqa ―a‖ unlisini ifodalaydi. -ga (jo‗nalish) kelishigi qo‗shimchasi eshikka so‗zini (adabiy) talqini sifatida ishi:ga shaklida uchraydi. Bundan tashqari, -lar (ko‗plik shakli) qo‗shimchasi -le, -ler shaklida uchraydi. Masalan, qalamlar(adabiy) - qalamle(shevada), qalamlarim - qalamlerim kabi.
Olmoshlar ham adabiy tildan farqli hisoblanadi. Masalan, Anavi – Anu Manavi - Manu Mana shu - Mashi Ana shu - Ashi Allakim - Alakim Allanarsa - Ennassa Hech nima - Hish tima Hech narsa - Hich nassa Otlarning shakllari ayrim so‗zlarda tamomila boshqachaligi kishini hayratga solidi. Doktor (shifokor) - Duxtir Militsiya - Milisa Shofyor - Shopir Artist - Artis Ko‗mirfurush - Kumirprush Savdogar - Sovdagar Kelinoyi - Kinchabi (Kelinchak + aba) Ona - Aba Dada - Deda Aka - Oka Amaki - Katta deda Qaynsingil - Qeysingil Qaynota - Amaki Qaynona - Qeynana Mushuk - Mushu, mishiq, mishig‗ Sichqon - Chichqon Chumoli - Chimaliq Ari - Eri Baliq - Belig‗ Xo‗roz - Xuroz Bo‗ri - Buri Ayiq - Eyig‗ Kiyik - Kiyi: Chiyabo‗ri - Chiyaburi Pichoq - Pichog‗ Bolta - Bolte Mix - Miq Ko‗ylak - Ko‗yla, ko‗yna Lozim - Lo‗zim Chopon - Cho‗pon Shaftoli - Shaptali Behi - Bihi O‗rik - Uru: Anor - Onor Boychechak - Boychecha: Namozshomgul - Nomoshshomgul Sassiqpopushak - Sasig‗po‗pusha: Tavba - Toba Ishton - Ishto: Soch – Choch Bu misollar qatorida yordamchi briliklarni ham keltirishimiz mumkin: Bilan - bila, mina (undan) keyin - (ina) ki:,kti, kiti, kiyi: (man) ham - manam (man) bilan - ma bla (man)dan keyin - mandan kti
Olib borilgan tahlillarga ko‗ra shuni bildirishimiz mumkunki, Namangan shahar shevasi o‗zbek shevalari doirasida boyligi, emotsionalligi bilan ajralib turadi. Shevalarni to‗plash jarayonida yangi leksemalar kashf etilib boraverar ekan, o‗zbek tili boyishdan to‗xtamasligiga guvoh bo‗lamiz.
Xorazmshevasioʻzbektiliningshevasihisoblanilib,turkiytillaroilasi sharqiy oʻgʻuzguruhiningoʻgʻuz(janubi-gʻarbiy)guruhigakiradi4. Dastlab Xorazm aholisi sharqiy eroniytillarga mansub xorazmiytilida gaplashgan. Xorazm-turkiytili milodiy VI asr boshlarida, Turkxoqonligi (567 —