O’zbekiston jahon xamjamiyatidagi o’ziga xos o’rni reja


O’zbekiston Respublikasida demokratik siyosiy rejim



Yüklə 98,85 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü98,85 Kb.
#196947
1   2   3   4
4Wi8MrcgrxwcxcpKjqv15R-OxnDrOJH5

O’zbekiston Respublikasida demokratik siyosiy rejim.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda davlat shakllaridan biri hisoblanib, davlatning siyosiy rejimini izga solishda eng maqbul usul sifatida demokratiyani tanlashadi.
Demokratik rejim orqali davlat boshqaruvi vujudga keladigan munosabatlarni izga solish mukammal kechadi. Demokratik rejimning asosida demokratiya yotadi, ya’ni xalq boshqaruvidir.
Demokratik rejimning eng muhim tartibga solish metodi qonun ustuvorligi hisoblanadi.
Demokratik davlatda qonun hukmronlik qiladi barcha xatti-sharakatlar qonun me’yorlari asosida tartibga solinadi.
Demokratik rejimning quyidagi prinsiplari mavjud:
Hozirda demokratik tizimlar bir-biridan ancha farq qiladi, ammo ularda taraqqiyotning umumiy asosi mavjud. Inson huquqlarini tan olish va xalqaro andozalar miqyosida ro’yobga chiqarish; demokratik huquqiy va dunyoviy davlat prinsiplarini amalga oshirish; Konstitutsiyaning ustuvorligi; ko’ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, ekstremizmning siyosiy, diniy va boshqa turlariga suyanmaydigan, jamiyatda ijtimoiy, milliy va diniy dushmanlik urug’ini sochmaydigan siyosiy partiyalar faoliyatining erkinligi; hokimiyatlarning taqsimlanishi prinsipi davlat hokimiyati faoliyati ko’rinishining qattiy chegaralanganligi; fuqarolarning davlat oldida, davlatning esa fuqarolar oldida majburiyatlarga ega ekanligi kelishuv, kompromis va konsensual siyosiy –huquqiy mexanizmining mavjudligi; ijtimoiy nizolarning oldini olishning barqarorlik va milliy kelishuvni qo’llab - quvvatlovchi huquqiy mexanizmning mavjudligi; fuqarolarning siyosiy jarayondagi faol ishtiroki va davlat hokimiyatining oliy idoralari hamda mahalliy o’zini o’zi boshqarish idoralari shakllanishida saylovchilarning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi.
O’zbekiston Respublikasi mamlakatning demokratik taraqqiyotinig strategik yo’nalishlarini, insonning siyosiy huquqlarini xalqaro andozalar miqyosida belgilab beradi, xalqaro huquq ustunligini, hokimiyatlar taqsimlanishini, davlatning asosiy muassasalari va mashalliy o’zini o’zi boshqarish idoralarining saylanishini, ko’ppartiyaviylikni, mafkuraviy plyuralizmni o’zida aks ettiradi.
Demokratik tuzumda davlat vazifalari bilan jamiyat vazifalari o’zaro chegaralanadi, ya’ni taqsimlanadi. Sho’ro davlati jamiyatning barcha vazifalarini o’z bo’yniga olgan, shuning uchun tuzumda jamiyatning o’rni ham, jamiyatda fuqarolarning faolligi ham cheklab tashlangan edi. Odamlarimiz tasavvurida mavjud davlat haqidagi eski qarashlar hamon taraqqiyotimizga xalal berib kelmoqda. holbuki, hayotning bir qism muammosini davlat, qolgan ko’p masalasini jamiyat hal qilib ketaverishi lozim. Lekin sobiq tuzum sarqitlaridan batamom xalos bilmguncha ana shu vazifalar taqsimotiga erishib olish kerak. Shu ma’noda Prezidentimiz Islom Karimov o’rtaga tashlagan «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan shiori nihoyatda dolzarb vazifa bo’lib turganligini ko’rish mumkin.
Bizning demokratik – respublikamiz fuqarolarini haqiqiy ozodlik va demokratik huquqlarida xotin - qizlarning xo’jalik, ijtimoiy – siyosiy, davlat qurilishi va madaniy hayotda erkaklar bilan teng huquqliligida o’zining yorqin ifodasini topgan.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning faoliyati e’tiborga sazovordir: «Har qanday munorali masalalarni tinch yo’l bilan hal etish, muzokaralar yo’li bilan fikr almashish va eng to’g’ri, hamma uchun birday manfaatli bo’lgan xulosalarga kelish va har qanday zo’ravonliklarga, tazyiq va kuch ishlatishga qarshi ravishda sharqona munosabatlar ilmini egallash – demakki, sharqona demokratik tamoyillari asosida ish» deydi Prezident.
Demokratiyaning qudrati qubul qilingan qonunlar soni bilani emas, balki uni hayotga joriy etishda asosiy omil bo’lgan kishilarninig yuksak siyosiy ongi va madaniyati bilan belgilanadi. Demokratiya qoidalarini aql-idrok, vijdon va iymon bilan anglamoq, millat, vatan, mas’uliyatli tarixiy davrlar talab va imkoniyatlarini hisobga olib foydalanmoq maqsadga muvofiq.
