O'zbekiston Milliy Uneversiteti Iqtisodiyot fakulteti O'zbekiston Milliy Uneversiteti


Davlat pensiya ta’minotini tartibga solishning qonuniy-huquqiy



Yüklə 469,76 Kb.
səhifə3/6
tarix18.07.2023
ölçüsü469,76 Kb.
#136830
1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston Milliy Uneversiteti Iqtisodiyot fakulteti-fayllar.org

2. Davlat pensiya ta’minotini tartibga solishning qonuniy-huquqiy

asoslari

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan eng muhim huquqi – pensiya ta’minoti huquqi bilan mustahkam bog’liq. Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda pensiya ta’minotining yangi tizimi paydo bo’ldi. Pensiya ta’minoti tizimining huquqiy asosini yaratilishida xukumatimiz tomonidan qator qonun va boshqa me’yoriy xujjatlar qabul qilindi.Bizga ma`lumki har bir tizimni taribga solish uchun qonuniy-me`yoriy asoslari boladi. Xususan davlat pensiya ta`miotining ham bir qancha qonuniy-huquqiy asoslari mavjud bo’lib, bular pensiya ta’minotini faoliyat ko’rsatishi uchun, ushbu faoliyat ustidan nazorat o’rnatish uchun muhim richak vazifasini o’taydi. Ushbu hujjatlarning asosiylarini biz quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotito’g’risida”gi Qonun bilan davlat pensiyalarining uch turi mavjud bo’lib, bular yoshga doir, nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi Umuman olganda, ushbu pensiya turlarini bir necha turini olish imkoniyati paydo bo’lganda faqat bittasini olish mumkin.






Har biy xizmatchilarni, shuningdek ichki ishlar organlarining boshliqlar va
oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslarni hamda ularning oila a’zolarini
pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlaribilan belgilanadi,ularga qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiyalar olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar organlari boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar pul ta’minotining barcha turlari fuqaro shaxslarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi. Fuqarolar yoshga doir pensiya olish huquqiga:
− erkaklar – 60 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo’lgan
taqdirda;
− ayollar – 55 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo’lgan
taqdirda ega bo’ladilar.
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan
nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. Nogironlik
pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb
topilgan shaxslarga tayinlanadi. Sog’lig’ini yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik
darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha
muddatga belgilanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib, quyidagilardan tarkib
topadi:
pensiyaning tayanch miqdoridan;
− ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
− pensiyaga qo’shiladigan ustama haqidan.
Pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi
a) yoshga doir pensiya uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun
olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan eng kam
oylik ish haqining kamida 100 foizi miqdorida;
b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun – pensiyani
hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin eng
kam oylik ish haqining kamida 100 foizi miqdorida;
g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo’qotganlik
pensiyasi uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish
haqining 30 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 50 foizi miqdorida;
d) ota-onasidan judo bo’lgan (chin etim) bolalarga yoki vafot etgan yolg’iz
onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 100 foizi miqdorida tayinlanadi. 18
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiyalari to’g’risida”gi Qonuni O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro’yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to’lash tartibini belgilaydi. Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash davlatlararo bitimlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi. Ish stajiga egabo’lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo’yadi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga ajratiladigan mablag’lar va badallar miqdorlari hamda ularni to’lash muddatlari O’zbekiston Respublika jamg’armasiga majburiy to’lovlar davlat soliqlari va yig’imlariga tenglashtiriladi. Pensioner va nogironlarning turmush darajasi va hayot tarzi sifatini yanada oshirish hamda ijtimoiy muhofazasini mustahkamlash, davlat pensiya tizimini barqaror rivojlantirish, maqbul ijtimoiy muhitni shakllantirish yo’li bilan fuqarolarni kafolatlangan davlat pensiyalari bilan ta’minlash hamda bu borada joylardagi shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan kompleks chora tadbirlar ishlab chiqildi va mazkur dastur o’rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasida tasdiqlandi. Pensiya jamg’armasi faoliyatini samaradorligini oshirish uchun unga biriktirilgan daromad turlarini ko’paytirish va o’z vaqtida shakllantirilishi pensioner va nogironlarning turmush darajasi va hayot tarzi sifatini oshirishga, pensiya jamg’armasi vazifasini o’z vaqtida bajarishga va pensiya tizimining barqarorligini ta’minlashga muhim omil bo’lib hisoblanadi. Umuman olganda biz yuqorida mamlakatimizda pensiya ta’minoti tizimini shakllantirilishining hamda uning huquqiy-me’yoriy bazasini yaratilishini uzviy bog’liqlikda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini asoslab yoritib berishga xarakat qildik. Shunday qilib, O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini va uning Buning natijasida respublikamizda axolini ijtimoiy himoya qilishning asosiy bo’g’ini bo’lgan mukammal pensiya ta’minoti tizimi yaratildi va xozirgi kunda ham uni takomillashtirish yuzasidan uzluksiz ishlar olib borilmoqda.


Yüklə 469,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin