To‘rtinchi davr - V-VIII asr Ilk o‘rta asr davlatchiligi davri madaniyati va san’ati Bu ilk o‘rta-asr davlatlari va hokimliklari: Sug‘d, Xorazm, Tohariston, Farg‘ona va bu vaqtda yuzaga kelgan Turk xoqonliga davridaga O‘zbekiston san’ati va madaniyatidir. San’at va hunarmandchilikda birinchi marta sug‘d va turk san’ati tamoyillarining uyg‘unlanish jarayoni etakchilik qila boshlaydi. Ilk o‘rta asr – san’atning tasviriy shakllari taraqqiy etgan davr (devoriy rangtasvir, haykaltaroshlik va badiiy hunarmandchilik) barcha mintaqalardagi (Sug‘d; Tohariston, Farg‘ona, Xorazm) san’atining mashhur maktablari shakllanishi bilan izohlangan. Tashqi an’analar va ta’sirlarga nisbatan ijtimoiy va davlat tolerantligi avvalgiday qolavergan. O‘ziga xos turk-sug‘d badiiy mushtaraklik yuzaga keladi, u ushbu xalqlarning faollashib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, savdo va siyosiy aloqalarini aks ettiradi. O‘z navbatida madaniyat va san’at ijtimoiy hayot tuzilmasining benuqson shakli sifatidagi oliy davlat hokimiyatini sharaflash vazifalariga xizmat qiladi, bu zimdan mintaqada markazlashgan davlat hokimiyatiga shakllashuv moyilligini aks ettiradi.
Beshinchi davr - IX-XII asr Mug‘ullar bosqinigacha Movarounnahr davlatlari madaniyati va san’ati Movarounnahrda yirik sulolaviy davlat tuzilmalari-Somoniylar, Qoraxoniylar davlatlari yuzaga keladi, savdo-hunarmandchilik shaharlari juda tez rivojlanadi. Bu davr O‘rta Osiyo, ya’ni ikki daryo oralig‘ida islomning paydo bo‘lishi va yoyilish va mintaqa davlat tuzilmalari siyosiy-iqtisodiy, diniy va madaniy hamjihatlikning doirasiga kirib kelish davri hisoblanadi. U savdo-hunarmandchilik shaharlari infratuzilmasining jadal takomillashishi, shaharsozlik va me’morchilik faoliyati kuchayib, mahalliy san’at va hunarmandchilik maktablari shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Mintaqaga VII-VIII asrlarda kirib kelgan islom IX-XI asrlarda mahalliy shaharning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy shaharsozlik tuzilmasi va me’moriy qiyofasini o‘zgartiradi, balki uning falsafasiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Musulmonlar o‘rta asr shaharlari qiyofasi ko‘proq sajdagohlar-masjidlar, madrasalar, minoralar va hokazolarda namoyon bo‘lgan. Bular shahar hayotining umumiy muhitiga yangi ravonlik va mantiqiy ifodani olib kiradi. Qurilish va bezak - pardoz ashyosi sifatida pishiq g‘ishtdan foydalaniladi. IX-XII asrlarda yanga bezak usuli shakllanib va rivojlanib boradiki, u islom o‘rta asr san’atiga asos soladi. Tasviriy madaniyat o‘rniga bezak san’ati keladi va u musulmon madaniyatining negizlaridan biri bo‘lib qoladi. Umumislom san’ati doirasida O‘rta Osiyoning ikki daryo oralig’ida o‘z estetik san’ati shakllanib, u ko‘proq bo‘lajak O‘zbekiston hududi asosi – Movarounnaxr davlatchiligi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni rivojlanishi xususiyati bilan bog‘liq. Madaniyat va san’at taraqqiy etgan shahar madaniyati-me’morchillik va hunarmandchilik shaklida namoyon bo‘ladi, bu madaniyat mahalliy davlatchilik rivojlanishining yangi shaharsozlik bosqichi haqida guvohlik beradi. Mo‘g‘ullar bosqini munosabati bilan XIII asr boshida Movarounnahrda davlat qurilishi inqirozga uchraydi.