O'zbekiston Milliy Uneversiteti Iqtisodiyot fakulteti O'zbekiston Milliy Uneversiteti


Davlat ijtimoiy ta’minotini amalga oshirishda davlat pensiya ta’minotini maqsadii va vazifalari



Yüklə 469,76 Kb.
səhifə2/6
tarix18.07.2023
ölçüsü469,76 Kb.
#136830
1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston Milliy Uneversiteti Iqtisodiyot fakulteti-fayllar.org

1. Davlat ijtimoiy ta’minotini amalga oshirishda davlat pensiya ta’minotini maqsadii va vazifalari

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning kuchli tomonlaridan biri uning ijtimoiy yo`naltirilganligidir. Hukumatimiz respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq islohatlaning aholini xususan, uning ehtiyojmand qismini ijtimoiy muhofaza qilish asosida amalga oshira boshladi va shu yo`ldan bormoqda. Ijtimoiy sohani rivojlantirish 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining muhim bir yo`nalishi sifatida qabul qilinishi mazkur soha taraqqiyotini ta`minlash masalasining dolzarbligini ifodalaydi. Ijtimoiy ta’minot doimo davlat va jamiyat hayotida markaziy va hal qiluvchi o`rinni egallab kelgan. Mamlakatda yashaydigan fuqarolarda o`z hayot faoliyatining ma`lum bosqichlarida va alohida holatlarida ijtimoiy ta’minot tizimi xizmatlariga ehtiyojlari yuzaga keladi. Uning holati mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga shuningdek, mehnatkashlarning hamda ma`lum sabablarga ko`ra ishlamaydigan aholi


qatlamlarining ijtimoiy ahvoliga bog`liq. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, turli markazlashgan va markazlashmagan jamg’armalar, avvalo, umumdavlat pul mablag’lari jamg’armasi davlat byudjetini tuzish va ijro qilish yo’li bilan ta’minlanadi. Mustaqillik yillarida murakkab iqtisodiy ahvol yuzaga kelganiga qaramay, O’zbekistonda aholi uchun eng muhim ijtimoiy vazifalarni hal etish maqsadida zarur mablag’lar izlab topildi. “Ijtimoiy himoya” va “ijtimoiy ta’minot” bir ma’noli tushuncha emas, balki turdosh tushunchalardir. Ulardan ilmiy ta’riflar sifatida foydalanilganda, “ijtimoiy himoya” “ijtimoiy ta’minot”ni tarkibiy qismi sifatida o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, ijtimoiy himoya inson faoliyatining normal shart-sharoitlarini ta’minlovchi mehnat, sog’liq va tabiat, atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori kabi kafolatlarni qamrab oladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida O’zbekistonda faol ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda yangicha amaliy va samarali shakllarni qo’llashni taqozo etadi. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, pensiya tizimi faoliyatini yo’lga qo’yish va undan samarali foydalanish boshqa daromad hisobga olingan holatda ijtimoiy muammolarni hal qilish va kishilarni keksalikda kambag’allikdan himoyalashning muhim vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minot sifatida davlat pensiya ta’minoti muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasida aholining yuqori turmush darajasini ta`minlash va kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish vazifasi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi, bunda pensiya tizimi muhim rol o`ynaydi. O`zbekistonda pensiya ta’minoti bu mamlakatimizda fuqarolarga
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanlangan moddiy ta’minotni
taqdim etish maqsadida tashkil etilayotgan huquqiy – tashkiliy institutlar va
normalar majmuidir. Shu bois pensiya ta’minoti mamlakatimizda shakllangan
ijtimoiy muhofaza tizimining fuqarolarning turmush darajasi va farovonligini
ta`minlashga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, tashkil xususiyatiga ega
kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirishni ko`zda tutadi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolari “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to`g`risida”gi Qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta`minlanish huquqiga egadir. Pensiya qonunchiligiga muvofiq, pensiya –shaxslarga pensiya yoshiga yetishi, nogironlik yoki boquvchisini yo`qotganligi munosabati bilan beriladigan oylik pul to`lovi bo`lib, uni olish huquqi qonunda belgilangan shartlar va me`yorlarga muvofiq aniqlanadi. Pensiya ta’minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi, davlatning pensiyaga oid majburiyatlarini bajarish uchun moliyaviy resurslarning yetishmasligidir va bu muammo aholining keksayib borishiga muvofiq kuchayib, murakkablashib boradi va mamlakatlarda vujudga kelgan iqtisodiy, ijtimoiy va demografik vaziyatlardan kelib chiqqan holda ahamiyat kasb etadi.
Pensiya ta’minoti tizimining oldida bugungi kunda ikkita muhim maqsad
turadi:
− fuqarolarni keksayganda qashshoqlikdan himoyalash;
− kelajakda pensiya tizimi orqali fuqaroni turmush darajasini
yaxshilashdan iborat.
Pensiya tizimi ta’minot asosida shakllantiriladigan va aholining ijtimoiy
ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion huquqlarini amalga oshirish uchun
yo’naltiriladigan pul mablag’lari jamg’armasidan foydalanishga asoslanadi.
Pensiya tizimiga xizmat qiluvchi pensiya jamg’armalari uchun daromad
manbalarining aniq belgilanganligi, mablag’larning qat’iy maqsadli ishlatilishi,
aholi ijtimoiy tabaqalashuvini yumshatishga yo’naltirilganligi, mablag’larning
shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi, mustaqil moliya-kredit
tashkiloti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’arma ekanligi hamda ijtimoiy
ta’minotining muhim elementi ekanligi kabi xususiyatlar xosdir.



Pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim tarkibiy
qismlaridan biridir, chunki u deyarli barcha fuqarolarning hayotiy manfaatlari bilan
bog’liqdirki, fuqarolar mehnat qobiliyatlarini yo’qotganlarida shu tizim orqali
ijtimoiy himoya qilinadilar. pensiya bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqishda siyosatning eng asosiy masalasi pul mablag’larini jamg’arish vazifalari bilan, daromadlarni qayta taqsimlash vazifalari bilan, shuningdek ularning har birini amalga oshirishda davlatning roli bilan bog’liq. O’z navbatida bularni amalga oshirish uchun moliyaviy iqtisodiy barqarorlik, jamg’arma institutlarini tashkil qilishni o’z ichiga olgan fond bozorlarining rivojlanishi va unga muvofiq keluvchi qonunchilik asoslarini yaratish, aholi jamg’armalarini rag’batlantiruvchi samarali soliq siyosatini yuritish, aholining moliyaviy muassasalarga bo’lgan ishonchini ta’minlovchi davlat boshqaruv tizimi zarur. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Pensiya jamg`armasining
barqarorligi ta`minlanmoqda, uning daromadlari bilan jamg`armadan amalga
oshirilayotgan to`lovlar to`lig`icha moliyalashtirilmoqda. Lekin jamg`armaning
davlaat byudjeti tomonidan qo`llab-quvvatlanayotganligini ham alohida qayd etish
lozim. Turli mamlakatlar milliy pensiya tizimlarining shakllanishida quyidagi ikki
yondashuv asos bolib hizmat qiladi: birinchi yondashuvga ko`ra, pensiya tizimiga
tortilgan barcha fuqarolar uchun pensiya daromadining minimal hajmi
kafolatlansa, ikkinchi yondashuv bo`yicha – pensiya ish haqining zahiralanuvchi
qismi bo`lib sug`urtalangan xodimga uning pensiyaga chiqish oldidagi daromadiga
monand moddiy ta’minotga ega bo`lishini kafolatlaydi. Pensiya ta’minotining rivojlanishi jarayonida har ikkala maqsad uyg`unlashib ketdi, universal pensiya tizimlari sug`urtaviy tizimlar bilan to`ldirildi, sug`urtaviy tizimlar esa minimal kafolatlarni o`z ichiga ola boshladi. Shunday qilib, pensiyalarning ikkiyoqlama tabiati nafaqat umummaqbul qilindi, balki deyarli barcha rivojlangan pensiya tizimlarining shakllanishiga asos bo`lib hizmat qildi.
Pensiyalarning ikkiyoqlama yozuvi shundan iborat bo`ladiki, birinchidan,
pensiya fuqarolarni kambag`allikdan himoyalab, ular daromadlarining minimal
darajasini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, ma`lum belgilangan sug`urta holatlari yuzaga kelganda ish haqining o`rnini bosadi, ya`ni yo`qotilgan daromadni yoki uning ko`p qismini kompensatsiyalaydi. Har bir mamlakatda u yoki bu pensiya modeli asosida milliy pensiya tizimlari shakllangan bo`ladi. Pensiya tizimining modeli uning moliyaviy jihatdan tashkil etilishini hamda mamlakat fuqarolarini qarilikda moddiy jihatdan ta`minlash bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni ifodalaydi. Umuman olganda, mamlakatda aholining pensiya ta’minoti darajasi ustuvor ravishda ikkita omilga bog`liq: ijtimoiy himoya tizimining qay darajada rivojlanganligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Har ikkala omil, shuningdek, pensiya ta’minoti darajasi ta’minoti darajasi mamlakatdagi tarixiy, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Milliy pensiya tizimlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
− aholini maksimal darajada pensiya tizimiga qamrab olish;
− pensiya yukini (og`irligini) pensiya tizimi subyektlari-ish beruvchilar va
ishlovchilar o`rtasida adolatli taqsimlash;
− barcha sug`urtalanuvchilarni qarilikda yoki nogironlikda o`z xohishi bilan
yoki majburan pensiyaga chiqishi natijasida yo`qotayotgan daromadining katta
qismini qoplash orqali mablag` bilan ta`minlash;
− talab qilingan yetarli mehnat stajiga ega bo`lmagan fuqaro toifalarini,
shuningdek boquvchisini yo`qotgan fuqarolarni kambag`allikdan ijtimoiy himoya
qilish;
− inflyatsiya, ish haqilarining oshishi va hayot sifatining ko`tarilishi kabi
omillarni hisobga olgan holda pensiyalarni indeksatsiya qilish.


Yüklə 469,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin