O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI _________________________________ FAKULTETI __________________________________ YO`NALISHI _____________________________________________________ __________________________________________FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: ___________________________________
__________________________________________ Bajardi: _________________ Qabul qildi: _____________
Toshkent – 2022 Ekоlоgik muаmmоlаrning mоhiyati, оqibаtlаri vа hаl etish yoʻllаri
Kirish O`zbekiston Respublikasi dunyodagi barcha mamlakatlar, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlik va hamjihatlikda tabiatni, atrof muhitni himoya qilish, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish masalalariga katta e`tibor va ahamiyat berib kelinmoqda. Buning natijasi o`laroq, atrof-muhitni muhofaza qilishni ta`minlashga qaratilgan qonun hujjatlari Respublikamizda ko`plab qabul qilingi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida belgilab qo`yilganidek “Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburlar”. Insoniyatning kelajakdagi taqdiri hozirgi davrda mavjud ekologik muammolarni qanday hal qilishga, ekologik muammolardan aholini, tabiatni qanday muhofaza qilishga bog`liq bo`lib qoldi. Bunday deyilishida juda katta ma`no, tarixiy zaruriyat, ob`yektiv ehtiyoj bor. Chunki ekologik muammo zamirida alohida xalqlar millatlar va mintaqlarnigina emas balki butun insoniyatning kelajak taqdiri yotibdi.
Uzoq yillar davomida eski ma`muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida Markaziy Osiyi mintaqasidagi ekologik muammolarga e`tibor berilmadi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag` ajratilardi. Bu mablag` tabiatga yetkazilgan zararni also qoplamasdi. Sobiq ittifoq zamonida atrof-muhit va atmosfera havosining ifloslanishi, toza ichimlik suvi yetishmasligi tashvishli hol ekani haqida bilib, bilmaslikga olindi. Qonunlar rasmiyat uchun qabul qilinadiyu, ammo ular hayotga joriy etilmadi. Sho`ro tuzumi davrida inson tabiatni o`z irodasiga bo`ysundirishi lozim degan soxta aqida uzoq yillar ustuvorlik qildi. Natijada barcha hududlarda ekologik muvozanat qo`pol ravishda buzildi. Mintaqamizda, shuningdek, O`zbekiston Respublikasida ham tashvishlanarli ekologik vaziyatlar yuzaga keldi.