Demokratiya, ba’zi bir siyosiy kaltabin kishilar o’ylayotganlaridek mansabparastlik yo’lidagi bir qurol ham, har kim bilgan ishini qiladi, og’ziga siqqanini aytadi, degan gap emas. Siyosiy madaniyati past odamlar demokratiya va oshkoralikni o’z fikrlarini ochiq aytishga imkon beradigan huquq va imkoniyat, deb tushunadilar. Har kim o’z aytganini qilaman desa, bu demokratiya emas, demagogiya, anarxiya biladi. Demokratiya qandaydir quruq huquqiy qoidalar, davrada qolib ketadigan g’oyalar emas, balki yuksak madaniyat, ma’naviyat, ma’rifatdir. Demokratiya har doim hayot bilan hamnafas rivojlanib, takomillashib, o’zgarib turuvchi ijtimoiy – siyosiy jarayondir.
Haqiqiy demokratiyaning birdan – bir maqsadi – ijtimoiy taraqqiyotga, insonparvarlikka, hamma sohada ijtimoiy adolat tantanasiga xizmat qilish, xalqni to’q, farovon yashashini, hamma yerda tinchlik, do’stlik, totuvlik, osoyishtalik bo’lishini ta’minlashdir. Agar kimki buni unutib qo’ysa yangi huquqiy imkoniyatlardan o’z g’arazli manfaatlari yo’lida foydalansa, o’ziga yo’l ochish uchun boshqalar yo’lini to’sib qo’ysa, u demokratiyaga zid faoliyatdir.
Demokratik jamiyat qurishning dunyoda umume’tirof etilgan bir qator tamoyillari mavjud. Ularga insonning o’z xoshish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi va boshqalar kiradi. Ana shu tamoyillar deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar Konstitutsiyalarida o’z ifodasini topgan.
Demokratiya, uning qonun - qoidalari va madaniyati ustida fikr yuritganda uning g’arbga nisbatan Sharqda farq qiladigan jihatlari borligini aytib o’tmasdan iloji yo’q. Demokratik jarayonlar agar g’arbda ko’proq qonun ustuvorligiga asoslansa, Sharqda bu jarayonlar asrlar davomida shakllangan an’analar asosida kechadi. G’arb namunasi ko’p hollarda individualizm falsafasiga tayangan va ommani haddan tashqari siyosiylashtirilishiga olib kelgan bo’lsa, Sharqda demokratiya tushunchasi hamjihatlik g’oyasi, jamoatchilik fikrining ustuvorligi zaminida shakllanadi. «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo’lmaydi. Ya’ni Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta – sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o’zgarishlar yasashga o’rinishlar g’oyat noxush, hatto fojiyali natijalarga olib keladi. Inqilobni g’arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo’l bizga aslo to’g’ri kelmaydi». G’arb tajribasini O’zbekistonga ko’r-ko’rona tadbiq qilib bo’lmaydi.
Demokratiya har bir mamlakatning tarixiy an’analari, milliy xususiyatlarini, milliy qadriyatlarini o’ziga singdirgandagina haqiqiy ijtimoiy kuchga aylanadi. O’zbeklarning milliy axloqi, uzoqni ko’ra bilib ish qilishi va andishasi, insoniy munosabatlar borasidagi samimiyati, halolligi, oqko’ngilligi, oilaviy munosabatlar, qo’ni-qo’shnichilikdagi adolat, mehr-muhabbati, yoshlar va kattalarga bo’lgan hurmati O’zbekistonda amal qilayotgan demokratiyaning muhim tomonlaridir. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida demokratiyaning ana shu o’ziga xos jihatlariga alohida e’tibor berilgan.
Demokratiya o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga ter to’kib mehnat qilish, hayotning achchiq-chuchigini obdan totib ko’rish, og’ir sinov va kurashlarga mardona bardosh berish asosidagina erishish mumkin.
Shunday qilib, O’zbekistondagi fuqarolik jamiyati, uning huquqiy davlati yaratib bergan imkoniyatlar, mamlakatimizdagi o’ziga xos xususiyatlarga muvofiq sharoitda mavjud bo’lib turgan demokratiya tufayli yuzaga kelgan va tobora kuchayib borayotgan qulayliklar natijasida o’lkamizda milliy, axloqiy, diniy qadriyatlar tiklanib, mustaqilligimizning ma’naviy zaminlari teranlashib, xalqimizning madaniy-ma’naviy saviyasi, huquqiy bilim va madaniyati o’sib bormoqda. Bularning hammasi iqtisodiy va siyosiy mustaqilligimizning qonuniy oqibati va bundan keyingi o’sishi, rivojlanishi va tobora mustashkamlanishining muhim omili, ma’naviy kamolotimizning zarur shartidir.


Yüklə 98,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin