Shoh ko‘chada 1997 yil tennis kortlari va usti yopiq suv havzalari bo‘lgan noyob sport majmuasi paydo bo‘ldi. U yerda nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Shoh ko‘cha uzra balandligi 375 metrlik teleminora bo‘y cho‘zgan. Unda tomosha maydonchalari va restoran mavjud (2) . Zamonaviy ko‘priklar va yo‘llar, transport katnaydigan ostki va ustki inshootlar estakadalar hamda qulay o‘tish yo‘laklari ishga tushirildi. Yaqin yillarda barpo etilgan, shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan “Poytaxt” biznes markazi, “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, O‘zbekiston MTRK Media markazi va ko‘plab muhtasham mehmonxonalar faoliyat yuritmoqda.
Qurilgan inshootlar siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy sohani rivojlantirishda nafaqat mamlakatimiz uchun, balki qo‘shni davlatlar hamda xorijiy davlatlar uchun ham markaz vazifasini o‘tamoqda. Ko‘p davlatlarda, odatda, davlat hokimiyati va oliy organlari, markaziy tashkilotlari, xorijiy davlatlar elchixonalari mamlakat poytaxtida joylashgan. Shu qatorda, O‘zbekistonning iqtisodiy, tarixiy va madaniy markazi hisoblangan Toshkent shahrida ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qo‘mitalar sud hokimiyatining yuqori organlari, turli sohadagi davlat va nodavlat tashkilotlar markazlari, shuningdek, ko‘plab xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari mavjud.